6-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Kontaktorlar



Download 61,26 Kb.
bet2/3
Sana11.04.2022
Hajmi61,26 Kb.
#542534
1   2   3
Bog'liq
6-Amaliy mashg\'ulot

Yoy o‘chirish g‘altagi parallelp (shuntli) ulangan tizimda g‘altak alohida mustaqil manbaga ulanadi. Magnit maydon kuchlanganligi o‘zgarmas (N=const) bo‘lib, uzish paytidagi tok kuchiga bog‘liq emas.
F2 =K2I
Tok kuchi 0 dan Inom gacha bo‘lganda, F2>F1 va shu munosabat bilan tokning kichiq qiymatlarida hosil bo‘lgan yoyning yonish davri keskin kamayadi (I>Inom bo‘lganda F2<F1 ). Kichiq tok zanjirlarida shuntli tizimdan foydalanish samarali, chunki yoy yonish davri bir hil bo‘lgan taqdirda bu holda kichiq miqdordagi magnitlovchi kuch talab qilinmoqda, bu esa o‘z o‘rniga iqtisodiy jihatdan foydalidir. Lyokin bunga qaramay shuntli tizim qator kamchiliklardan holi emas:

  • yoyga ta’sir qilayotgan elektrodinamik kuch tokning yo‘nalishiga bog‘liq;

  • yoy o‘chirish g‘altagi manba kuchlanishiga ulanishi, g‘altak izolyatsiyasining shu kuchlanishga mos ravishda tanlangan bo‘lishini talab etadi, shuningdek g‘altak ingichka o‘tkazgichdan yasalganligi esa uning bikirligi kamligini bildirib, har qanday favqulotda turtinish g‘altak izolyatsiyasini va hatto o‘zini ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin;

  • qisqa tutashish rejimida yoyni o‘chirish effektiv emasdir, chunki bu rejimda manba kuchlanishi keskin kamayib ketadi.

Yoy o‘chirishning doimiy magnitli tizimi yuqorida yoritilgan shuntli tizimdan deyarli farq qilmaydi. Bu holda magnit maydoni doimiy magnit tomonidan hosil qilinadi. Ushbu tizim quyidagi afzalliklarga ega:

  • magnit maydon hosil qilish uchun qo‘shimcha energiya sarfi yo‘q;

  • kontaktorni yaratishda mis sarfining kamayishi;

  • kontaktlarning qo‘shimcha qizishining yo‘qligi;

  • tokning har qanday qiymatida ham shuntli tizimga nisbatan yoyni ishonchli o‘chirish imkoniyati.

Kontaktorlarning elektromagnit tizimi. O‘zgarmas tok kontaktorlarida klapan tipidagi elektromagnitlardan keng foydalaniladi. Kontaktorlarning elektromagnitlari tebranishga, turli turtinishlarga bardoshli bo‘lib mexaniq jihatdan yemirilishga qarshiligi katta bo‘lishi talab qilinadi. Kontaktorning eng katta kuchlanishi 110% Unom dan oshmasligi kerak.
Avtomatik boshqarish tizimining ishlashi nuqtai nazaridan kontaktorning o‘z ulanish vaqti uning asosiy xarakteristikalaridan biri bo‘lib, ushbu vaqt magnit oqimining boshlang‘ich F qiymatidan qo‘zg‘alish oqimi Ftr qiymatigacha ortish vaqti bilan yakorpning harakatdagi vaqti (tdv) yig‘indimiga teng (bunda ttr>tdv).
Tok kuchi 100A bo‘lgan kontaktorlar uchun o‘z ulanish vaqti 0,14sek.ni, tok kuchi 600A bo‘lgan kontaktorlar uchun esa ushbu vaqt 0,37 sek.ni tashkil qiladi.
Kontaktorning o‘z uzilish vaqti esa kontaktorni manbadan uzish vaqtidan boshlab, to kontaktlar to‘la uzilishigacha ketgan vaqtni tashkil etadi. Ushbu vaqt, tok kuchi 100A bo‘lgan kontaktorlar uchun 0,07 sek.ni va tok kuchi 600A bo‘lgan kontaktorlar uchun 0,23 sek.ni tashkil etadi.
O‘zgaruvchan tok kontaktorlari. Bunday kontaktorlar nominal toki 100A dan 1000A gacha bo‘lgan oraliqda ishlab chiqiladi. Ular konstruksiyasi tarkibiga o‘zgarmas tok kontaktorlari tarkibiga kiruvchi barcha elementlar kiradi.
Bunday kontaktorlarning kuch kontaktlari bittadan beshtagacha bo‘ladi. Amaliyotda 3 qutbli etib tayyorlangan kontaktorlar keng tarqalgan. Kontaktorlarda asosan ko‘prik shaklidagi kontaktlardan foydalaniladi.
Hosil bo‘lgan elektr yoyini o‘chirishda, shuningdek, kontaktlarning kamroq yemirilishini ta’minlash uchun quyidagi tizimlar qo‘llaniladi:

  • tok g‘altagi yordamida va bo‘ylama yoki labirint shakldagi teshikli yoy o‘chirish kamerasi yordamida yoyni magnitli o‘chirish;

  • po‘lat plastinkalardan yasalgan ionsizlashtiruvchi panjarali yoy o‘chirish kamerasi.

Yoyni magnitli puflash usulida o‘chirishda yoyga ta’sir qilayotgan kuch tokning kvadratiga proporsionaldir. Shuning uchun o‘zgaruvchan tokda ham yoyga yo‘nalishi o‘zgarmaydigan kuch ta’sir qiladi. Kuch vaqt davomida ikki marta katta chastotada tebranib turadi. Yoyga ta’sir etayotgan kuchning o‘rtacha qiymati o‘zgarmas tok kontaktoridagi kuchga deyarli teng bo‘ladi. Ushbu usul quyidagi kamchiliklarga ega:

  • ushbu usul soatiga ulab-uzish miqdori 600 ga teng bo‘lgan kontaktorlarda qo‘llaniladi;

  • po‘latda energiya yo‘qolishi miqdori ortadi va yoy o‘chirish kamerasi yaqinidagi kontatlarning haroratini oshishiga olib keladi.

  • Yoy tokini majburiy uzish natijasida o‘ta kuchlanish holati yuzaga kelishi mumkin.

Kontaktlarning elektrik yemirilishga bardoshliligini (15. 106 gacha) keskin oshirish uchun kontaktlarni tiristorlar yordamida shuntlash tavsiya etiladi.
O‘zgaruvchan tok yoyini o‘chirishda kuchlanish g‘altagidan (shuntli) foydalanish mumkin emas, chunki tok o‘z yo‘nalishini o‘zgartirganda magnit oqimining ham ishorasi o‘zgaradi, hamda faza jihatdan siljib boradi.
Amaliyotda po‘lat plastinkadan yasalgan ikkita panjarali yoy o‘chirish kameralaridan keng foydalaniladi.
O‘zgaruvchan tok kontaktorining elektromagnit mexanizmi Sh va P shakllarida ijro etilgan elektromagnit yuritma yordamida harakatga keltiriladi.



Download 61,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish