«MAHBUB UL-QULUB» ASARIDAN OLINGAN NAMUNALARNING NASRIY BAYONI Hurmatli o‘quvchilar, guvohi bo‘lganingizdek, Alisher Na-
voiyning «Mahbub ul-qulub» asaridan keltirilgan ayrim namu-
nalarning o‘ziyoq buyuk mutafakkirning ham she’riy, ham nasriy
uslubda birdek yuksak asarlar yarata olish iqtidoriga ega bo‘l-
ganini ko‘rsatadi. Hikoya tarzining ravonligi, badiiy san’atlar
bilan bezalgani, fikr va qarashlarning aniq ifoda etilishi matn-
ning shavq bilan o‘qilishiga zamin yaratadi. Lekin Sizning bilim
va tajribalaringiz mazkur asardagi barcha so‘zlarni to‘liq anglash
uchun hozircha yetarli emas. Shundan kelib chiqib, asardan
3 7
olingan parchaning atoqli navoiyshunos olim Porso Shamsiyev
tomonidan tayyorlangan bugungi adabiy tilimizdagi matnini
e’tiboringizga havola etish foydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
T a n b i h (11)