AMALIY MASHG‘ULOTLAR:
I – MAVZU. Detallarni bir qatlamli qilib biriktirish Mashg`ulotning maqsadi: Yupqa metall listni bir qatlam qilib birlashtirish
usullarini o`rganish.
Mashg`ulotning borishi: Yupqa metall listlar ikki usulda biriktiriladi. Ularni bir qatlamli qilib payvandlash biriktirish deyiladi. Listlarni bir qatlamli qilib biriktirishda ikki bo`lak yupqa metall listning qirralari bir-biriga nisbatan teskari tomonga bukiladi. Bukish (egish) usuli va qulf-kalit qilib biriktirishda listlarning bukilgan qismlaridan biri ikkinchisiga kiritiladi (102-rasm).
Ikkalasini birgalikda uzunligi bo`yicha bukib, yog`och to`qmoq bilan urib chiqiladi. O`qituvchi ana shularni tushuntirgach, o`quvchilarga doska oldiga
qo`yiladigan tunuka quticha yasashni tavsiya etadi. Buning uchun o`quvchilar avval qutichaning texnik chizmasini chizib, o`lchamlarini qo`yib chiqadilar, ishga oid asbob va moslamalarni tayyorlab oladilar. Tunuka qutining yoyilmasi 103- rasmda ko`rsatilgan.
103 - rasm Tunuka qutining yoyilmasi
II – MAVZU. Yupqa metall listdan yasalgan buyumlarni pardozlash Mashg`ulotning maqsadi: 1. O`quvchilarga egov bilan metall chiqindilarini
tozalashni, yupqa metall listlarni silliqlash va moyli bo`yoq bilan bo`yashni o`rgatish. 2. Yupqa metall listlarni kesish, teshish, bukish detallar yig`ish bo`yicha o`tilgan hamma mashg`ulotlarni yakunlash, o`quvchilarning bilim va malakalarini baholash.
Mashg`ulotning borishi. Metall materiallarni oksidlanishdan saqlash uchun bo`yaladi yoki loklanadi. Buning uchun avval buyumning sirti tozalanadi. Agar buyum detallari tekis bo`lmasa, egov bilan tozalanadi. So`ng jilvir bilan ishqalanadi.
Buyumlar sirti gruntovka bilan tekislanadi. Bo`yoqni kamroq sarflash uchun buyum sirtiga olif surtiladi.
Yupqa metall listdan yasalgan buyumlar vazifasiga qarab bo`yaladi.
O`quv ustaxonalarida metall buyumlar asosan qo`l bilan pardozlanadi. Bu esa o`quvchilar mehnatiga qo`yiladigan talablariga aynan muvofiqdir.
O`qituvchi yuqoridagi ishlar qanday bajarilishini hisobga olib, o`quvchilarning mehnatini baholaydi. So`ng ularga yuqori sinflarda ham metall materiallarga ishlov berish bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazilishini aytadi.
O`quvchilar yasagan buyumlarning yaxshi, sifatli chiqqanlaridan sinf, maktab ko`rgazmasiga ajratib qo`yiladi.
III – MAVZU. Simlardan yasaladigan buyumlarning texnik rasmi va eskizini
chizish
Mashg`ulotning maqsadi: 1.O`quvchilarga simlardan tayyorlanadigan buyumlarning eskizi va texnik rasmi haqida ma'lumot berish. 2. Eskizda diametr va radiusning belgilanishini tushuntirish. 3. Buyum eskizini bajarish usullarini, simni kesish va to`g`rilash ishlarini o`rganish.
Mashg`ulotning borishi. O`quvchilarga simlar po`latdan, misdan, alyuminiydan tayyorlanishi aytilib; ularning namunasi ko`rsatiladi, so`ng Buyumning texnik rasmi va eskizi nima degan savol beriladi. Bu savolga
o`qituvchining o`zi javob qaytaradi.O`quvchilarga simlardan tayyorlangan bir necha buyum va uning texnik rasmlari ko`rsatilib, simlar bilan ishlash texnologiyasi foydalaniladigan asbob va moslamalarning tuzilishi tushuntiriladi.O`quvchilarga knopkani chiqarib oladigan asbob yasashni tavsiya etib, buning uchun simning bir uchini doyra shaklida bukish (104-rasm, a) ikkinchi uchini sandon ustida
a b v
104 – rasm. Simlardan yasaladigan buyumlar
pachoqlab, ikki qirrali egov bilan ajratish (104- rasm, b) keyin uning ajratilgan uchini biroz egish (104-rasm,v) kerakligi tushuntiriladi.
IV – MAVZU. Buyumlar yasashda
ratsional ketma-ketlikni aniqlash
Mashg`ulotning maqsadi: 1. O`quvchilarga simlarni to`g`rilash, kesish va tejab ishlatishni o`rgatish. 2. Ularni batartib ishlashga odatlantirish.
Mashg`ulotning borishi: O`quvchilarga turli yo`g`onlikdagi simlardan buyumlar yasash uchun buyumning har bir detaliga qanchadan sim ketishini aniqlash kerakligi aytiladi. Buning uchun buyumning texnik rasmini chizish, unda detallarning o`lchamini
usullardan foydalanish, asosan ijtimoiy, foydali buyumlar yasash lozimligi tushuntiriladi. Buyum detallarini yasashda avval simlarni to`g`rilab olish, buning uchun o`quv ustaxonasida 105-rasmdagi moslamalardan foydalanish kerak. Yumshoq simlar yog`och to`qmoq bilan ham to`g`rilanadi.
Mashg`ulotda o`qituvchi simdan bitta buyum namunasini, masalan, samolyot yasashni tavsiya etadi. Buning uchun ikkita 1,6 metrli sim olib (106-rasm), ularning o`rtasidan buklanadi (a), buklangan joyidan ingichka sim bilan mahkam bog`lanadi (b), buklangandan keyingi birinchi sim samolyotning asosini, ikkinchi va uchinchi simlar uning qanotlarini, to`rtinchi sim kabinasini yasashga xizmat qiladi (v).
V – MAVZU. Simlarni kesish, to`g`rilash va egish
Mashg`ulotning maqsadi: 1. Buyum yasash uchun simlarni kesish, to`g`rilash va egish operatsiyalarini bajarish. 2. Simdan turli buyumlar yasashni o`rganish.
Mashg`ulotning borishi: Simdan qanday buyum yoki uning detali yasalmasin, albatta oldin simni to`g`rilash, kerakligini kesib olish va rejalab chiqish lozim. Simlarni kerakli o`rinlaridan, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli, o`tmas burchakli, aylana, yarim aylana va boshqa shakllarda bukish mumkin. O`qituvchi ana shularni ko`rgazmali yo`sinda tushuntirgach, simlarni to`g`rilash, kesish va bukish bo`yicha bitta ish ajarishni,qo`g`irchoq uchun mebel yasashni tavsiya etadi. Qo`g`irchoq mebeliga diametri 2 mm li sim ishlatiladi. Uning oyoqlari sim, o`tirg`ich va suyanchig`i faner yoki kartondan
olinadi va undan stul qismlari buklanadi (107 - rasm), uchlari bir - biriga payvandlanadi. Stulning o`tirg`ich va suyanchig`i faner yoki kartondan tayyorlanadi, ularing ichki sim yoki mix parchin bilan mustahkamlanadi. Mebel stoli ham ana shu yo`sinda, rasmda ko`rsatilgandek yasaladi. 107-rasm.
VI – MAVZU. Svetofor modelini yasash
Mashg`ulotning maqsadi. O`quvchilarga svetoforning elektr sxemasini chizishni o`rgatish.
Bu mashg`ulotni svetofor modeli yog`och yoki metall materialdan yasalishini hisobga olib tegishli o`quv ustaxonasida o`tkazish mumkin.
O`qituvchi o`quvchilarga svetofor modeli (108-rasm) ni ko`rsatib, uni yasash boshqa mehnat obektlaridan farq qilishini, 108-rasm. Svetofor modeli:
u uchta qismdan iboratligini, 1uning uchun uni yasashda yog’och va metall materiallar bilan ishlash, elektr sxemasini tuzish operasiyalari bajarilishini aytadi. So’ng svetoforning vazifasini qisqacha tushuntirib, uning modelini doskaga chizadi. O`quvchilar diqqatini svetoforning elektr zanjiri sxemasiga qaratadi. Svetoforning oldingi va ketingi qopqog’ini yasash tartibni ko’rsatadi.
Svetofor modeli ko’p detaldan iborat. Uni to’liq yasab ulgurish
uchun har uch o’quvchiga bittadan model yasashni topshirish maqsadga muvofiqdir. O`quvchilar model detallarini taqsimlab olib yasaydilar va hamma detallarni biriktirib svetofor modelini yig`adilar.
O`quvchilar hamma ishni o’qituvchining bevosita ko’rsatmasi bo’yicha bajaradilar. Bunda simlarni ulash, lentalar bilan o’rash, o’tkazgichlarning uchlarini kavsharlash, jilvir bilan tozalash, simlarni metall plastinka ustiga qo’yib, erigan qo’rg`oshin bilan birlashtirish va boshqa ishlarni bajaradilar.
I – ilova 6-sinflar uchun mehnat ta’limining metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha yozgi amaliyot tashkil qilish va o‘tkazishning taxminiy
Do'stlaringiz bilan baham: |