6-Biologiya (Umumiy) Variant № B
1. Bargini tuzilishi jixatdan ortiqchasini aniqlang.
A) o’tloq sebarga B) qashqarbeda
*C) besh yaproqli partenotsissus D) qulupnay
2. O’quvchilar ekuskursiya vaqtida A va B
o’simliklarning gultuzilishini taqqoslab o’rganishdi.
A o’simlikni gulida gultojibargalar gulkosachabarglardan 2 marta uzunligi, changchilari ko’p, iplari esa qo’shilganligini, B o’simlikda esa gulbandi gulqo’rg’onidan birnecha marta uzunligi va changchilarini ikkita halqada 3 tadan joylashganligini aniqlashdi. O’rganilgan A va B o’simliklarni aniqlang.
A) A-achambiti; B- tabiiy tok
*B) A-yerbag’ir tugmachagul; B- bosh piyoz
C) A-oddiylavlagi; B- o’tloqsebarga
D) A-yovvoyisabzi; B-na’matak
3. Yong’oq mevaga (a) yig’ma mevaga (b) va ko’sak mevaga (c) ega o’simliklarni aniqlang.
*A) a-soxta kashtan b-yerbag’ir tugmachagul c-matur
B) a-seyshel palmasi b-tok c-kungaboqar
C) a-yeryong’oq b-gulxayri c-andiz
D) a-kamxastak b-gulxayri c-shirinmiya
4. Akatsiya qaysi bo'limga (a), kakra qaysi sinfga (b) va baqlajon qaysi turkumga (c) mansub?
A) a-ikki uru’pallalilar; b-lolasimonlar; c-baqlajon
B) a- magnoliyatoifalar; b-lolasimonlar; c-baqlajon
C) a-lolasimonlar; b-magnoliyatoifalar; c-ituzum
*D) a-gulli o'simliklar; b-ikki urug' pallalilar; c-ituzum
5. Quruq mevali ko’p yillik o’simliklarni aniqlang.
a) o’tloq sebargasi; b) olcha; c) teresken;d) shirinmiya;
e) terakbargli liftok; f) oshqovoq; g) pekin karami; h) keyreuk.
A) b,f,c B) e,d,h C) a,c,g *D) a,c,h
6. Boldir muskullari 1 minut ish bajarganda 19 kJ energiya sarflasa, 24 minut ish bajarashi uchun qancha glukoza sarf bo’ladi.
A) 24,6 gr B) 26,2 gr *C) 25,9 gr D) 23,6 gr
7. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog’ va uglevodning massa nisbati 1:1:5 ga teng bo’lib, ovqatdan ajralgan umumiy energiya 14450 kj ga teng bo’lsa, uglevoddan ajralgan energiya qancha kj ni tashkil qiladi?
A) 7040 *B) 8800 C) 1760 D) 3890
8. Dilmurod bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida
100 g oqsil, 80 g yog’, 460 g uglevod va 10 g tuz is’temol qildi. Ovqat tarkibidagi biopolimerlardan ajralgan energiya miqdorini kJ da aniqlang?
*A) 9856 B) 12968 C) 11208 D) 4872
9. DNK 9/12 qismidan hosil bo’lgan aminokislota va DNK nukleotidlari farqi 2100 ta bo’lsa DNK nukleotidlar sonini aniqlang.
A) 1200 *B) 2400 C) 4800 D) 600
10. Ildiz tukchalarini faoliyati yer usti organlari faoliyati bilan teng yakunlanuvchi o’simliklar keltirilgan javobni aniqlang.
*A) kiyiko’t, kanop B) shirinmiya, shumtol
C) saksovul, sallagul D) zig’ir, zirk
11. Quyidagi keltirilgan o’simliklar ketma-ketligida asosiy barga bandidagi yaproqchalar soni qanday o’zgaradi?
yong’oq→soxta kashtan→sebarga→zubturum
*A) kamayadi B) ortadi
C) o’zgarmaydi D) avval ortadi keyin kamayadi
12. Makkajo‘xori haqida to‘g‘ri ko‘rsatilgan ma‘lumotni aniqlang.
A) Poxol poyasi bir metrdan oshadigan, bo'g'imlarga bo'lingan, tik o’suvchi ko'p yillik o'simlik
B) Urug'dagi murtagi ildizcha, poyacha va ikkita bargchadan tashkil topgan
*C) Gullari mayda, rangsiz, ayrim jinsli, urug'chi gullar so'ta to'pgulida tashkil joylashgan
D) Chatnaydigan mevasi quruq, etsiz, ko'p urug'li
13. Gulda gulning hamma qismlari joylashadigan a’zoni aniqlang.
A) gulband *B) gulo’rni C) gulkosa D) gulqo’rg’on
14. Ko’sak mevaga ega bo’lgan magnoliyasimonlarni aniqlang.
1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g’o’za
*A) 5, 6 B) 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 5, 6
15.Quyidagi o’simliklar orasidan qaysilarini hujayrasida xromoplast(a) yoki xloroplast(b) ko’p?
1) funariya yo’sini; 2) ulva; 3) porfira; 4) fillofora; 5) zarpechak; 6) xara
A) a-1,2 b-3,4,6 B) a-4,5 b-2,3,6
C) a-1,3,6 b-2,4 *D) a-3,4 b-1,2,6
16.Quyida berilgan moddalar qaysi organizmlardan olinadi yoki ajraladi?
a) agar-agar; b) anabazin; c) fitonsid; d) brom
A) a-fillofora; b-cherkez; c-archa; d-,,dengiz karami’’
B) a-nemalion; b-cherkez; c-saur; d-piskom piyoz
*C) a-fillofora; b-itsigak; c-saur; d-“dengiz karami”
D) a-porfira; b-itsigak; c-yong’oq; d-batsidiya
17. Fillofora va funariya yo’sini uchun umumiy bo’lmagan belgini aniqlang.
1) yuksak o’simlik; 2) trik organizmlarni fitotsenoz qismi; 3) hujayralarida ribosoma mavjud; 4) barglari bir qavat hujayradan tuzilgan; 5) fotosintezda suvda erigan karbonat angidritdan foydalanadi
A) 2,3 B) 1,3 C) 2,4 *D) 1,5
18. To’g’ri moslang. I- tugunchasi bir uyli; II- yovvoyi yem xashak; II terakbargli liftokga xos belgi
A) I malina; II izen; III vatani Shimoliy Amerika
*B) I olcha; II javdar; III barglari oddiy
C) I gledichiya; II yantoq; III manzarali o’simlik
D) I oddiy jag’-jag’; II shuvoq; III to’pguli gajak
19. Poyasi shoxlanmagan (a), qattanasi shoxlangan(b) va tallomi shoxlanmagan(c) o’simliklarni aniqlang.
A) a-klodofora; b-xara; c-spirogira
B) a-qo’ypechak; b-yapon laminariyasi; c-xara
*C) a-rotang palmasi; b-soqolli usneya; c- ulotriks
D) a-sekvoya; b-xara; b-ulotriks
20. Funariya yo’sinini zigotasidan rivojlanadigan bo’g’iniga xos belgini aniqlang.
1) jinssiz bo’g’in; 2) jinsiy bo’g’in hisobiga oziqlanadi; 3) jinsiy bo’g’in; 4) jinsiz bo’g’in hisobiga oziqlanadi
A) 1,4 B) 2,3 *C) 1,2 D) 3,4
21. Hosil qiluvchi to’qima o’simlikning qaysi qismida bo’ladi?
1) bargda; 2) ildizning uchki qismida; 3) ildizpoyada; 4) o’sish konusida; 5) poyaning o’tkazuvchi qismida; 6) kambiyda; 7) lub tolalarida; 8) yog’ochlikda; 9) o’zakda
A) 3, 5, 7 B) 7, 8, 9 C) 1, 3, 5 *D) 2, 4, 6
22.Quyidagi qaysi belgi yo’sinlarni boshqa yuksak o’simliklardan farqini ko’rsatmaydi?
A) Hayotida jinsiy bo’g’in ustunlik qilishi
B) Ildizi va o’tkazuvchi sistemasini yo’qligi
*C) Jinsiy a’zolari ko’p hujayrali bo’lishi
D) Sporadan yashil ip hosil bo’lishi
23.Funariya yo’sinini gametofitiga hos belgilarni ajrating.
1) sporafit hisobiga oziqlanadi; 2) bir jinsli bir uyli; 3) avtotrof oziqlanadi; 4) yashil ipdagi kurtaklardan hosil bo’ladi; 5) zigotadan hosil bo’ladi
*A) 2,3 B) 1,5 C) 2,5 D) 1,4
24. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi algologiya (a) va briologiya(b) fanlariga oid?
1) qizil suv o’tlarga mansub filloforadan agar-agar olinadi; 2) parmeliya tarkibida kraxmal-lixenin saqlaydi; 3) xara bo’yi 30-60 sm uzunlikda sershox o’simlik; 4) yo’sinlar yuksak o’simliklarni eng sodda va juda qadimgi vakili; 5) irqbo’gimlarni poya va shoxlaridan tayyorlangan damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi; 6) ulotriks jinsiz ko’payishida 4 xivchinli zoosporalar hosil qiladi; 7) yo’sinlarda nam tuproqqa tushgan spora o’sib shoxlangan yashil ip beradi
A) a-3 tasi; b-3 tasi B) a-2 tasi; b-3 tasi
C) a-3 tasi; 4- tasi *D) a-3 tasi; b-2 tasi
25. Belbog’lik ulotriks jinsiz kopayganda 4 ta hujayrasida 8 tadan zosporalar hosil bo’ldi, agar ulotriks jinsiy ko’payganda ham quyidagi zosporalar soniga teng iplar hosil bo’lsa shu jarayonda qatnashgan izogametalar sonini aniqlang.
A) 8 ta *B) 16 ta C) 32 ta D) 4 ta
26. Quyidagilarni to’g’ri moslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |