amaliy mashg’ulot
1. Vektorlar algebrasida matematik amallar
Chiziqli algebra masalalarini yechish buyruqlarining asosiy qismi linalg kutubxonasida joylashgan. Shuning uchun ham matrisa va vektorlarga doir masalalarni yechishdan oldin with(linalg) buyrug’i bilan shu kutubxonani yuklash kerak bo’ladi.
Vektorlarni berilish usullari
Maple muhitida vektorlarni aniqlash uchun vector([x1,x2,…,xn]) buyrug’i ishlatiladi, bu yerda kvadrat qavslarda vergul bilan ajratilgan vektor koordinatalari ko’rsatiladi. Masalan:
> x:=vector([1,0,0]);
x:=[1, 0, 0]
Agar x[i] buyrug’i kiritilsa aniqlangan x vektorning koordinatasini chiqarish satrida hosil qilish mumkin, bu yerda i - koordinata nomeri. Masalan, oldingi misolda berilgan vektorning birinchi koordinatasini quyidagicha chiqarish mumkin:
> x[1];
1
Vektorni ro’yxat ko’rinishida yoki aksincha ro’yxatni vektor ko’rinishida tasvirlash uchun convert(vector, list) yoki convert(list, vector) buyruqlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |