Aim.Uz
6- sinflar uchun botanika fanidan test savollari
1. O`zbekistonda tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning necha turi borligi aniqlangan?
A)8 000 B)500 000 S)4 500 D)5 500
2.Poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko`p yillik o`simliklar nima deyiladi?
A)2 yilik o`t B) yarim buta S)ko`p yillik o`t D)daraxt
3. Ikki yillik o`tlar berilgan qatorni belgilang
A)jag`-jag`, bug`doy, arpa, sholi B)machin, sholg`om, karam, sabzi
S)sholg`om, qora ituzum, zig`ir D)lavlagi, sabzi, karam
4.Yeryong`oq o`simliklar hayotiy shaklining qaysi guruhiga mansub?
A)2 yillik o`t B)bir yillik o`t S)daraxt D)yarim buta
5.O`simliklarning yer osti vegrtativ organi?
A) poya B) meva S)ildiz D)novda
6. Hasharotlar yordamida changlanish yana nima deyiladi?
A) sun`iy changlanish B) o`z-o`zidan changlanish
S) chetdan changlanish D) A va B javoblari to`g`ri
7. Urug`langan markaziy hujayradan nima hosil bo`ladi?
A) murtak B) endosperma S) tuguncha D) chang donachalar
8. Bir urug`pallali o`simliklarning ildiz tizimi?
A) popuk ildiz B) o`q ildiz S) yon ildiz D) to`g`ri javob yo`q
9. Meva necha qismdan iborat?
A) 3 qismdan B) 5 qismdan S) 2 qismdan D) 4 qismdan
10. Zarang, qayrag`och kabilarning mevasi?
A) qanotchali meva B) uchma meva S) soxta meva D) qo`zoqcha
11. Ziravor o`simliklar qaysilar?
A) banan, qovun daraxti B) qalampir, bug`doy, alqor
S) zira, alqor, kashnich D) palma, namatak
12. Nish nima?
A) urug`dan o`sib chiqqan kurtak B) urug`dan o`sib chiqqan nozik o`simta
S) urug`dan o`sib chiqqan novda D) ekilgan urug`ning ildizi
13. Sporangiy bandining uchida nima joylashadi?
A) gifa B) mitseliy S) mevatana D) sporangiy
14. Qirqquloq toifalarning daraxtsimon vakillari qayerda uchraydi?
A) tropik va subekvatoridlarda B) subtropik va cho`llarda
S) subtropik va savannalarda D) tropik va subtropiklarda
15. Ulotriksning suv tagida narsalarga birikkan qismi, ya`ni hujayrasi nima deyiladi?
A) zoospora B) spirogira S) rizoid D) sporangiy
16. Qarag`ay qubbalari qancha vaqtda yetiladi?
A) 200 yilda B) 4 yilda S) 2 yilda D) 3 yoki 2 yilda
17. Urg`ochi o`simtaning qaysi qismi ichida tuxum hujayra hosil bo`ladi?
A) arxegoniy B) anteridiyda S) spora ichida D) yozgi poya ichida
18. Ko`p hujayrali o`simliklar tanasi nima deyiladi?
A) xlorella B) tallom S) qattana D) B va S javoblari to`g`ri
19. Gul qo’rg’oni yo’qolib ketgan gullarga misol keltiring ?
20. G’o’za guli olma gulidan nimasi bilan farq qiladi ?
21. Meva asosan necha qismdan iborat?
22. Qamish va suv tariqning ildizi qanday ildiz sistemaga mansub?
23. Terakning qaysi qalamchalari yordamida ko’paytiriladi?
24. Urug’lar tarkibidagi oziq moddalar urug’ning qaysi qismida saqlanadi?
25.Bakteriyalar asosan qaysi mahsulotlarda tez o’sadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |