6. kiyimdagi dekor va tanlanadigan materiallar


- rasm. Tarixiy kiyimda gazlama va bezak



Download 66,15 Mb.
bet48/52
Sana11.09.2022
Hajmi66,15 Mb.
#848636
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Композиция асослари Н Гафурова, Л Махмудов

43 - rasm. Tarixiy kiyimda gazlama va bezak
Bezash turini, uning joyni tanlash kiyimning turi va nimaga muljallanganligiga, kiyim shakliga, materialning fakturasiga, jinsqyosh omiliga, odam gavdasining turiga, gavdaning shaxsiy xususiyatlariga, xarakteriga bog’liq.
6.1. GAZLAMA RASMI
Gazlama rasmlari turliqtumanligini geometrik, o’simlik, hayvon va aralash xarakterdagi rasmlar bilan ko’rsatish mumkin bo’lib, bunda geometrik rasmlar alohida o’rin to’tadi. Geometrik xarakterdagi rasm sof geometrik yoki kuchli geometriklashtirilgan shakllardan yasaladi. Ularga klassik rasmlar (no’xat, yo’l, katakcha va ularning variantlari) kiradi. Geometrik shakl va yo’llarning mumkin bo’lgan barcha uyg’unliklari foydalaniladi. o’simlik xarakteridagi rasm o’simlik dunyosining tasviriy va uslublashtirilgan shakllaridan iborat bo’ladi.
To’qimachilik rasmida hayvonlar tasviri ko’pincha kuchli uslublashtirilgan echimda bo’ladi - ko’pinchа chiziqlar yoki tekisliklar naqshli echimlar yoki multiplikatsion yumshoq hazil sifatigacha etkaziladi.Bunday gazlamalarda aralash motivdagi rasmlar keng qo’llanadi. Kompozitsiyaninг "loskut" echimi o’simlik va geometrik motivlar uyg’unligida tuziladi. Mavzuiy rasmlar suvenir bosh va tikuvchilik ro’mollarida yaqqolroq namoyon bo’ladi. Gazlamada bajarilgan rasm aniq naqsh motivlarning ko’p yoki kam sonidan iborat bo’lishi mumkin, ular miqdori turliqtuman. Gazlamada takrorlanuvchi (raportda) rasm o’lchami esa ishlab chiqarish sharoitlari (bosmalash valining kengligi, bosmalash elagi yuzasi va hokazo)dan bog’liq bo’ladi. Gazlama kupon rasmga (raport gazlama kengligiga teng) ega bo’lishi mumkin, bunday gazlamalar, odatda, tantanali yoki yozgi (dam olish) uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Kiyim turli turlarini modellashtirishda gazlama rasmlarini tanlashga jiddiy qarash, uning xarakteri va xususiyatlari jins yosh belgiga qarab kiyim taqsimlanishiga ko’ra, funktsional vazifasi, mavsum va kiyimni tayyorlash xarakteriga jihatlaridan hisobga olish lozim. Bolalar kiyimi uchun gazlamalar har doim kompozitsiya alohida aniqligi, murakkab bo’lmagan, kulgili rasmlarning oson o’qilishi va rang sofligi bilan ajralib turadi. Keksa yoshli kishilar uchun gazlamalar past tuslarda, naqshli motiv mayda yoki o’rtacha kattalikdagi rasmlar bilan bajariladi. Biroq bu odatlardan tezqtez chekinadilar. Bunday gazlamalar ko’pincha yoshlar zamonaviy kostyumida modali ohangga ega bo’ladi.
Keksa odamlar esa vazifasiga ko’ra ko’proq ochiq tusdagi etarlicha kontrast naqshli shakl ishlanmali gazlamalardan foydalanishadi. Bunday gazlamalardan kiyimlar "yoshartiradi" va figura konturidan e`tiborni uzoqlashtiradi. Kiyimlar tayyorlashdagi gazlamalardan foydalanishdagi hozirgi erkinlikka qaramay ta`kidlash mumkinki, erkaklar uchun sorochkalar ishlab chiqarishda afzallik naqshli motiv mayda yoki o’rta kattalikdagi rasmli, bosiq koloritda geometrik yoki kuchli uslublashtirilgan xarakterdagi yoki etakchi murakkab rang uslub ohangida yoki sof ranglar nisbatida hal etilgan aralashlikdagi gazlamalarga beriladi. Kiyimlarning amaliy faoliyati jamoada o’tadi. Jamoa ishi sharoitlari ma`lum darajada kostyumning xarakterini ham, u uchun gazlama tanlashni ham ma`lum darajada aniqlaydi. Ish uchun kostyum o’z jihozlari, rangli echimga ega ma`lum xonada yaqin masofada qabul qilinadi.
Kiyim (ko’ylaklar, bluzkalar, yubkalar, sarafanlar, erkaklar sorochkalari va hokazo) mayda yoki o’rtachа rasmli ancha kontrast rangli gazlamalardan yaratilishi mumkin.
Gazlamaning yirik rasmi yumshoq kolorit yoki naqshli shakl elementlarini "nozik" ishlanishini talaб etadi. Bu printsiplarda kundalik kiyimning hal etilishi nafaqat individual kostyum yaratishga, balки kishilar jamoasini ma`lum yaxlitlikda qabul qilishga imkon beradi. Forma kiyimini modellashtirishdа ma`lum darajada individuallikning namoyon bo’lish imkoniyati ma`lum darajada torayadi, biroq bunday kostyum mehnat jamoasini atrofqmuhitda ko’proq ifodaliroq namoyon etadi.
Bayramona va turli dam olish turlari uchun muljallangan kostyumlarda juda keng rasmlar qamrovi bo’lgan gazlamalardan foydalaniladi.
Kiyimlarning mavsumlarga ko’ra bo’linishi gazlama rasmlarini tanlashda ham aks etadi. Yil faslining sovuq vaqti uchun kiyimni (kuzgi - qishki davr) iliq, to’yingan tusli geometrik abstrakt va uslublashtirilgan rasmli gazlamalardan bajarish afzalroq, issiq palto va kurtkalar uchun plash guruh gazlamalari sovuq, yostiq tuslarida bajariladi. Issiq yil fasli (bahorgiqyozgi davr) kiyimi uchun tasviriy xarakterdagi engil o’simlik rasmli o’tkir kontrast ranglar yoki ochiq sof tusli gazlamalar ko’proq to’g’ri keladi.


Download 66,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish