6-Amaliy mashg’ulot: O’zbekiston Respublikasining muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari



Download 31,52 Kb.
bet1/12
Sana26.01.2022
Hajmi31,52 Kb.
#411524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-Amaliy mashg’ulot


6-Amaliy mashg’ulot: O’zbekiston Respublikasining muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va joylarda davlat hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yangi qonun qabul qilinishi bilan uni yangilash va takomillashtirish rejalashtirilgan. Respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yahlit bir tizimdan iborat bo'ladi, u oxir-oqibatda bioxilma-xillikni uzoq vaqt saqlab qolishni ta'minlovchi uzluksiz ekologik turga aylanadi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonun qabul qilingandan so'ng ko'p sonli ob'ektlarga – o'rmon xo'jalik korxonalari va ovchilik xo'jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi beriladi. Biosferik davlat rezervati tushunchasini kiritish alohida ahamiyatga ega. Ularni tashkil etish tartib va rejimi bizning qonunchiligimizda birinchi bor ko'zda tutiladi va biosferik rezervatlar bo'yicha YuNESKO xujjatlari talablariga mos keladi. Xozirgi kunda Respublikamizda 9 qo'riqxona va 2 milliy bog' mavjud. 

"Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga binoan qo'riqxonalar, milliy bog'lar bilan birga zakaznikalar ham mana shunday hududlarga kiradi. Bugungi kunda Respublikamizda 10 zakaznik mavjud. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tassarufida Hisor qo'riqxonasi faoliyat yuritmoqda. Qo'riqxona 1983-yilda, ikki mustaqil Miroki va Qizilsuv tog' qo'riqxonalarni birlashtirish natijasida tashkil qilingan. Hisor qo'riqxonasining umumiy maydoni 80986 gektarni tashkil etadi. U Hisor tizmasi shimoli-g'arbiy tarmoqlari tabiiy komplekslarining tipik uchastkalarini asl holida saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borligini o'rganish va tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan. Hisor davlat qo'riqxonasining er maydoni 4 ta bo'limga ajratilgan:

G'ilon bo'limi – 18838 ga

Miraki bo'limi – 11821 ga

Tanhozdaryo bo'limi – 20233 ga

Qizilsuv bo'limi - 30094 ga 

Qo'riqxonada o'rmonlarining aksariyati archadan iborat. Umuman olganda qo'riqxona hududidagi o'simliklar Markaziy Osiyo tog'lariga xos bo'lib, tarkibi bo'yicha turli-tumandir. Hisor qo'riqxonasi hududida o'simliklarning 870 dan ortiq turi o'rganilgan va ayrimlari endemik hisoblanadi. Qo'riqxona hududida Tubergen lolasi, ulug' lola, Bobrov astragali, O'zbekiston chinniguli, etmak, anzur piyozi, Zarafshon archasi va boshqalar bor. O'simliklarning 38 turi O'zbekiston "Qizil kitobiga” kiritilgan.

Hisor qo'riqxonasining hayvonot olami ham xilma-xildir. Qo'riqxonada 2 tur baliq, 19 tur sudralib yuruvchi va amfibiyalar, 103 tur qushlar, 28 tur sutemizuvchilar mavjud. Qushlardan burgut, boltayutar, mitti burgut, qumay, itolg'i; sutemizuvchilardan qor qoploni, Turkiston silovsini, qo'ng'ir ayiq va Markaziy Osiyo qunduzi "Qizil kitobga” kiritilgan. Qo'shtuoyoqlilardan to'ng'iz va Sibir tog' echkisi keng tarqalgan. Kaklik deyarli har qadamda uchraydi. Kemiruvchilardan qizil sug'ur va boshqalar o'tzorlardan boshpana topishgan va ularning asosiy "dushmani” - bo'ri va tulki ham mavjud. Qizilsuv bo'limidagi dengiz sathidan 4000 m dan yuqori bo'lgan "Osmon-talash” cho'qqisi eng baland nuqta hisoblanadi. Yodgorliklardan Tulkito'g'ay ota, Xo'jagul ota ziyoratgohlari, Amir Temur g'ori (uzunligi 670 metr), dinozavrlar izi, Bumni qapchig'ay, o'g'rini zindoni, Ho'kizburun, Suvtushar va Xo'jaqulbars sharsharalari mavjud. Hisor qo'riqxonasi YUNESKO Umumjahon tabiiy va madaniy meros ro'yhatiga kiritish uchun taqdim etilgan.
Qo'riqxona o'ziga xos ilmiy-tadqiqot muassasi bo'lib, uning xodimlari qo'riqxona hududida brakonerlik va tabiatga nisbatan boshqa qonunga xilof ishlar bajarilishining oldini olish yo'lida tinmay mehnat qilishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tasarrufidagi "Jayron” Ekomarkazi 1977-yilda tashkil etilgan. U Buxoro shahridan janubiy-sharq tomon 40 kmga cho'zilib joylashgan. Maydoni 7135 ga bo'lib, ulardan 5145 ga to'r bilan chegaralangan. Ekomarkazning asosiy maqsadi nasli va turi yo'qolish arafasida turgan, Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi (TSXI) Qizil Kitobiga kiritilgan jayron, buxoro qo'yi, burama shohli echki, morho`r va bizning hududlarda mutlaqo uchramaydigan Prejvalskiy otlar, qulonlarini saqlash, parvarishlash va ko'paytirish, hamda ularning biologiyasini o'rganishdan iborat.

Ekomarkazning ilmiy ma'lumotlariga ko'ra, bu yerdagi chegaralangan hududda 28 o'simlik oilasiga mansub 200 dan ziyod o'simlik turlari o'sadi. Yil davomida markaz hududida 257 turdagi qushlarni uchratish mumkin. Bu esa O'zbekiston ornitofaunasining 37 % tashkil etadi. Bu hududda sudraluvchilarning 21 turi, bundan tashqari 33 turdagi sut emizuvchi, 2 turdagi amfibiya va 15 turdagi baliqlar yashaydi. 2009-yil 3-oktyabr kuni bo'lgan hisoblar natijalariga ko'ra, Ekomarkaz hududida jayronlarning soni 902 (volerdagilar bilan), Prejvalskiy oti – 21, qulonlarning soni – 67 ga yetgan. Shuningdek, hozirgi kunda ekomarkazda ko'paytirilayotgan buxoro qo'yining soni 10 taga yetdi. Bundan tashqari 1 morxo`r yashamoqda. Morxo`r qo'ylarini sonini oshirish maqsadida o'tgan yili Termiz hayvonot bog'i bilan shartnoma tuzilib, 1 morxo`r vaqtinchalik saqlanishga Ekomarkazga keltirilgan. Ekomarkaz kelajagi uning hududini kengaytirishga bog'liq. 01.01.2009-yil holatiga uning maydoni 7135 ga tashkil etgan. Lekin, 2009-yil fevral oyida "Jayron” Ekomarkazi hududiga 9369 ga er qo'shilgan. Eng muhimi «Jayron» Ekomarkazda kelajak avlod uchun butunlay yo'q bo'lib ketish xavfiga uchragan hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolishga muvoffiq bo'ldi va Markaziy Osiyoda noyob hayvonlarni qirilib ketishdan qutqarish markaziga aylandi. Ko‘pgina mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy ko‘rinishlari bir xil emas va «qo‘riqxona», «milliy park», «rezervat», «zakaznik» tushunchalariga turli xil mazmun beriladi. Mamlakatimizda alohida muhofaza qilinadigan yoki qo‘riqlanadigan hududlar – landshaftlar - qo‘riqxonalar, har xil turdagi zakazniklar, tabiiy parklar va yodgorliklar yuqoridagi belgilarga muvofiq tashkil qilinadi. Hozirgi vaqtda qo‘riqlanadigan hududlar, ya’ni xo‘jalikda foydalanish butunlay man etilgan tabiiy ob’ektlar tabiatni muhofaza qilishning asosiy va amaliy usuli emas. Lekin shunga qaramasdan qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning vazifalari juda xilma-xildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, har bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning umumiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Qo‘riqlanadigan hudud tabiiy komplekslar tabiiy holatining etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Inson tomonidan nisbatan kam o‘zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik, geofizik, biologik va boshqa jarayonlarni o‘rganish mumkin. Har xil tabiiy hududlar tipi va komplekslari uchun xos bo‘lgan jarayonlarni bilish tabiatni o‘zgartirishni loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta’sir etishining oqibatlarini taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobidir.


Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 - tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: - bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa - (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta'sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta - sen o’z uyingni buzyapsan!

Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston   Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.


Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirilib boradi.
Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Qo’riqxona nima? Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi.
Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi.

O'zbekistonda, birinchi Qo’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.


Ikkinchi Qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi   Qo’riqxona  -   1947   yilda  Toshkent   oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol    nomi bilan ataladi.
1961 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo   Qo’riqxonasi deyiladi.
1971 yilda respublikada 3 ta Qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi, Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum Qo’riqxonasi tashkil qilingan.
1975 yilda yana 4 ta Qo’riqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda).
1976  yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma'lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, iiziologiyasi, tabiati o’rganiladi.

O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.


1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma'lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.

O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.


.
O’rta Osiyo qo‘riqxonalari Keyingi yillarda planetamizda qo‘riqlanadigan hududlar soni to‘xtovsiz oshib bormoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, 70-yillarning boshida dunyo bo‘yicha 1204 ta qo‘riqxona va milliy bog‘lar bo‘lgan edi. Qo‘riqlanadigan hududlarning tez o‘sishi shundan ma’lumki, ularning uchdan bir qismi 1960 yillardan boshlab tashkil qilingan. Hozirgi kunda yer kurrasi bo‘yicha tabiatni muhofaza qilinadigan hududlarning soni 40 mingdan ko‘p. Shunday qilib, yuqorida aytganimizdek, muhofaza qilinadigan landshaftlar, ya’ni qo‘riqlanadigan hududlarning formasi xilma-xil. Xorijiy mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning asosiy ko‘rinishlari – milliy bog‘ va rezervatlar bo‘lsa, masalan, Rossiyada qo‘riqxona va zakazniklardir. Qo‘riqxona quruqlik maydonining harakterli tabiiy landshaftlari bo‘lgan ma’lum bir uchastkasi bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarador formalaridan biridir. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi – tabiatning diqqatga sazovor qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududlaridan xo‘jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman ta’qiqlangan. Qo‘riqxonalar atrofi kam foydalanib, muhofaza qilinadigan zona bo‘lishi kerak.

Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi va maqsadlari nimadan iborat? Qo‘riqxonalar hududidagi mavjud komplekslar tabiiy holatda saqlanadi. Ular inson tomonidan o‘zlashtirilayotgan va o‘zgargan qo‘shni hududlar uchun etalon bo‘lib xizmat qiladi. Bunday etalonlar inson xo‘jalik faoliyatining biz uchun qulay yoki noqulay ekanligini taqqoslashga, tabiatdan amaliy foydalanish u yoki bu usulining naqadar maqsadga muvofiqligini nazorat qilishga imkon beradi. Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi tabiatni har tomonlama o‘rganishdir. U landshaft komponentlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni bilib, tabiiy boyliklardan unumli foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur. Masalan, Kursk yaqinidagi Markaziy Qoratuproq qo‘riqxonasi o‘rmon-dasht zonasi uchun harakterli bo‘lgan tabiiy–hududiy komplekslarning etaloni bo‘lib, bu yerda Rossiya Fanlar akademiyasi Geografiya instituti tabiiy jarayonlarni ko‘p yillardan buyon tekshiradi. Qo‘riqxonalardagi tabiiy jarayonlarni o‘rganish landshaft geografik jihatdan o‘xshash bo‘lgan hududlarning tabiiy boyliklari va tabiiy sharoitidan unumli foydalanishni tashkil qilishni yengillashtiradi. Shuning uchun qo‘riqxonalar tabiiy-hududiy komplekslarning hamma tipida bo‘lishi kerak. Asosiy muhofaza qilish ob’ektiga bog‘liq holda qo‘riqxonalar oldiga kompleks va maxsus vazifalar qo‘yiladi. Kompleks qo‘riqxonalarda butun tabiiy-hududiy komplekslar tabiiy holda muhofaza qilinadi. O‘rta Osiyodagi qo‘riqxonalarning asosiy qismi oldiga kompleks maqsadlar qo‘yilgan. Maxsus vazifalarni bajaradigan qo‘riqxonalar asosan katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim ob’ektlarni muhofaza etish uchun tashkil qilinadi. Masalan, Orol dengizidagi tashkil etilgan Borsakelmas qo‘riqxonasi, eng avval, shu yerda iqlimlashtirilgan qulon hamda sayg‘oq va jayronlarni qo‘riqlash va biologiyasini o‘rganish uchun tashkil qilingan edi. Pitsunda qo‘riqxonasi asosan relikt qarg‘aylarini muhofaza qilish uchun bunyod etilgan. Chelyabinsk oblastidagi Ilmen qo‘riqxonasi uncha katta bo‘lmagan hududda 200 dan ortiq noyob minerallar to‘plangan maydonni saqlash uchun tashkil qilingan. Zarafshon tizmasining janubiy yon-bag‘irdagi Kitob davlat paleontologik-stratigrafik qo‘riqxonasi geologik maqsadlar uchun tashkil etilgan. Qo‘riqxona tabiiy-hududiy komplekslarning daxlsizligini ta’minlovchi tabiiy etalondir. Hozirgi sharoitda planetamizning turli-tuman tirik organizmlar genofondini saqlashda qo‘riqxonalarning roli katta. Qo‘riqxona hududida ko‘pgina hayvon va o‘simlik turlarining hayoti uchun zarur bo‘lgan optimal sharoit mavjud. Shuning uchun qo‘riqxonalar hayvon va o‘simliklarning ayrim turlarini saqlash va ularni ko‘paytirishda muhim rol o‘ynaydi. Inson tomonidan o‘zgartirilgan landshaftlarga moslasha olmagan hayvonlarni faqat qo‘riqxonalarda saqlash mumkin bo‘lmoqda. Bular – zubr, qulon, goral, begemot, yo‘lbars, arslon, qoplon, ilvirs (bars), suv kalamushi, turach, qizil g‘oz, gaga va boshqalardir. Shuningdek, bir qancha o‘simlik turlari faqat qo‘riqxonalarda saqlanmoqda. Masalan, AQShda mamont (sekvoyya) daraxti, Livanda livan kedri, Rossiya hududida tis, shamshod, nilufar va boshqa turlar ana shunday o‘simliklardandir. Qo‘riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko‘paytirishda katta rol o‘ynaydi. Masalan, Baykalda Barguzin qo‘riqxonasi tashkil qilingan paytda (1916 yil) qurum toshlarda hammasi bo‘lib 20-30 suvsar yashardi. Muhofaza qilish natijasida hozir bu hayvon ko‘payib, qo‘riqxonadagina emas, balki qo‘shni hududlarda ham ovchilik ahamiyatga ega. Voronej qo‘riqxonasi barpo qilingan vaqtda (1927 yil) bir necha juft qunduz bor edi. Shu qo‘riqxona tashkil etilgandan buyon undan Rossiyaning 73 rayoniga 3 mingdan ortiq qunduz tarqatildiki, ular 70 mingdan ortiq nasl berdi. Shunday qilib, qo‘riqxona hududlari turli xil hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fonlini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo‘riqxonalarda yuzlab xodimlar tabiiy komplekslarni va ularning ayrim kompo-nentlarini tekshiradilar, tabiiy hodisalarni qayd qiladilar, ilmiy tajribalar o‘tkazadilar. Qo‘riqxonalar bilan mamlakati-mizning ilmiy muassasa va oliy o‘quv yurtlari yaqin aloqa o‘rnatgan. Qo‘riqxonalarda bo‘lajak biologlar, geograflar, o‘rmonshunoslar, geologlar dala praktikasini o‘taydi. Qo‘riqxona hududlaridagi tabiiy jarayonlarga inson doimo aralashib turishi kerak. Jumladan, qo‘riqxonadagi yirtqichlar, ularning o‘ljalari hamda tuyoqlilar soni va yem-xashak bazasi ustidan nazorat qilib turilishi lozim. O‘rta Osiyoda o‘ttizdan ortiq qo‘riqxonalar bor, shulardan ayrimlariga tavsif beramiz.


Download 31,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish