6-Amaliy ish.
Geoxronologik shkala yordamida tog‘ jinslarining absolyut va nisbiy yoshlarini o‘rganish. Stratigrafik ustun tuzish usullarni o‘rganish.
Ishning maqsadi: Geoxronologik shkala bilan tanishib, tog' jinslarini yoshini aniqlashga oid bilimlarni mustahkamlash. Talabalarga burg’ quduqlari ma’lumotlariga asoslanib joyning stratigrafik tuzishni o’rganish.
Tog' jinslarini yoshi va geologik mutloq vaqtini aniqlash bo'yicha juda ko'p urinishlar bo'lgan. Hozirgi vaqtda geologiyada tog' jinslarini yoshini aniqlashninig absolyut usuliga qaraganda, nisbiy yoshini aniqlash usuli keng qo'llaniladi. Tog' jinslari o'zida ko'plab qotgan organik qoldiqlarni mujassamlaydi. Tog' jinslarini yoshini aniqlashda stratigrafik usul keng qo'llanilgan , yani qatlam, uning tarkibi, nisbati tanlanishini o'rganish, geologik tarmoq vazifasini tashkil etgan. Bu orqali cho'kindi jinslar organic, hayot ,o'simlik va hay vonot olami evolyutsiyasidan darak bergan.
Tog' jinslarining yoshini aniqlashning geologik usullari xilma-xil. Radiaktiv elementlarini emirilishini kuzatish natijasida, mutloq yoshini o'rnatishusuli usuli ularni erkin va bir tekisda atrof muhitning o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holdagi emirilishiga asoslangan.(1902y. P Kyuri. E. Ruzerford, F. Sadi) Hozirgi vaqtda tog'jinslarining mutloq yoshini aniqlashda qo'rg'oshin-uranli kaliy organli usulida foydalaniladi. Shunday qilib, Geoxronologik shkala yordamida (6.1-jadval) tog'jinslarining mutloq va nisbiy yoshini aniqlash mumkin.
Geoxronologik shkala 6.1-jadval
Era
|
Davr vaunting belgilanishi
|
Bo’limi
|
Davr mln. yil
|
Rang
|
Kaynazoy-Kz
|
To’rtlamchi
Antropogen-Q
|
Hozirgi zamon Q4
|
1.5-2
|
Sarg’ish-kulrang
|
Yoqori to'rtlamchi Q3
|
O'rta to'rtlamchi Q2
|
Quyi to'rtlamchi Q1
|
Neogen-N
|
Pliotsen
|
25
|
Limonsimon saiq
|
Miotsen
|
Poleogen-Р
|
Oligotsen
|
41
|
O’ta to’q sariq
|
Eotsen
|
Paleotsen
|
Mezozoy-Mz
|
Bo’r-K
|
Yuqori bo’r
|
70
|
Pushti rang
|
Quyi bo’r
|
Yura-I
|
Yuqori Yurskiy
|
60
|
Havo rang
|
O’rta Yurskiy
|
Quyi Yurskiy
|
Trias-T
|
Yuqori trias
|
45
|
Binafsha rang
|
O’rta trias
|
Quyi trias
|
Poleozoy-Pz
|
Perm-P
|
Yuqori Perm
|
50
|
Och jigar rang
|
Quyi Perm
|
Tosh ko’mir-C
(karbon)
|
Yuqori toshko’mir
|
70
|
Kulrang
|
O’rta toshko’mir
|
Quyi toshko’mir
|
Devon-D
|
Yuqori devon
|
70
|
Jigarrang
|
O’rta devon
|
Quyi devon
|
Silur-S
|
Yuqori silur
|
35
|
Och pushti rang
|
Quyi silur
|
Ordovik-O
|
Yuqori Ordovik
|
80
|
Sariq ko’kimtir rang
|
O’rta Ordovik
|
Quyi Ordovik
|
Kembriy-E
|
Yuqori Kembriy
|
80
|
To’q ko’k rang
|
O’rta Kembriy
|
Quyi Kembriy
|
Prote-rozoy-Pr
|
Yuqori- PR3
|
Vend-V
|
110
|
Och qizil
|
O’rta- PR2
|
Rifey-R
|
400
|
Och qizil
|
Quyi- PR1
|
-
|
600
|
Och qizil
|
Arxey-Ar
|
Yuqori
|
-
|
700
|
Och binafsha och qizg’ish
|
Quyi
|
-
|
1500
|
Och binafsha och qizg’ish
|
Stratigrafiya lotincha stratium ya’ni qatlam degan so’zdan olingan. Stratigrafiya tog’ jinslarining ketma-ket paydo bo’lib, navbatma-navbat tariqasida joylashib ularning o’zaro aloqadorligini o’rganadi va shu qatlamlarning nisbiy yoshini aniqlashga imkon beradi.
Geoxronologiyada geologik vaqtning uzoq oraliq vaqti - 2 ta eon mavjud.
1.Kriptozoy eoni: Katarxey, Arxey va Protyerozoy eralarini o’z ichiga oladi;
2.Fanyerazoy eoni: Paleozoy, Mezozoy va Kaynazoy eralaridan tashkil topgan. Stratigrafiya ustuni - o'rta, yirik ya mukammal geologiya xaritalaridan bir necha yo'nalish bo'yicha tuzilgan kesmalari aniqlangach, qatlamlarning haqiqiy qalinligi grafik usulda tasvirlanadi.
Stratigrafik ustuni tik va to'g'ri burchakli shaklda tuzilib, uning chap tomonidan o'ngga qarab yotqiziqlaming geologik vaqtlari - guruh, sistema, bo'lim, yarns, indeks, tog1 jinslarining shartli belgilari, qalinligi, tog' jinslarining ta'rifi va organizmlar qoldiqlari, fizik xossalari ko'rsatiladi (9-rasm). Shundan keyin ustunda yotish munosabatlariga qarab eng qari tog’ jinslar ostida va yoshlari esa ustida ketma- ket joylashtirilib, har bir bo'linmalaming yoshlariga qarab rangli va shtrixli belgilar bilan tasvirlanadi.
Stratigrafik ustuni masshtabi xaritaning tik ramkasidan oshmasligi kerak. Odatda ustunning umumiy tik uzunligi 40-50 sm qilib olinadi. Stratigrafiya ustunida mos yotgan bo'linmalar to'g'ri chiziq, nomos yotgan bo'linmalar to'lqinsimon qilib belgilanadi.
Stratigrafik bo’linmalarining bir-biriga munosabati tushunarsiz bo'lsa, ular ustunda ikki parallel chiziq bilan chegaralanib, 4 mm oraliq qoldiriladi va ichiga so'roq belgisi qo'yiladi. Agar bo'linmalaming qalinligi juda kichik bo'lgan holda, ular ustunda masshtabsiz tasvirlanadi.
Xarita ramkasidan tashqarida berilgan yozuv, grafika va sxemalar yordamchi elementlar hisoblanadi.
Yirik va mukammal xarita varag'ining chap tomoniga stratigrafik ustuni, o'ng tomoniga shartli belgilar, tagiga esa xarita masshtabida geologik kesimi joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |