O’ZBEKISTONDA PICHOQCHILIK MAKTABLARI, QORASUV VA CHUST PICHOQSOZLIK MAKTABLARI.
PICHOQCHILIK MAKTABLARI
Jumhuriyatimizda yigirmaga yaqin pichoqchilik markazlari bo’lib, ular yasalish usuliga ko’ra Chust (tus) pichog’i, poytug’ pichog’i, qo’qon pichog’i, qorasuv pichog’i, shahrixon pichog’i kabilarga bo’linadi.
Qorasuv Pichoqchilik Maktabi - Qorasuv pichog’i o’ziga xos bo’lib boshqa pichoqchilik maktablaridan farq qiladi. Yorma hamda suqma sopli, gulbandiga gullar solingan bo’ladi. U o’tkir qilib yasalib, dastasiga chilmixlar, ko’zlar o’rnatib chiroyli hashamdor qilib yasaladi.Qorasuv pichog’i qadimdan rivojlanib kelayotgan noyob san’at durdonalaridan biridir.(84,85 -rasmlar).
Asqar pichoqsoz - yoshlik chog’idanoq pichoqsozlik kasbini puxta egallab tez orada o’zi-ning ajoyib pichoqlari bilan Farg’ona vodiysida shuhrat qozongan. U yasagan o’tkir tig’li bejirim pichoqlar uzoq-uzoqlarga tarqaldi. Qorasuvli pichoqsozlar o’sha vaqtlardayoq qili, xanjar, shon va pichoq yasashda nom qozongan edilar. Pichoqsoz Asqar ana shu Qorasuv pichoqlarining yirik vakili bo’lib, yoshlikda To’xtasin pichoqsoz ustadan o’rgangan. U Qorasuv va Shahrixonda pichoqsozlik qilgan. Ayniqsa Ulug’ Vatan urushi davri-da o’zbek jangchilariga ham atab pichoq tayyorlagan. 1948 yili Qorasuvda tashkil etilgan sobiq «Qizil partizan» artelida u o’z o’g’illari Bokirjon va usta Mamasaidlar bilan birga ishladi. Asqar pichoqsoz pichoqlarni a’lo nav po’latdan yupqa, ixcham, naqshdor hamda o’tkir qilib yasagan. U pichoq yasashning «qozoqcha»,
«hisorcha», «buxorcha», «naqshband» usuli bilan pichoqlar yasadi. Uning yasagan pichoqlariga doim talab kuchli edi. Asqar pichoqsoz va o’g’illari bilan yasagan pichoqlari O’sh, Andijon, Jalolobod va boshqa joylarda «qorasuv pichog’i» nomi
bilan mashhurdir.
1964 yili Asqarxo’ja Oysarxo’jaev 86 yoshida vafot etdi, lekin uning juda ko’p shogirdlari «qorasuv pichog’i» nomini tildan tushurmay hozirgi kungacha shuhratini ko’tarib kelmoqdalar. Ayniqsa uning katta o’g’li Mamasaid va o’rtancha o’g’li Bakir ota kasbini ulug’layotgan farzandlar o’zbek pichoqlari shuhratini Ittifoqimizga va chet ellarga taratdilar. Qorasuv pichoqchilik maktabining namoyandalaridan yana biri usta Bakirjon Asqarov bo’lib, uning ota-buvalari ham pichoksoz ustalar bo’lish-gan, Bakirjon Asqarov kasbini san’at dara-jasiga ko’tarib chiqdi, uning pichoqlari uzoq-uzoqlarga yoyilgan. U o’z ustozidan o’rgan-gan pichoqchilik sirlarini yoshlarga o’rgata-yapti. U pichoq tayyorlash texnologiyasini, ya’ni tig’ uchun qizdirilayotgan po’lat parchasini qaysi rangga etkazib toblashni bolg’a bilan tig’ hamda dasta tayyorlash, uni bezash, sayqal berish, tig’ga qoramtir tus berish metodlarini sidqi-dildan o’z shogirdlariga o’rgatdi. Shunday shogirdlaridan biri Akramjondir. U ustozi qo’lida 7 yil shogird bo’lib bu kasbini juda chuqur egallab oldi. O’zbekiston xalq ustalari-ning «Ustoz» uyushmasiga a’zo bo’ldi. U juda ko’p pichoqlar ishlab berdi. Uning pichoqlari sayyohlarga borib etayotganidan ruhlanib ijodiga-ijod qo’shildi. U har yili 200 ta pichoq tayyorlab bermoqda. Ustozi Bakirjon aka bilan Akramjon qorasuv pichoqchilik maktabini rivoj-lantirishga yanada katta hissa qo’shishdi. Ularning tayyorlagan pichoqlari o’zining dasta va tig’ o’rta-sidagi mutanosibligi, dastasining sadaf hamda rangli plastik materiallardan yasab, ajoyib o’simliksimon, geometrik naqshlar bilan bezatib shuhrat qozonmoqdalar. Farg’ona vodiysida usta To’xtasin, usta Xalil, Asqar pichoqsoz, Bakirjon Asqarov pichoqsozlik bo’yicha shuhrat topgan usta- lardan. Ular o’zlari yaratgan pichoqlari bilan butun dunyoga tanilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |