6 9
!
Abay Qo‘nonboyev qozoq
mumtoz adabiyotining asos-
chilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar hisoblanadi.
Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, Abay uning taxallusidir.
Shoir 1845-yil 10-avgustda Qozog‘istonning
Yettisuv viloyati
Chingiztog‘ (hozirgi Abay) tumanida
chorvador boy oilasida
tug‘ildi. Avval Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida o‘qidi.
Keyinchalik rus maktabiga qatnab rus tili va adabiyotini o‘r-
gandi. Bo‘lajak shoir bir tomondan Sharq allomalari –
Firdav-
siy, Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy ijodidan bahramand bo‘lgan
bo‘lsa, rus tili orqali rus va g‘arb adabiyoti
vakillarining ijodi
bilan yaqindan tanishdi.
Shoirning ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish va o‘lan
aytishdan boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: