Ethernet va 100VG-AnyLAN texnologiyalarining ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlari
|
Spesifikatsiya
|
100Base-TX
|
100Base-T4
|
100Base-FX
|
100VG-AnyLAN
|
Kabel turi
|
STP-1, UTP-5
|
UTP-3
|
Kup moda optotola
|
UTP-3, UTP-4, UTP-5, STP-1 , optiktola
|
Tarmoqga kirish usuli
|
CSMA/CD
|
CSMA/CD
|
CSMA/CD
|
Demand Priority
|
Tarmoqda uzellarning maksimal soni
|
1024
|
1024
|
1024
|
1024
|
Segmentning maksimal uzunligi
|
100
|
100
|
2000 to‘liq dupleks uzatuvda,
412 yarim dupleks uzatuvda
|
225
|
Topologiya
|
Yulduz
|
Yulduz
|
Yulduz
|
Yulduz
|
Tarmoq diametri, m
|
205
|
205
|
--
|
1100
|
100Base –FX bevosita 100Base – TX spesifikatsiyasiga o‘xshash, faqat bunda fizikaviy uzatish muhiti bu yerda ko‘p modali optiktola bo‘ladi. Segmentning uzunligi uzatish rejimiga bog‘liq.
Shkala tomonga bir vaqtda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish “to‘liqdupleksli” deyiladi. Bunda segmentning uzunligi 2000 metrgacha bo‘ladi.
Ma’lumotlar uzatish navbati bilan bo‘lsa, ya’ni oldin uzatishga ishlaydi, keyin qabul qilishga, bunday uzatish “yarimdupleksli” deyiladi. Bunda uzellarni bog‘lovchi kabelning uzunligi 412 metrdan oshmasligi kerak.
100 VG – AnyLAN
Ushbu texnologiya bo‘yicha muhitga kirishda talab bo‘yicha “prioritet” ga asosan bajariladi.
Fizik muhiti sifatida ekranlashmagan o‘rama juftlik simlarning
UTP – 3, 4, 5 turlari qo‘llaniladi, UTP – 1 yoki UTP – 5 ko‘p modali optiktolali kabel ham qo‘llaniladi.
Gigabit Ethernet
100 Mbit/s tezlikka erishilgandan so‘ng tez kunda undan ham yuqori tezlik talab qilindi. Chunki kuchli serverlar korporativ tarmoqning magistral aloqa kanalini to‘ldirib qo‘yishgan edi. 100 VG – AnyLAN texnologiyasi keng tarqalmadi, chunki u murakkab hisoblanadi, shu bois Fast Ethernet kengroq tarqalgan edi. Keyinchalik Gigabit Ethernet texnologiyasi yaratildi va unda 1000 Mbit/s tezlikga erishildi.
6.5.4-jadval
Gigabit Ethernet texologiyasining ko‘rsatichlari
Ko‘rsatkichlari
|
Spesifikatsiya
|
1000Base-LX
|
1000Base-SX
|
1000Base-T
|
1000Base - CX
|
Kabel turi
|
STP-1, UTP-5
|
optiktola
|
UTP -5
|
STP Twinax
|
Segmentning maksimal uzunligi, m
|
316 – yarim dupleks uzatish
550 – to‘liq dupleks uzatish ko‘p modali optiktola bo‘yicha
5000 – to‘liq dupleks uzatish bir modali optiktola bo‘yicha
|
316 – yarim dupleks uzatish 50\125
550 – to‘liq dupleks uzatish ko‘p modali optiktola bo‘yicha
50\125
275
optiktola bo‘yicha
62,5\125
|
100
|
25
|
Ushbu texnologiya 802.3z standartiga mos keladi va ma’lumotlarni uzatish fizik muhiti bir modali va ko‘p modali optiktola yoki 75 elektr qarshilikka ega STP–5 o‘rama kabeli bo‘lishi mumkin, keyinchalik UTP–5 uchun (standart IEEE 802.3ab) Gigabit Ethernet amalga oshirildi.
Spesifikatsiyalar quyidagicha bo‘ladi:
1000 Base – LX (L – long walelength – to‘lqin uzunligi) bo‘yicha ko‘p modali va bir modali optotoladan foydalanish nazarda tutilgan.
Uzun to‘lqinli lazerlar, qisqasiga nisbatan qimmatliroq bo‘ladi, lekin u orqali ma’lumotni uzoqroq masofaga yuborish mumkin. Yarim dupleks rejimda segment uzunligi 316 metrgacha, to‘liq dupleks uzatish rejimida esa 550 metr bo‘lishi mumkin (ko‘p modali tola bo‘yicha) va 5000 metr bir modali optotolada.
1000Base – SX (S – Sort wavelength) – bunda faqatgina ko‘p modali tolada amalga oshiriladi.
Yarim dupleks rejimda segment uzunligi 275 metr bo‘ladi, agarda optiktola diametri 62,5 Nm bo‘lsa. Agar tolani diametri 50 Nm bo‘lsa, u holda segment uzunligi 316 m bo‘ladi. Dupleks rejimda o‘z navbatida 275 metr va 550 metr bo‘ladi.
1000Base – T spesifikatsiya 5 – kategoriyali o‘rama kabelni 4 ta juftlik simdan to‘liq qo‘llaniladi va har biridan 250 Mbit/s tezlikda ma’lumot jo‘natiladi.
1000Base – SX uzatish muhiti sifatida maxsus o‘rama kabelni (750 Om qarshilikda) qo‘llaydi. Uzatish yarimdupleks rejimda bajariladi. Eng qizig‘i ma’lumotlar ikki simdan parallel uzatiladi. Segmentning maksimal uzunligi 25 metr bo‘ladi.
10 Gigabit Ethernet
Keyingi rivojlanish natijasida tezkor ma’lumotlarni uzatish standarti IEEE 802.3ae, ya’ni 10 Gigabit Ethernet (10 GbE) ishlab chiqildi. 2002 yildan boshlab Ethernet texnologiyasi MAN va WAN tarmoqlarida ham qo‘llanila boshlandi.
Ushbu standartda har xil spesifikatsiyalar ishlab chiqilgan, shu jumladan, bir modali va ko‘p modali optiktolalar uchun, kodlash usullari bo‘yicha, qo‘llaniladigan to‘lqin uzunligi bo‘yicha va h.k.
Wireless Ethernet
Ilk bor 1997 yilda 802.11 standarti ishlab chiqildi va unda tezlik 1 va 2 Mbit/s va chastotasi 2,4 Gs edi va uni Radio Ethernet deb atash qabul qilingan edi. Bu yerdagi tezlik ko‘plarni qanoatlantirmaganligi sababli yangi standartlar ishlab chiqildi.
1999 yilda IEEE 802/11b (yoki 802.11 High rate) standarti ishlab chiqildi, unda ma’lumotlar uzatish tezligi 11 Mbit/s deb belgilandi. Ushbu standartda DSSS (Direct Sequence Spread Spetrum) uslubi qo‘llanildi, ya’ni to‘g‘ridan – to‘g‘ri spektrni kengaytiradigan keng polosali modulyatsiya. Unda ishchi diapazon 14 kanalga bo‘linadi, chastotalar 25 MGs doirasida bo‘ladi.
Hozirgi kunda simsiz tarmoqni Wi – Fi deb atashadi. Ushbu atama Xalqaro tashkilot Wireless Fidelity Alliance (Wi – Fi Alliance) nomidan kelib chiqqan.
WLAN ning yara bir spesifikatsiyasi IEEE 802.11a bo‘lib, uning negizida signallarni modulyatsiya uslubi qo‘llanilgan, ya’ni signalni ortogonal chastotalarni multipleksiyalangan taqsimlanish (Orthogonal Frequency Division Multiplexing – OFDM).
Bunda signalni bir vaqtning o‘zida parallel uzatish amalga oshiriladi. Bu yerda standart bo‘yicha 5 GGs chastotali diapazon ajratilgan. Unda asosiy tezliklar 6, 12, 24 Mbit/s belgilangan, qo‘shimcha yana 9, 18, 24, 48, 54 Mbit/s bo‘ladi.
6.5.5-jadval
Radio Ethernet spesifikatsiya ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlari
|
Spesifikatsiya
|
IEEE 802.11b
|
IEEE 802.11g
|
IEEE 802.11a
|
Ma’lumotlar uzatish tezligi
Mbit\s
|
11
|
54 gacha
|
54 gacha
|
Kanallar soni
|
3
|
3
|
12
|
Ma’lumotlar uzatish masofasi
Yopiq xonada
Ochiq xonada
to‘g‘ri yo‘l bo‘yicha
|
30 (11 Mbit\s)
91 (1 Mbit\s)
120 (11 Mbit\s)
460 (1 Mbit\s)
|
30 (54 Mbit\s)
91 (1 Mbit\s)
120 (54 Mbit\s)
460 (1 Mbit\s)
|
12 (54 Mbit\s)
91 (6 Mbit\s)
30 (54 Mbit\s)
305 (6 Mbit\s)
|
Modulyatsiya sxemasi
|
DSSS
|
OFDM
|
OFDM
|
Ishchi chastota, GGs
|
2,4 (2,4-2,4835)
|
2,4 (2,4-2,4835)
|
5 (5,15-5,350 va
5,725 -5,825)
|
Keyinchalik 2003 yilda IEEE 802.11b standarti ishlab chiqildi. Unda 2,4 GGs diapazon va OGDM signalni modulyatsiya qilish nazarda tutilgan. Tezlik 54 Mbit/s ga yetkazildi.
Infraqizil diapazonda ishlaydigan tarmoq 10 metrgacha ishlaydi, uzatish tezligi 1 – 2 Mbit/s bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |