O’lchash chegaralari, mm suv ustuni
|
Qiyalik burchagi,
|
O’lchamlar, mm (166-rasmga qarang)
|
L
|
H
|
A
|
B
|
0,25
|
5036
|
460
|
166
|
348
|
34
|
0-40
|
9002
|
459
|
194
|
346,5
|
62
|
0-63
|
15010
|
452
|
241
|
342
|
98
|
0-100
|
23015
|
444
|
289
|
331
|
147
|
0-160
|
39000
|
405
|
378,5
|
286
|
230
|
Bosimni va vakuumni masofadan o’lchaganda manometrlar, manovakuummetrlar va bir o’ramli prujinali vakuummetrlarni biriktirish trubalarining uzunligi 100 m dan, ko’p o’ramli prsujinali va silfonlilar uchun esa 30 m dan oshmasligi lozim. Biriktirish trubalari 9 (165-rasm, b) bosimni olish joyida texnologik quvuryo’l 11 tomonga yoki unga teskari tomonga 1:50 nishablik bilan yotqiziladi. Bosimni olish joyidan 500 mm oraliqda berkitish ventili 10 o’rnatiladi. Birlashtirish trubasi manometr 3 ga nippel 7 va tashlama gayka yoradmida birlashtiriladi. Asbob oldida birlashtirish trubalarini puflab tozalash va manometrning ko’rsatishini tekshirish uchun uchl yo’lli jo’mrak 8 o’rnatiladi.
Tortish o’lchagichlar, bosim o’lchagichlar va tortish-bosim o’lchagichlar shchitlarga yoki bevosita texnologik uskuna yonida o’rnatiladi. Suyuqlikni asboblar atrof muhit temperaturasi 300S dan yuqori ko’tarilmaydigan joylarga o’rnatiladi. Boshqa asboblar uchun atrof muhit temperaturasi 10-600S chegarada bo’lishi lozim. Asboblar tik holatda yoki asbobning ichiga joylashtirilgan sath ko’rsatkich boyicha o’rnatiladi.
Suyuqlik bilan ishlaydigan tortisho’lchagich, bosimo’lchagich va tortish-bosim o’lchagichlarning qiyalik burchagi o’lchashlar chegarasiga bog’liq (10-jadval). Qiya o’rnatiladigan tortish bosimo’lchagichlar millimetrlardagi suv ustuni boyicha darajalangan va rang berilgan etils pirti bilan to’latilgan. Olish qurilmasi o’rnatilgan joydan absobgacha bo’lgan oraliq 3-5 m bo’lishi lozim. Suyuqlik bilan ishlaydigan TNJ-N tortish-bosimo’lchagichini devorga o’rnatish namunasi namunasi 166-rasmda tasvirlangan.
Asboblarga ulanadigan impuls yo’llari choksiz 10X2 yoki 14X2 po’lat trubalar (GOST 8734-75) yoki diametri Duq15 mm li suvgaz o’tkazish trubalari (GOST 3263-75)dan yasaladi. Impuls yo’llarining trubalari suyuqlik bilan ishlaydigan tortish bosim o’lchagichlarga ichki diametri 6-8 mm li rezina naychalar yordamida birlashtiriladi (164-rasm, a ga qarang). Bosimni o’lchashda impuls trubkalari asbobning "Q" ishoralir shtuseriga, vakuumni o’lchashda esa "-" shtuseriga ulanadi.
Bosimlar farqini differensial tortish bosimo’lchagich bilan o’lchashda bu asbobga ikkita impuls trubkasi ulanadi: jumladan, yuqori muloq bosim trubkasi "Q" ishorali shtuserga, kam bosim trubkasi esa "-" ishorali shtuserga ulanadi.
Suyuqlik bilan ishlaydigan tortish o’lchagichlar, bosim o’lchagichlarv a tortish bosimo’lchagichlar shchitning paneliga yoki maxsus konstruksiyaga boltlar bilan mahkamlanadi.
Membranali tortisho’lchagichlar, bosimo’lchagichlar va tortish bosimo’lchagichlar shchitlarning panellariga yoki devorga (maxsus konstruksiyalar yordamida) cho’ktirib o’rnatiladi va asboblar to’plamidagi vintlar bilan mahkamlanadi (167-rasm). Impuls trulbkalari asbobning orqa devoriga keltirilib, uning shtuserlariga 10X2 rezina naychalar bilan birlashtiriladi. Rezina naychalarning shtuserlarga zich birikishi uchun ulangan joy yumshoq sim bilan o’rab bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |