6-Biologiya (27-33-mavzular)
1. Ildiz bachkilari o’simliklarning qaysi qismidan hosil bo’lgan novdalar hisoblanadi? A.ildiz kurtaklaridan B.murtakdagi ildizchasidan C.ildizdagi poyachadan D.ildizdagi kurtakchadan 2. Qishda o’simliklarda ……… deyarli to’xtaydi, ……… sekinlashadi. A.nafas olish, shira harakati B. fotosintez, shira harakati C. shira harakati, nafas olish D.oziq moddalarning hosil bo’lishi, suv bug’latish 3. Ham qalamcha, ham ildiz bachkilari yordamida ko’payadigan o’simliklarni aniqlang. A.yantoq, saksovul B.terak , qoraqat C.malina, ajriq D.tok, shirinmiya
4. Ildizidagi kurtaklardan yangi novda hosil qiladigan barglari murakkab qiyshiq gulli o’simlikni toping. A. na’matak B.shirinmiya C.oqquray D.burchoq
5. Nima maqasadda madaniy o’simliklar vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladi? A. tez va yuqori hosil olish, yaxshi , sifatli navlarni saqlab qolish B. yangi navlarni yaratish va ko’paytirish C. urug’idan yaxshi ko’paymaydigan o’simliklarni ko’paytirish D. tez va yuqori hosil olish, yangi navlarni yaratish
6. Qo’g’a bilan ro’vak o’simligiga xos xususiyatni toping. A. tanasining ko’p qismi suvga botgan holda o’sadi B. suvda o’sadigan o’simliklar C. suv tanqisligiga chidamli o’simliklar D. namsevar o’simliklar
7. Bargi seret hayotiy shakli bir yillik o’t bo’lgan o’simlikni toping. A.baliqko’z B.yaltirbosh C.mashin D.kanakunjut
8.Qoraqatning ko’payish usullarini aniqlang. 1.ildiz bachkilari 2.qalamchasidan 3.kurtak payvand yo’li bilan 4.parxish yo’li bilan 5.qo’sh urug’lanish orqali 6.ajratuvchi kurtaklaridan 7.tugunaklaridan 8. Ildizpoyasidan A. 1,2,4,5 B.3,6,7,8 C.1,2,4 D.4,5
9. Noto’g’ri javobni toping. A.kuzda qulupnay jingalakdagi kurtaklardan barg va ildizchali kichik o’simlik tupi rivojlanadi B.payvandlardan eng ko’p tarqalgani kurtak payvanddir C.tok qalamchasi kuzda kesib tayyorlanadi D.tabiatda daraxt va butalar ma’lum vaqtdan so’ng qariydi
10. Jiyda o’simligiga xos ma’lumotlar to’g’ri keltirilgan javobni toping. 1.qalamchalaridan ko’paytiriladi 2.ildizpoyali o’simlik 3.barglari kech kuzda to’kiladi 4.yog’ochligi qattiq 5.yog’ochligi yumshoq 6.ko’p yillik o’simlik 7.kuzda bargini barvaqt to’kadi A.1,3,4, B.1,5,6,7 C.2,7,5 D. 1,4,6,7
11. Ildizidagi kurtaklaridan yangi novda hosil qiladigan, barglari murakkab bo’lmagan o’simliklarni toping. 1.shirinmiya 2.terak 3.na’matak 4.olma 5.o’rik 6.gilos 7 yantoq A.3,5 B.4,6 C.2,7 D.1,3
12. O’simliklardagi qaysi jarayonda ularning barcha organlari bir-biriga bog’liq holda ishtirok etadi, agar ulardan birortasi qatnashmasa u jarayon buziladi. A. nafas olish B. oziqlanish C. suv bug’latish D.fotosintez
13. Xlorofill donachalari ishtirokida hosil bo’lgan organik moddalarga xos javobni toping. A.spirtda eriydi B.suvda eriydi C.elaksimon naylarda eriydi D.yod eritmasida eriydi
14.Bir yoz davomida 500-600 l suv bug’latadigan o’simlikning bargi qanday barg? A.toq patsimon B.juft patsimon C.qipiqsimon D.panjasimon
15.Tanasi butunlay yoki ko’p qismi suvga botib o’sadigan bargi shaffof o’simlik. A. suv nulifari B.elodeya C.funariya D.suv qaroqchisi
16. Juda ko’p madaniy o’simliklarni vegetative ko’paytirishda qaysi qismidan foydalaniladi? 1.ildiz 2. ildizpoya 3.qalamcha 4.barg 5.novda 6.piyozbosh 7.tugunak 8.ildiz bachkisi A.1,2,4,5,6 B.1,2,3,4,5,6,7,8 C.1,4,5 C.3,6,7,8
17. O’sish konusidagi hujayralar sekin bo’linadigan, yil davomida barglarini sekin almashtirib turadigan o’simliklar
A.archa , shamshod B.shamshod C.archa D.qarag’ay , archa, shamshod, qora qarag’ay
18. Qish iliq kelganda bargi to’kilmay turadigan , to’pguli murakkab shingil bo’lgan o’simlikka tegishli javobni toping? A. kiyiko’t bilan bitta hayotiy shaklga kiradi B. guli qiyshiq C. gulqo’rg’oni yo’qolib ketgan D. poyasi bir mavsum yashaydi
19. Namlik yetarli muhitda o’sadigan ko’p yillik o’tning bargi qanday? A. murakkab uch bargchali B.qipiqsimon barg C.oddiy barg D.toq patsimon barg
20. Kartoshka o’simligida shakar qayerda kraxmalga aylanadi? A.elaksimon naylarda B.bargda C.to’rsimon tomirlarda D.tugunakda 21. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarni belgilang
1.o`rik, 2-shaftoli, 3-bug`doy, 4- sholi, 5- oqquray, 6- g`o`za , 7-tol, 8-terak, 9- beda , 10-yong`oq
A) 1,2,5,6,9 B) 3,4,7,8,10 C) 1,3,5,7,9 D) 2,4,6,8,10
22. Sun`iy chnglatishdan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 1-hosildorlikni oshirish 2- kasalliklarga chidamlilikni oshirish 3- hasharotlarni jalb etish 3- yangi navlar yaratish 4- noqulay omilga qarshilik ko`rsatish A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) 1,3 D) 2,3,4
23. Shamol yordamida changlanadigan o`simliklarga xos xususiyat
A) Avval gullab keyin barg chiqaradi B) avval barg chiqarib keyin gullaydi C) gullari rang barang D) gullari xushbo`y hidga ega
24. To`g`ri ma’lumotni aniqlang .
A) Vegetativ hujayra o`sib chang naychasini hosil qiladi
B) Vegetativ hujayra bo`linib ikkita spaerma hosil qiladi
C) Vegetativ hujayra markaziy hujayra bilan qo`shilib endosperm hosil qiladi
D) Vegetativ hujayra tuxum hujayra bilan qo`shilib murtak hosil bo`ladi
25. Urug`langan tuxum hujayradan ..., urug`langan markaziy hujayradan esa ... rivojlanadi
A) chang yo`li, sperma B) endosperm,meva po`sti C) changchi , urug`chi D) murtak, endosperm
26. Quyida keltirilganlardan qaysi biri qoraqatni ko’payishi uchun xos emas?
A) novdasining ma’lum qismi asosiy gulpoyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko’miladi.
B) ildizidagi kurtaklardan yangi yosh novdalar hosil qiladi.
C) poyasi sernam tuproq ostida qolib, ulardagi
kurtaklardan yangi yosh novdalar hosil bo’ladi
D) qalamchalaridan klon olish usulida.
27. Chang donasi ikkita mayda va yirik hujayradan tuzilgan bo`lib , yirigi ..., maydasi ... deyiladi .
A) generativ, vegetativ B) vegetativ, generativ C) vegetativ, sperma D) sperma, markaziy hujayra
28. Gullarni changlatishda hasharotlarning qaysi organlari ishtirok etadi?
A) oyoqlari B) xartumi va tili C) qanotlari, ko`zlari D) tuklari, oyoqlari , xartumi 29. Dunyodagi eng yirik gul qayerda o`sadi va uning hayot tarzi qanday?
A) Sumatra orollarida, parazit B) Seyshel orollarida, yorug`sevar C) Kanar orollarida, liana D) yer yuzida keng tarqalgan, soyasevar
30. Nima uchun o`simliklar ko`p hollarda o`z-o`zidan changlanmaydi?
A) Iqlim ta’sirida B) hayotiy shakli tufayli C) changchi va urug`chi bir vaqtda yetilmagani uchun D)o`simlik o`zini changlata olmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |