26. Absolyut qora jism temperaturasi 1% ga organda uning nisbiy nurlanish qobiliyati Re/Re ni olishi topilsin.
27. Absolyut qora jismning qobiliyati ikki marotaba ortishi uchun uning termodinamik temperaturasini necha barobar oshirish kerak?
28. Agar isitgich, yuzasi S=1 m2 bo‘lgan tirqishdan quvvati N=34.6 Vt ga teng energiya nurlasa, uning temperaturasi topilsin. Nurlanishni absolyut qora jism nurlanishiga yaqin deb hisoblansin.
29. Berilgan temperaturada qotayotgan qo‘rg‘oshinning energetik yorituvchanligini absolyut qora jismning energetik yorituvchanligiga nisbati K=0,6 ga teng. qo‘rg‘oshinning energetik yorituvchanligi topilsin.
30. Quvvati 25vatt bo‘lgan elektr lampochka spiralining temperaturasi T=2450°K. Berilgan temperaturada uning energetik yorituvchanligini absolyut qora jismning energetik yorituvchanligiga nisbati K=0.3. Spiralning nurlovchi yuzasi aniqlansin.
31. Radiasion pirometr orqali o‘lchanganda qizil volôram lentasini temperaturasi Trad=2.5 kK bo‘lgan. Volframning yutish qobiliyati chastotaga bog‘liq bo‘lmasdan At=0.36 ga teng. Uning haqiqiy temperaturasi topilsin.
32. Yorqin qizg‘ish arktur yulduzining energetik yorituvchanligini spektral zichligi makismumi 0=580 nm to‘lqin uzunlikka keladi. Yulduz absolyut qora jism kabi nur chiqaradi deb hisoblab sirtning temperaturasi topilsin.
33. Absolyut qora jism temperaturasi o‘zgarishi natijasida, uning energetik yorituvchanligini spektral zichligi maksimumi R1=2400 nm dan R2=800 nm ga siljiydi. Jismning energetik yorituvchanligi va energetik yorituvchanligining maksimal spektral zichligi qanday va qanchaga o‘zgaradi?
34. Yorug‘lik kuchi etolonining temperaturasi qolayotgan platinani temperaturasi 1063°S ga teng va u tezlik (hamma to‘lqin uzunlikdagi to‘lqinlarni nurlovchi) nurlatgich bo‘lib, yuzasi S=0.5305 mm2 ga teng. Nurlatgichning quvvat N topilsin.
35. Atmosfera quyoshdan kelayotgan nurli energiyani 10% yutadi. Yer sirtida S=0.5 ga yuza qabul qilayotgan energiya miqdori topilsin. Quyosh gorizont bilan =30° burchak hosil qiladi. Quyosh nurlanishini absolyut jism nurlanishi deb qaralsin.
36. Temperaturasi odam tanasining temperaturasi t=37°S ga teng bo‘lgan absolyut qora jismni energetik yoritilganligini spektral zichligi maksimumi qanday to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi?
37. Jism sirti T=103 K temperaturagacha qizitilgan. So‘ngra, shu sirtni bir yarmi T=100 K ga qizdiriladi, ikkinchi yarmi esa T=100 K ga sovutiladi. Shu jism sirtining energetik yoritilganligini Re necha marta o‘zgaradi?
38. Qoraytirilgan sharcha T1=300 K dan T2=293 K gacha soviydi. Uning energetik yoritilganlik spektri zichligini maksimumiga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunlik qanchaga o‘zgaradi?
39. Nurlanish tufayli bir yil davomida quyoshning massasi qanchaga kamayadi. Qanday vaqt davomida quyosh massasi ikki marta kamayadi? Quyosh sirtining temperaturasi T=5800 K. quyosh nurlanishini o‘zgarmas deb hisoblang.
40. Radiusi R=2 sm bo‘lgan qoraytirilgan sharchani temperaturasini atrofdagi muxit temperaturasidan T=27 K ga yuqori ushlab turish unga qanday N quvvat sarflash kerak. Atrofdagi muhitning temperaturasi T=293 K. Issiqlik faqat nurlanishga sarflanadi deb hisoblang.
41. Absolyut qora jism T1=2900 K temperaturaga ega. Jismni sovushi natijasida energetik yoritilganlik spektral zichligini maksimum to‘lqin uzunligi =9 mkm ga o‘zgaradi. Jismni T2 temperaturasi topilsin.
42. Yuzasi S=2 sm2 bo‘lgan qurum sirtidan T=400 K. Haroratda t=5 min vaqt davomida W=83 J energiya nurlanmoqda. Qurumning qoralik koeffitsiyenti topilsin.
43. Mufel isitgich N=1 kVt Quvvat sarflaydi. S=25 sm2 yuzali tirq ish ochiq paytida uning ichki sirtining harorati T=1.2 kK. Isitgichning tirqish absolyut qora jism kabi nurlaydi deb hisoblab, quvvatning qanday devor orqali sochiladi.
44. Yer harorat T=280 k bo‘lgan kulrang jism kabi nurlaydi deb hisoblash mumkin. Agar Yer sirtining nurlanilishi Re=325 kJ sm2 soat bo‘lsa, uning qoralik koeffitsiyenti topilsin.
45. Biror bir haroratda radiusi R=10 sm bo‘lgan sharning nurlanishini quvvati N=1 kVt. Sharni qoralik koeffitsiyenti a=0.25 ga teng kulrang jism deb hisoblab, uning harorati T topilsin.
46. Sirt yuzasi S=200 sm2 bo‘lgan kulrang jism bir sekundda W=836 J energiya nurlaydi. Jismni monoxromatik yutish koeffitsiyenti a=0.73. Jism harorati topilsin. jism kulrang deyiladi, agar hamma to‘lqin uzunliklar uchun uning monoxromatik yutish koeffitsiyenti bir xil bo‘lsa.
47. Yer atmosferasi chegarasida quyosh nurlariga perpendikulyar ravishda joylashgan SQ1 sm2 yuza, quyoshdan 1 min. davomida 8.36 J energiya qabul qiladi. quyosh radiusi Yerdan =15° burchak ostida ko‘rinmoqda. Nurlanishi o‘z spektral tarkibi bo‘yicha absolyut nurlanishni integral intensivligi aniqlansin.
48. Absolyut qora jism harorati T=1000 K. Aniqlang: 1) monoxromatik nurlanish intensivligining maksimumi qanday to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi? 2) monoxromatik nurlanishning maksimal intensivligini, 3) integral nurlanishning intensivligini.
49. Elektr lampochkaning volôram spiralini diametri d=0.3 mm, uzunligi l=5 sm. Kuchlanishi U=127 V bo‘lgan tarmoqqa ulanganda, lampochka orqali I=0.31 A tok o‘tadi. Spiral harorati aniqlansin. Muvozanat o‘rnatilgandan so‘ng, spiralda ajralayotgan hamma issiqlik nurlanish orqali yo‘qoladi. Berilgan haroratda volôram va absolyut qora jismning energetik yorug‘lik sochaolish qobiliyatlarini nisbati k=0.31.
50. Qizigan metall sirtining nurlanish quvvati N=0.67 kVt. Sirt harorati T=2500 K, yuzasi S=10 sm2. Agar bu sirt absolyut qora bo‘lganda, u qanday nurlanish quvvatiga ega bo‘lardi?