6-Amaliy mashg‘ulot
Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisoblash va aniqlash
usullari
1. Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirishni o‘rganish.
2. Kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tekshirish, hisoblash va
aniqlash usullari.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat SHartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim
fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar
salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini
belgilaydi.
Mazkur tartib:
* Ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;
* Ish beruvchilarga;
* Pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan
shaxslarga;
* Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan
fuqarolarga;
* Agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan
chet el fuqarolarga;
* qurilish, qishloq xujaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaishlarni
bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni
o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;
* korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq
etiladi.
Izoh.Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollejlar, o‘rta maxsus, o‘quv yurtlari, litseylar, hunar-
texnika bilim yurtlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan o‘quv-tarbiyajarayonida yuz
bergan baxtsiz hodisalar mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda xalq ta’limi vazirligi tomonidan
belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek,
hizmatsafarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin
urishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va
konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hashorotlar
tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini,
to‘fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari;
* ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir
ishni amalga oshirilayotgandagi;
* avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transportida, elektrtransportida yo‘l
harakati hodisasi natijasidagi;
* korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida
ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;
* ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida
ish beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;
* mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat
transportida yoki piyoda ketayotgandagi;
* shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida, qaerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar,
korxonalarga otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi;
* ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohat
ietkazilgandagi.
Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast
etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanishi holatlari
(sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko‘ra) tekshirilmaydi
va hisobga olinmaydi.