6-3 Uzb-16-guruh Ubaydova H.
1-ORALIQ NAZORAT. 11-BILET
Yangi davr adabiyotida erk va ozodlikg‘oyalarining badiiy ifodasi
Bugungi o`zbek she`riyati mavzular xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Ishq-muhabbat, sadoqat, do`stlik, mehr-oqibat, tinchlik, ezgulik kabi umuminsoniyatga daxldor tushunchalarni tarannum etuvchi mavzular hamma zamonlardagi kabi bugungi davr she`riyatimizning ham asosiy muammolar qamrovini tashkil etsa-da, bulardan ayrimlari, ayniqsa, etakchi mavqe kasb etib, she`riyatimiz osmonining cho`qqilarini egallab oldi. Bulardan eng yuqori o`rinda turgan bugungi she`riyat mavzusi Vatan, Istiqlol mavzusidir.
Davr she`riyatida ushbu mavzu qalamga olingan katta-kichik she`rlardan tortib yirik to`plamlar va bayozlargacha uchratish mumkin. Masalan, Muhammad YUsufning «Vatanim», Abdulla Oripovning «O`zbekiston davlati», «Abadiyat oftobi», «O`zbek qomusi», «Vatan» she`rlari, Sirojiddin Sayyidning «Vatanni o`rganish», «Vatan», Rauf Parfining «Uyo’onar Turkiston, uyo’onar dunyo», Usmon Azimning «Vatan», «Bu dunyoga kelmadim, axir», «Bo`linib boryapman ming bir bo`lakka», Iqbol Mirzoning «Aytgil, do`stim», «O`zbek o`o’li» she`rlari shular jumlasidandir.
Ayrim shoirlar mustaqillikni she`riy turkum va yoki qasida janrlaridan foydalangan holda ham tarannum etishdi. Masalan, Oydin Hojievaning «Ozod so`z yolqinlari», Farida Afro`zning «Buyuk karvon» Abdulla Oripovning «Jahon ichra tengsiz jahonim», «Bu ko`proq olamning o`ziga o`xshar», «Hamma gap shunda», Azim Suyunning «Uyqu aro bedormen», «Vatan kengliklari» she`riy turkumlarida O`zbekiston va uning zahmatkash xalqi uluo’lanadi.
Ba`zi shorilar esa Istiqlol, Vatan, yurt jamoli, xalq fidoyiligi, dardi mavzulardagi she`rlarini jamlab to`plam holida chop ettirishdi. Zulfiya Mo`minovaning «Qudratli yurtimga», «Istiqlol – oltin gulim», Sirojiddin Sayyidning «Vatan abadiy», «Qaldiro’ochlarga ber ayvonlaringni», «Vatanni o`rganish» kabi to`plamlari e`lon qilindi.
Hatto Istiqlol mavzusidagi she`rlar jamlanib alohida majmua shaklida chop etildi. «Istiqlolim – istiqbolim», «Istiqlol umidlari», «Istiqlol ilhomlari» to`plamlari shular jumlasidandir.
Vatan, Istiqlol mavzusidagi she`rlarda yurtimizning tarixiy ildizlari, millat o`tmishining shonli sahifalari, erk-ozodlik uchun kurash o’oyalari, bugungi kundagi ijtimoiy uyo’onish, mustaqillikka erishish shodligi bilan uyo’unlikda tasvirlanmoqda. erkparvarlik o’oyalari, hurlikka intilish e`tiqodi, milliy o’urur ifodasi bugungi kun she`riyatining bosh yo`nalishi, etakchi mavzusini tashkil etadi.
Bunday she`rlarda mustamlakachilik davrida erksizlik tufayli yo`qotilgan boyliklar va ularni asrab avaylash o’oyalarini ilgari suradigan fikrlar ko`paydi. CHunki ayni paytdagi millat oldida turgan dard, mas`uliyat, ma`naviy-madaniy boyliklarni saqlab qolish, yo`qotilganlarini tiklab olish asosiy vazifa edi. Masalan, Orol, ekologiya fojiasi, ona tilining go`zalliklarini jonlantirish, tarix, dinga adolatli munosabat singari masalalar vatanparvarlik ruhidagi she`rlarning o`zak nuqtasini tashkil etadi.
Xullas, Vatan, Istiqlol, O`zbek xalqi, umuman, turkiylar qavmi va uning millat sifatidagi fazilatlari, abadiyatga daxldor qimmatlari to`o’risida she`r yozmagan shoirni bugungi kunda uchratish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |