6-dars. Fonetik hodisalar (fonetik qoida yoki tovush o’zgarishi)



Download 69,06 Kb.
bet4/4
Sana01.04.2022
Hajmi69,06 Kb.
#523970
1   2   3   4
Bog'liq
Fonetika 2-qism Fonetik o\'zgarishlar

2-topshiriq.
Saylovdagi yutug‘i vaziyatni to‘g‘ri anglashliligidan. Bu gapda to‘rtta fonetik hodisa bor, ularni toping.
4 ta fonetik hadisa:
1) sayla + v – saylov (a unlisi o ga almashgan);
2) yutuq + i – yutug‘i (q undoshi g‘ ga almashgan);
3-4) ong + la – angla (a unlisi o ga almashgan) va anglashlilik + i – anglashliligi (k undoshi g ga almashgan)
3-topshiriq.
Sanog‘i so‘zidagi 3 ta fonetik hodisani toping.
3 ta fonetik hadisa: 1) son + a – sana (o unlisi a ga almashgan); 2) sana + q – sanoq (a unlisi o ga almashgan); 3) sanoq + i – sanog‘i (q undoshi g‘ ga almashgan).
4-topshiriq.
So‘zlamaysanmi? Ushbu so‘zda urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushgan deb o‘ylaysiz? Nima uchun?
Urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushgan. Oxirgi bo‘g‘indagi – mi urg‘u olmaydi, chunki yuklama; yuklama – mi dan oldingi –san qo‘shimchasi ham urg‘usiz, chunki shaxs-son qo‘shimchasi urg‘u olmaydi; shuningdek, undan oldingi –may ham urg‘u olmaydi, negaki fe’lning bo‘lishsiz shakli urg‘u olmaydi.
5-topshiriq.
Hamma qachondir barcha alamlarni unutib oldimga keladi, ammo sen kimdir aytsa ham, eshigimga yaqinlashma. Gapda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan nechta so‘z bor? Har birini izohlang.
Gapda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan 6 ta so‘z bor: 1) hamma 2) barcha – ba’zi olmoshlarning urg‘u olmasligi; 3) qachondir 4) kimdir – gumon yuklamasi –dir urg‘u olmasligi; 5) ammo - ba’zi yordachi so‘zlarning urg‘u olmasligi; yaqinlashma - fe’lning bo‘lishsiz shakli –ma urg‘u olmaaligi.
6-topshiriq.
O‘sha chog‘lar esimda – hozir bo‘lganday: bir qo‘lida tugma, ikkinchisida suzma – nima qilarni bilmasding. Ushbu gapda ma’nosi urg‘u bilan farqlanadigan 4 ta so‘z bor – toping.
M a’nosi urg‘u bilan farqlanadigan 4 ta so‘z:
1) chog‘lar – a) ikkinchi bo‘g‘inga tushsa ot (paytlar, vaqtlar), birinchi bo‘g‘inga tushsa, fe’l (chog‘lanar, hozirlik ko‘rar).
2) hozir – a) ikkinchi bo‘g‘inga tushsa sifat (tayyor), birinchi bo‘g‘inga tushsa, ravish (payt ravishi).
3) tugma - a) ikkinchi bo‘g‘inga tushsa ot (kiyim tugmasi), birinchi bo‘g‘inga tushsa, fe’lning bo‘lishsizlik shakli.
4) suzma - a) ikkinchi bo‘g‘inga tushsa ot (qatiq suzmasi), birinchi bo‘g‘inga tushsa, fe’lning bo‘lishsizlik shakli.


TESTLAR
E’tibor bering!!! Fonetik hodisalar bo’yicha testlarni bajarishda yanglishmaslik uchun gapdagi har bir so’zni asos va qo’shimchalarga ajratib chiqing

1. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida portlovchi tovush tushishi kuzatilgan?


A) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi.
B) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi.
C) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi.
D) Odamlar chiroyingga, kiygan kiyimingga
qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar.
2. Qaysi so‘zdan fe’l yasalganda, o‘zak fonetik o‘zgarishga uchramaydi?
A) o‘yin B) boy C) ot D) ong
3. Qaysi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush almashishi vujudga keladi?
1) o‘roq; 2) bilak; 3) idrok; 4) ermak; 5) yo‘q.
A) 1, 4 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
4. Quyidagi qaysi fe’llarga -q qo‘shimchasi qo‘shib so‘z yasalganda tovush o‘zgarishi yuz bermaydi?
A) og‘rimoq, ilimoq, qavimoq
B) sovimoq, sasimoq, qayramoq
C) qaynamoq, charchamoq, bo‘yamoq
D) sanamoq, isimoq, taramoq
5. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar mavjud?
A) tovush tushishi va almashuvi
B ) tovush tushishi
C) tovush almashuvi, tovush tushishi va
tovush orttirilishi
D) tovush almashuvi va tovush orttirilishi
6. Quyidagi gapda necha so‘z fonetik qoida asosida yozilgan? Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi.
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta
7. Quyida berilgan fe’llarning qaysilari fonetik tamoyil asosida yozilgan?
1) gurulla; 2) o‘yna; 3) yashna; 4) yasha; 5) sayla; 6) angla.
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 3, 4, 6
C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6
8. Shakliy tamoyil asosida yozilgan so’zni aniqlang.
A) institut B) uchinchi
C) bag’rim D) yasha
9. Berilgan gapdagi so‘zlar imlosida necha o‘rinda fonetik o‘zgarish ro‘y bergan?
Sening tug‘ilib o‘sgan shahringdan ayrilib
yashashingni bilmasdim.
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta
10. Qaysi maqolda ikkita so‘z fonetik o‘zgarish asosida yozilgan?
A) Ko‘ngli qoraning yuzi qora.
B) Burgaga achchiq qilib, ko‘rpangni kuydirma!
C) Yaxshiga qora yuqmas,Yomonga el boqmas.
D) Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
Elidan ayrilgan olguncha yig‘lar.
11. Shunday paytlarda yoshligimning ajib damilarni esga olaman. Bolalikdagi o‘ynoqi damlarni sog‘inaman. Meni o‘tloqlarda duma-latgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
Ushbu parchada necha o‘rinda imlosi fonetik o‘zgarishga uchragan fe’l so‘z turkumiga oid
so‘z bor?
A) 4 B) 3 C) 5 D) 2
12. Qaysi gap(lar)da fonetik o‘zgarish faqat so‘z yasovchi ta’sirida asosda sodir bo‘lgan?
1) Ikkalasi ham shahrimizdagi o‘zgarishlarni
ko‘rib lol bo‘lishdi.
2) To‘pidan ayrilganni bo‘ri yer.
3) O‘z ko‘nglingni ko‘tarishning eng yaxshi
yo‘li kimningdir ko‘nglini ko‘tarishdir.
4) Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zini ham
anglaydi.
A) 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4
1 3. Qaysi so‘zlarga ikkita so‘z yasovchi morfema ketma-ket qo‘shilganda ikki xil fonetik o‘zgarishni kuzatish mumkin? 1) taroq, 2) yig‘i, 3) qiyin,
4) tarqa, 5) o‘yin, 6) sariq.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
14. Bu falokatga yo‘liqqan odamning jon achchig‘idagi qichqirig‘i edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi.(Jek London)
Ushbu gapda so‘z yasovchi qoshimcha qo‘shilishi natijasida nechta so‘z tarkibida
fonetik o‘zgarish yuz bergan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta
15. Quyida keltirilgan misralardagi tovush o‘zgarish hodisasi ro‘ybergan tub so‘zlar sonini aniqlang.
Unim yo‘q, bunim yo‘q, Uyimda unim yo‘q.
Ishimda unum yo‘q, Aytishga unim yo‘q.
A) 1 ta B) 3 ta
C) 2 ta D) 4 ta
16. Asosida tovush o‘zgarish hodisasi ro‘y bergan so‘z qatnashgan gapni toping.
A) Birdan yomg‘ir yog‘ib, tarnovlardan shovullab suv oqa boshladi.
B) Derazamning oldida bir tup o‘rik gulladi.
C) Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas.
D) Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi.
17. Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi orasida dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi.
Ushbu gapdagi fonetik o‘zgarishlarning turini
ko‘rsating.
A) bitta tovush tushishi, ikkita tovush almashinishi
B) bitta tovush orttirilishi, ikkita tovush almashinishi
C) bitta tovush tushishi, uchta tovush almashinishi
D) uchta tovush almashinishi
18. Berilgan maqollardan qaysi birida to‘rt o‘rinda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z mavjud?
A) Ilm – dilning chirog‘i. Maktab – ilm chorbog‘i.
B) Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.
C) Oltovlon ola bo‘lsa, Og‘zidagini oldirar.
To‘rtovlon tugal bo‘lsa, Tepadagini endirar.
D) O‘g‘li borning o‘rni bor, Qizi borning qadri bor.
19. Tasviriy insholar o‘quvchilarning fikrini o‘stiradi, kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi.
Ushbu gapdagi qaysi yasama so‘z fonetik
o‘zgarishga uchragan?
A) fe’ldan yasalgan sifat
B) otdan yasalgan sifat
C) fe’ldan yasalgan ot
D) sifatdan yasalgan fe’l
20. Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi.Ushbu gapda fonetik hodisalarning qanday turi mavjud?
A) tovush ortishi B) tovush almashishi
C) tovush tushishi va almashishi
D) tovush tushishi
21. Sharifa xolaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi.
Ushbu gapdagi necha so‘zda egalik qo‘shimcha-si qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarish vujudga kelgan?
A) 4 so‘zda B) 2 so‘zda
C) 3 so‘zda D) 1 so‘zda
22. Qaysi qatordagi so‘zlarda qo‘shimcha qo‘shilganda so‘zning asosida tovush almashish yuz bergan?
A) tirgagi, atoqli, kiprigim
B) ekkani, oqqach, burnim
C) susay, unga, bilagi
D) sarg‘ay, o‘g‘lim, singlim
23. Quyida berilgan qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘shilganda olmoshlarda tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi?
A) tushum, o‘rin-payt kelishiklari
B) tushum, jo‘nalish, chiqish kelishiklari
C) bosh, jo‘nalish kelishiklari
D) qaratqich, tushum kelishiklari
24. Qoyalar bag‘ridan o‘ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag‘ishlardi.
Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi
asosida yozilgan so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta
25. Suv ichsam ham chanqog‘im bosilmadi. Ushbu gapdagi chanqog‘im so‘zi asliga ko‘ra qanday fonetik o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan?
A) 2 ta tovush almashinishi
B) 1 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi
C) 2 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi
D) 1 ta tovush almashinishi


Download 69,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish