5.4. RANGLI XALQA TUSHUNCHASI
Agar kamalakni xayolan davom ettirsak, u rang xalqasini hosil qiladi. Bu xalqadagi to’rt asosiy rang: qizil, sariq, ko’k, yashil orasida oraliq ranglar deb ataladigan ranglar yotadi. Rang tuslarining tabiiy shkalasi quyosh no’rining spektri - kamalak bo’lib, unda ranglar ma`lum tartibda joylashgan. Spektrning eng chetki ranglari - to’q qizil va ko’kqbinafsha ranglarini aralashtirib to’q siyoh rangnи olish mumkin. Agar spektrga qirmizi rang kiritilsa va uni xalqasimon qilib o’ralsa, tabiiy ranglar xalqasi hosil bog’ladi.
Fizik nuqtai nazardan barcha ranglar teng huquqlidir. Ranglar insonga bo’lgan emotsional ta`siriga qarab issiq ranglarga (quyosh, olov, yorug’lik va h. ranglari) va sovuq ranglarga (muz, suv, osmon, namozshom ranglari) bo’linadi. Ranglar xalqasiga ko’ra tiniq ko’k va tiniq sariq ranglarda qizg’ishlik yoki yashillik alomatlari yo’q. Xuddi shu kabi, tiniq yashil va tiniq qizilda sarg’imtir yoki ko’kimtir tuslar yo’q. Beshta rang birikmasidan tuzilgan sistema turli yo’nalishdagi ranglar uyg’unligini hosil qilish uchun etarlidir. har biri 24 rang tusidan to’zilgan ranglar xalqasi sistemasidagi uchinchi halqа asosiy va eng to’yingan ranglarni o’z ichiga oladi. To’rtinchi va beshinchi halqalar xuddi shu rang tuslaridan iborat, lekin ularning to’yinganligi kamayib boradi. Ikki chetki halqada esa, ya`ni ikkinchi va birinchida asosiyga qaraganda ranglar borgan sari to’qroq bo’lib boradi. SHunday qilib, har bir 24 xil rang 5 xil to’yinganlik yoki ochiqlik darajasiga egadir.
Berilgan ranglar xalqasi negizida to’rt xil rang mavjud - sariq, ko’k, qizil va yashil. Ularning barchasi asosiy ranglardir, chunki ularning birortasiga ham boshqa asosiy ranglardan zig’ircha ham aralashmagan. Xalqadagi asosiy ranglar juftlari (sariq va ko’k, qizil va yashil) diametr bo’yichа qaramaqqarshi tomonda joylashgani uchun ular birqbiriga nisbatan kontrast va to’ldiruvchi ranglardir. To’yinganlik va ochiqlik darajasiga qaramasdan to’rt asosiy rang orasida joylashgan rang tuslari oraliq ranglardir. Doiraga ko’ra oraliq ranglar ham to’rt guruhga bo’lingan: qizilq sariq, ko’kqqiziл, ko’kqyashil va sariqqyashil. 31 - rasmda ranglarning miqdoriy tarkibi ko’rsatilgan: sapqsariq (100g’), olov rangqsariq (83g’ sariq va 17g’ qizil), olov rangqsariq (66g’ sariq va 34g’ qizil), olov rang (50g’ sariq va 50g’ qizil), olov rangqqizil (34g’ sariq va 66g’ qizil) olov rangqqizil (17g’ sariq va 83g’ qizil), qipqqizil (alvon, 100g’) va hok. Ranglar doirasidagi 1q6 va 20q24 ranglar to’yinganligi va ochiqligidan qat`i nazar iliq ranglar, 8q18 esa sovuq ranglardir.
Asosiy rangli xalka dotsent M.SHugaev tomonidan yaratilgan. Asosiy ranglar juftligi: ko’k - sarik, qizil - yashil ranglar o’zaro bir diametr uchlarida joylashtiriladi.
Asosiy ranglar orasidagi oralik ranglar rangli xalkaning turtta choragida joylashadi:
- sarikqqizil
- qizil - ko’k
- ko’kqyashil
-sarikqyashil.
Ranglarning miqdoriy tarkibi va rangli xalkaning tuzilish printsiplari:
-toza sarik (100g’),
-sarik (75g’)qqizil (25g’),
-sarik (50g’)qqizil (50g’),
-qizil (75g’)q sarik (25g’),
-toza qizil (100g’).
Yuqorida keltirilgan ranglarning miqdoriy nisbati taxminiy hisoblanadi. Rangli xalganing to’yinganlik darajasi oq va kulrangning qo’shilishidan o’zgaradi. Turli xil to’yinganlik darajasidagi rangli xalka sistemasi tahlili quyidagicha xulosalar qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |