6-Biologiya (20-26-mavzular)
1.Yong’oqning kuchala to’pgulida gulning qaysi qismi rivojlanmagan? A) Urug’chi B) Changchi C) Gulo’rni D) Barchasi rivojlangan
2. Quydagilarning qaysi birida gulpoya shoxlanmaydi ?
1.nastarin 2.sholi 3.qurtana 4.qashqarbeda 5.zubturum 6.nok A)1,2,3 B)3,4,6 C)2,4,5 D)2,3,4,1 3. Mevasi pishgach ikkita pallaga ajraladigan, ikkita mevabargdan iborat bo’lgan o’simliklar guruhini aniqlang. 1) g’oza 2) qurttana 3) burchoq 4) mingdevona 5) turp 6) loviya 7) lola 8) karam 9) oq akatsiya A) 1,4,7 B) 2,5,8 C) 3,6,9 D) 1,2,3 4. To`pguli boshoqqa o`xshaydigan o`simliklarning gullari necha jinsli bo`ladi? A) bir jinsli B) jinssiz C) ikki jinsli D) aniqlamagan 5.Mevasining oraliq qismi yupqa bo’lgan to’gri gulli o’simliklarni aniqlang? A)Lola B) Namatak C)Loviya D)A.B
6. Olxo’ri va sachratqi gulidagi qaysi qismlar soni bir xil bo’ladi? A) kosachabarg,tojbarg B) changchi,urug’chi C) toj barg D) kosachabar,tojbarg,changchi
7. Olxo’ri gulidagi kosachabarg va tojbarglar sonining yig’indisi achambiti gulining changchilari sonidan nechtaga ko’p? A)2 B)4 C)6 D)soni barobar 8. Pallalari orasida to’siq bo’lgan (I) va bo’lmagan (II) o’simliklarni aniqlang? 1.no’xat 2.akatsiya 3.karam 4.qurtana 5.chuchmoma 6.turp 7.beda 8.g’o’za A) I-1,2,7 ;II-3,4,8 B) I-5,6,8; II-1,2,3 C) I-6,3,4 ;II-1,2,7 D) I-5,8 ; II-1,2,3,4,6,7
9. Uzun gulpoyada bandi bilan ketma-ket birlashgan to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang? A) achambiti-qurttana B) Petrushka-bodiyon C) olma-nok D) tok-sholi
10. Gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashgan o’simlikni aniqlang? A)Qashqarbeda B) zubturum C) rediska D) A.C
11.Urug’i pishgach chokidan ochiladigan bir nechta mevabargdan (a) va bitta mevabargdan (b) iborat bo’lgan o’simliklarni aniqlang. 1) g’oza 2) burchoq 3) chuchmoma 4) loviya 5) lola 6) oq akatsiya A) a-2,4,6 b-1,3,5 B) a-1,4,6 b-2,3,5 C) a-1,3,5 b-2,4,6 D) a-2,3,5 b-1,4,6
12. Chatnaydigan (a) va chatnamaydigan (b) o’simliklar guruhini mos ravishda aniqlang. 1) rediska 2) arpa 3) loviya 4) makkajo’xori 5) burchoq 6) bug’doy A) a-2,4,6 b-1,3,5 B) a-1,4,6 b-2,3,5 C) a-1,3,5 b-2,4,6 D) a-2,3,5 b-1,4,6
13. Bir urug’li bir yillik (a) va ko’p urug’li ko’p yillik (b) o’simliklarni mos ravishda aniqlang. A) a-jag’-jag’ b-burchoq B) a-bug’doy b-g’oza C) a-kungaboqar b-oq akatsiya D) a-loviya b-lola 14. Urug`chi tumshuqchasiga xos bo`lgan xususiyatlarni belgilang? 1.urug`chining yuqori qismi 2.ustunchaning yuqori qismi 3.changchini ushlaydi 4.yuzasi notekis 5. Shira ajratadi A)1,2,3,4 B) 1,2,4 C)1,2,3,4,5 D) 1,3,4
15. Yong`oqning kuchalasida qanday gul joylashgan? A) changchili B) urug`chili C) kuchalada gul bo`lmaydi D) A,B 16.Quydagi mevalardan qaysi birining eti yupqa va quruq bo’lmaydi? 1.qurttana 2.karam 3.turp 4.ituzum 5.bangidevona 6.g’o’za 7.qoraqat A)1.2.3 B) 4,7 C)5,6,7 D)3,4,7
17. Lola uchun xos bo’lmagan belgilarni juftlang? 1.mevasining oraliq qismi yupqa 2. mevasining oraliq qismi qalin 3.mevasi yetilgan vaqtda ikki pallaga ajralib ochiladi 4.tugunchasi bir urug’kurtakli 5. tugunchasi ko’p urug’kurtakli 6.to’pguli oddiy 7.kosachabarglari ikkita halqada uchtadan joylashgan 8.gullari to’g’ri 9.guli ikki jinsli 10.guli bir jinsli
A)1,3,5,6,9 B)1,5,8,9 C)2,3,4,6,7,10 D)2,4,5,6,7,10
18. Qurttana (a) va qoraqat (b) qanday tuzilishli meva hosil qiladi ? A) a-rezavor b- ko’sak B) a-qozoqcha b-dukkak C) a-qozoq b-rezavor D) a-don b-don 19. To’g’ri (I) va Qiyshiq (II) gullarni juftlab yozing?
1.namatak 2.lola 3.parpi 4.rayhon 5.nastarin 6.suvyig’ar A)I-1,2,6 II-3,4,5 B)I-2,5,6 II-1,3,4 C )I-1,2,3 II-4,5,6 D)I-4,5,6 II-1,2,3
20. Mag’zida moy ko’p bo’ladigan yog’ochligi qattiq, murakkab bargli o’simlikning top’gulini qanday ekanligini aniqlang. A. oddiy shingil B.murakkab shingil C. murakkab soyabon D.kuchala
21.Bir xil turdagi to’pgul hosil qilmaydigan o’simliklar qatorini aniqlang A) qashqarbeda, qurttana, zubturum B) rediska, sebarga, qashqarbeda C) arpa, sholi, makkajo’xorini urug’chili guli D) bug’doyiq, kungaboqar, javdar 22.Qish kirishi bilan qanday o’simliklarning ildiz tukchalari o’z faoliyatini to’xtatadi. A.daraxt va butalar B.ko’p yillik o’simliklar C.o’t o’simliklar D.bir yillik o’simliklar
23. Qaysi o’simliklarni to’pgulini soyoboni oddiy (a) va murakkab (b) bo’ladi ? A) a-qoqio’t b-ukrop B) a-piyoz b-bodiyon C) a-olma b-kungaboqar D) a-zubturum b-petrushka
24. To'pgul turlari bir xil hayotiy shakli har xil o'simliklarni aniqlang. 1) jag’-jag’; 2) nastarin; 3) tol; 4) tok; 5) karam; 6) rediska; 7) oqqayin; 8) qashqarbeda; 9) sabzi A) 1,6,8 B) 3,5,10 C) 2,4,5 D) 6,7,9 25. Yog’on uzun (a) yog’on kalta (b) gulpoyali o’simliklarni toping. A) a-sebarga b-makkajoxorini urug’chili topguli B) a-sebarga b-makkajoxorini changchili topguli C) a-zubturum b- qashqarbeda D) a- makkajoxorini urug’chili topguli b-sebarga 26. Organik o’g’it, ya’ni go’ng tuproqqa solinganida qanday jarayonlar sodir bo’lishini tartib bilan ko’rsating. 1.hosildorlikni oshiradi 2.tuproqda chiriydi 3.tuproq holatini yaxshilaydi 4.o’simlik uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi A. 2, 3, 1, 4 B.2,3,4,1 C. 2,4,1,3 D.3,2,1,4
27. Urug’ida zaharli modda to’plovchi, barglari navbat bilan joylashgan o’simliklarni toping. A.kampirchopon, bodom B.shaftoli, kampirchopon C. shaftoli, bodom D.mastak, kampirchopon
28. Zapas oziq modda urug’ pallalarida bo;ladigan o’simliklarni toping. 1.bug’doy 2.sholi 3.g’o’za 4. Makkajo’xori 5.mosh 6.yong’oq A. 1,2,4 B.1,2,4,5 C.3,6 D.3,5,6
29. Urug’lar tarkibida qaysi moddalar birikmalar shaklida bo’ladi? A.mineral moddalar B. organik moddalar C.suv D.tuzlar
30.Go’zani chilpish orqali oziq moddalarni bargdan nima tomon yo’naltirish mumkin? A.ildiz va poya B.gul va ildiz C.gul va meva D.meva va poya
Do'stlaringiz bilan baham: |