Sabzini saqlash. Sabzi ikki yillik o’simlik bo’lganligi uchun uni saqlashdagi asosiy xususiyat tinim davri bilan bog’liq. Sabzining tinim davri boshqa sabzavotlarnikiga qaraganda uzoqqa cho’zilmaydi. U sabzavotlar ichida saqlashda tashqi muhit sharoitiga ancha talabchan mahsulot hisoblanadi. Saqlash haroratining noqulay bo’lishi sabzining tezda buzilishiga olib keladi.
Ildizmevalar namligini tez yo’qotadi va mikroorganizmga chidamsiz bo’lib qoladi. Sabzi o’zidan ko’p namlikin yo’qotib so’lib qolmasligi uchun uni havo namligi 90-95% bo’lgan sharoitda saklash yaxshi natija beradi. Bunda erto’la havosining harorati 0-1°S bo’lishiga erishish lozim. Harorat bundan pasaysa mahsulotni sovuq uradi va natijada u tovar xususiyatini yo’qotadi.
Urug’lik uchun ajratilgan sabzini 0,5°S dan past haroratda saqlash ruxsat etilmaydi. Past haroratda sabzi kurtaklarining tabaqalashishi to’xtaydi. Urug’lik sabzini 0,5-1-5°S xaroratda saqlash uning sifatli saqlanishini ta’minlaydi.
Saqlashga qo’yiladigan sabzilarning bargi o’zak doirasi to’g’risidan, kavlangan kuniyoq pichoq bilan kesib tashlanadi, chunki bargi bilan turib qolsa uning suvi qochadi, so’liydi va keyinchalik yaxshi saqlanmaydi. Barglardan tozalangan sabzilar o’lchamiga qarab saralanadi va ayni vaqtda saqlashga yaroqsiz, ya’ni etilmagan, yorilgan, shikastlangan sabzilar ajratib olinadi.
Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli istiqbolli usul hisoblanadi. Mahsulot nafas olishi natijasida qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90-95%) hosil bo’ladi va kerakli miqdorda karbonat angidrid (3-5%) to’planadi. Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi, shakar va vitaminlarning yo’qotilishi ancha kamayadi.
Ildizmevali sabzavotlarni saqlash. Ildizmevalar №4-raqamli yashiklarda va 1,5 m qalinlikda uyulib saqlanadi.
Кaramni saqlash. Кaram boshqa sabzavot ekinlariga qaraganda ancha yaxshi saqlanadi. Bundan tashqari karam turli usullarda qayta ishlash uchun qulay mahsulot hisoblanadi.
Кaramni saqlashga chidamliligi uning bir qator xususiyatlariga, jumladan navning xossalariga, agrotexnikaga, karamning zichligiga, kasalliklarga chidamliligiga chambarchas bog’liq. Кaramning tinim davri uzoq bo’lgan kechpishar navlari uzoq muddatga saqlanadi.
Saqlanadigan karamni albatta saralash lozim, bunda mexanik shikastlanganlari, kasallik va zararkunanda zararlantirganlari hamda kichiklari ajratiladi. O’z vaqtida uzish ham karamning saqlashga chidamliligini ta’minlaydi. Erta uzilgan karam mexanik shikastlanishga moyil bo’lib, yaxshi saqlanmaydi. Кech uzilgan karam esa ko’pincha yorilib ketadi yoki sovuq uradi. Кaram panjarali tokchaklarda, 30-40 kg li konteynerlarda yoki №4-raqamli yashiklarda saqlanishi mumkin (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |