Yaroqsizlikning oldini olish.
Tokarlik operasiyalarini bajarishga qo’yiladigan talablarga rioya qilmaslik natijasida turli yaroqsizliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan, ketingi babkaning shpindel markazi o’qiga nisbatan siljib ketishi detalning konussimon bo’lib qolishiga olib keladi. Tores sirtining detal o’qiga nisbatan noperpendikulyarligi supportning yo’naltiruvchi ko’ndalang sirpanishidagi tirqishlar tufayli yoki zagotovka qulochining kattalish natijasida keskichning siqilishi sababli kelib chiqadi. Bochkasimonlikning sababi keskichni kuchli bosishda zagotovkaning bukilishidir.
Keskich yaxshi charxlanmagan, to’g’ri o’rnatilmagan yoki qirqish rejimi noto’g’ri tanlangan hollarda ishlov berilgan sirt g’adir-budur bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |