6-3 uzb 20-guruh talabasi Nizomova Kamolaning XVI-XIX asr 1-yarmidagi adabiy muhit mavzusida tuzgan testlari



Download 18,24 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi18,24 Kb.
#553583
Bog'liq
test adabiyot


6-3 UZB 20-guruh talabasi Nizomova Kamolaning XVI-XIX asr 1-yarmidagi adabiy muhit mavzusida tuzgan testlari .
N.Jumaxo’jayev , I.Adizova O’zbek adabiyoti tarixi 30-41-betlar
1. Sayyid Muhammad Sayyodiydan bizgacga qanday adabiy meros yetib l
kelgan?
a)Tohir va Zuhro dostoni va 1ta g’azal
b)Layli va Majnun dostoni va 12ta g’azal
c)Husnu dil dostoni va 10 ta g’azal
d)Yusuf va Zulayho dostoni va 1ta g’azal
2. “Ey mehribonim , istasam ,topqaymumen , yorim seni ,
Ey yori jonim , istasam , topqaymumen , yorim seni.” Ushbu bayt bilan boshlangan g’aza Sayyodiyning “Tohir va Zuhra ” dostonidagi qaysi qahramon tilidan aytilgan ?
a)Mohimxonim b) Tohir c)Husayn d)Xubbon
3.Qaysi asarning so’nggi bobi “Mohimxonim birla qizlar karvondin Mirza Tohirning xabarini eshitgani” deb nomlanadi?
a)Tohir va Zuhra b) Husnu dil c)Layli va Majnun d)Shayboniynoma
4.Sayyodiyning “Tohir va Zuhra” dostoning so’nggi bobida qayerdan xabar kelgani va undan Mohimning kanizaklari Tohirning qatl etilish xabarini eshitgani haqida so’z boradi?
a)Totor elidan b)arman elidan c)chin elidan d)turk elidan
5. Sayyodiyning “Tohir va Zuhra” dostonida kimlar tush ko’radilar va tushlarida Haqdan nido keladi?
a)Mohimning ota-onasi b)Mohimxonim c)Xubbon va Bohir d)Mohimning kanizagi
6. Jamoling bo’lmasa , rizvonni naylay ,
Oningdek jazradin bezordurman. Baytdagi “jazira” so’zining ma’nosi nima?
a)orol b)may piyolasi c) nasl-nasab d)mol-u davlat
7. Sayyodiyning “Tohir va Zuhra” dostonida Tohirning otasi Totor mamlakati podshohi Boboxonning vaziri Bohirning tushida nima a’yon bo’ladi?
a)ikkalasining farzand ko’rishi b)Tohirning vafoti c)mamlakat parokandaligi d)o’g’lining uzoq safarga ketishi
8. Sayyodiyning “Tohir va Zuhra” dostonidagi Tohir va Zuhroning mamlakatda hamsaboqlikda bir-biri bilan uchrashuvi va ko’ngil qo’yishi o’quvchiga qaysi dostonni eslatadi ?
a)Layli va Majnun b)Sabbai sayyor c)Farhod va shirin d)Alpomish
9.Quyidagi fikr kimga tegishli : “Bu ikki turli adabiyot orasidagi farqni yozmoq , yozilmag’anliqda yoki egasining belgili-belgisiz bo’g’anida ko’rmak yanglishdir Shunday bo’lsa ham bizning san’atkor adabiyotimizga qarshu o’zining samimiyligi , soddaligi bilan o’z borlig’ini saqlab kelgan adabiyotning borligi-da ma’lumdir . Biroq buning ayirmasi bo’lmasligida yo egasining ma’lum emasligida emas , o’zining ruhidadir ”.
a)Fitrat “Adabiyot qoidalari”
b) Cho’lponning “Adabiyot nadur?” maqolasi
c)Avloniy “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”
d)Abdurahmon Sa’diyning “Amaliy , ham nazariy adabiyot darslari”
10.Odilshoh, Xubon , Boboxon , Bohir kabi obrazlar qaysi asarda uchraydi?
a)Tohir va Zuhra dostonida b)Layli va Majnun dostonida
c)Yusuf va Zulayho dostonida d)Alpomish dostonida
11. Sayyodiyning “Tohir va Zuhra” dostonini kim nashr ettirgan ?
a)T.Nishonboyeva b)H.Sulaymonov c)I.Suvonqulov d)N.Baratova
12. “Sayyodiy asari badiiy jihatdan ancha kuchsiz bo’lsa ham , uning stili , tili ancha yengil va ravondir” ushbu fikr kimga tegishli?
a)T.Nishonboyeva b)N.Niyozova c)N.Baratova d)I.Suvonqulov
13. “Badoe’ ul vaqoe” asari kimga tegishli ?
a)Vosifiyga b)Nisoriyga c)Sayyodiyga d)Mutribiyga
14. “Qul Ubaydiyning Chig’atoy adabiyotidagi xizmati hikmat janrini qayta jonlantirishdir” deb kim Qul Ubaydiy ijodiga baho bergan?
a)Yanosh Ekmon b)Fitrat c)Tojuddin Yolchig’ul o’g’li d)Vadud Mahmud
15.XVI-XIX asrga oid manbalarda Muhib Ali Qonuniy , Hasan Kavkabiy , Najmiddin Kavkabiy , Mavlono Riyoziy Samarqandiy , Yusuf Dutoriy kabi shaxslarning qaysi kasb egalari bo’lganligi haqidagi ma’lumotlar uchraydi?
a)ijrochi va bastakorlar b)adabiyotshunos olimlar c)mashhur tariqat arboblari d)xalq orasida dovrug’ slogan shoirlar
16.XVI-XIX asrning birinchi yarmida yashagan xattotlarni belgilang.
a)barcha javob to’g’ri b)Mavlono Sulton Ali Mashhadiy
c)Mavlono Mir Ali Kotib , Mir Abdulla d)Mir Husayniy , Sulton Mirak Munshiy
17. XVI-XIX asrning birinchi yarmida amali san’at yodgorliklaridan biri hisoblangan antiqa soat-sandiq kim tomonidan bunyod etilgan ?
a) Jalol Buxoriy b)Mir Husayniy c)Mir Abdulla d)Najmiddin Kavkabiy
18.Kimning ijod namunalarida ikki tariqat g’oyalari ya’ni jahriylik orqali Yassaviylik ; Navoiy g’zallariga ergashuv orqali naqshbandiylikka amal qilganligini ko’rishimiz mumkin?
a)Qul Ubaydiy b)Sayyodiy c)Mutribiy d)Vosifiy
Download 18,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish