5-6
-sinf botanika: Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti
18
C) parazit bakteriyalar D) gommoz bakteriyalari
36. Kuzda tuproqqa solingan go’ng chiritivchi bakteriyalar
ta’sirida ko’klamgacha (a) va undan keyin (b) nimaga
aylanadi.
A) a-mineral tuz; b-chirindi B) a-chirindi; b-mineral tuz
C) a-azotga; b-chirindiga D) a-chirindiga; b-azotga
***************************************************
1.
Sekvoyadendronni 105 ta qubbasida necha kg urug’
bo’ladi?
2.
Mevasining usti o’tkir o’simtalar bilan qoplangan o’simlik?
3.
Urug’chili gulida uzun tuklari bo’lgan bir yillik o’simlik
qaysi?
4.
Ituzum, pomidor va kartoshkaning to’pguli qanday to’pgul?
5.
Quritiladigan sabzavotlar qaysilar?
6.
Bir yilda tug’ilgan botanik olimlar kimlar?
7.
Beruniy va Ibn Sino qaysi asrlarda yashagan?
8.
Sabzining gullari qanday rangda?
9.
O’simliklarning qaysi qismi bir-biriga urilib yoriladi?
10.
Qizil rangli, yirik, donlari iste’mol qilinadigan meva?
11.
Ermon, dalachoy, kiyiko’tning ahamiyati?
***************************************************
Zamburug’. Lishayniklar
1. Qaysi zamburug’ sporalari bilan ko’paymaydi (a), qaysi biri
faqat jinssiz yo’l bilan ko’payadi (b)?
A) a-achitqi; b-achitqi B) a-mog’or; b-penitsill
C) a-qorakuya; b-mog’or
D) a-to’g’ri javob yo’q; b- vertitsillium
2. Zamburug’ning qaysi qismi bir yoki ko’p hujayrali bo’ladi (I)
va sporangiysi ichida nechta spora yetishadi (II)?
A) I-qalpoqcha; II-100 000 dan ortiq
B) I-spora; II-10 000 ga yaqin
C) I-mitseliy; II-10 000 dan ortiq
D) I-mevatana; II-minglab
3. Po’panak zamburug’i qulay sharoitda jinssiz ko’payganda
uning (1) …. tanasidan (2) …. tik ko’tarilib chiqadi?
A) 1-mevatana; 2-shoxlanmagan gifa
B) 1-vegetativ; 2-shoxlanmagan gifa
C) 1-vegetativ; 2-sporangiy band
D) B va C javoblar
4. Tabiatda lishayniklar qanday xillari uchraydi?
1) toshsimon; 2) quyqa; 3) suvo’tsimon; 4) bargli; 5) yopishqoq;
6) shoxli
A) 2, 4, 6 B) 1,2,3 C) 4, 5, 6 D) 3,2,4
5. Qorakuya zamburug’iga xos xususiyatlarni belgilang.
1) dukkakli mevalarda uchraydi; 2) donli mevalarda uchraydi;
3) sporalari yetilgan qop-qora ranga kiradi; 4) sporalari
yetilgach qo’ng’ir-qora ranga kiradi;
5) yetilmagan sporalari boshoq ustini qoplab oladi;
6) yetilgan sporalari boshoq ustini qoplab oladi;
7) sporalari shamol yordamida tarqaladi; 8) sporalari shamol,
suv, tuproq, kasallangan don orqali tarqaladi; 9) o’simlikning
tugunchasini zararlaydi, o’simlikning guli va barglarini
zararlaydi.
A) 1,3,6,7,9 B) 2,3,6,7,9 C) 1,4,5,8,9 D) 2,3,5,8,9
6. G’o’zaga vertitsilium zamburug’i qayerdan o’tadi?
A) tuproqdan B) suv va tuproqdan
C) shamol orqali D) kasallangan chigitdan
7. O’zbekistonda yoz oylarida qalpoqchali zamburug’larning
qaysi qismi tuproqda qoladi?
A) gifa B) mitseliy C) spora D) meva tana
8. Zamburug’lardan qaysi biri kurtaklanish yo’li bilan
ko’payadi?
A) achitqi zamburug’i B) mog’or zamburug’i
C) go’ng zamburug’i D) vertitsillium zamburug’i
9. Mog’or zamburug’ini oziqlanishi uchun qanday modda
zarur?
A) CO
2
B) H
2
O C) organik D) mineral tuzlar
10. Zamburug’larning o’sib rivojlanishi uchun zarur bo’lgan
sharoitlarni aniqlang?
A) namlik, yorug’lik, issiqlik B) yorug’lik, issiqlik, ozuqa
C) issiqlik, tuproq, namlik D) issiqlik, namlik, ozuqa
11. Lishayniklar tarkibidagi zamburug’lar (1) va suvo’tlar (2)
ahamiyatini juftlab yozing?
a) suvni shimib oladi; b) organik modda hosil qiladi;
c) suvda erigan mineral suvlarni so’rib oladi; d) havodan CO
2
ni so’rib oladi.
A) 1-d,c; 2-b,a B) 1-a,c; 2-b,d
C) 1-b,d; 2-a,c D) 1-a,d; 2-c,b
12. Vertitsilium zamburug’i g’o’za poyasining qaysi qismida
to’planib zarar yetkazadi?
A) po’st B) po’stloq C) kambiy D) yog’ochlik
13. Quyidagi savollarga javob bering.
1) qaysi zamburug’larning vegetativ tanasi doim tuproq ichida
bo’ladi? 2) qaysi zamburug’dan olingan moddalar buzoq va
jo’jalarni tez o’sishiga yordam beradi?
A) 1-mog’or; 2-achitqi B) 1-achitqi; 2-ba’zi mog’orlar
C) 1-oq po’panak; 2-achitqilar
D) 1-qalpoqchali; 2-ba’zi mog’orlar
14. Yopishqoq lishaynik qayerlarda o’sadi?
a) tog’; b) adir; c) to’qay; d) cho’l; e) yaylov; f) Arktikada
A) a, b B) c, e C) e, f D) a, d
15. “Siyoh” zamburug’ ining mevatanasi qachon yumshaydi?
A) sporalar hosil bo’lganida B) sporalar yetilganida
C) harorat yuqori bo’lganida D) yetarli namlikda
16. Qo’zidumba (I) va qo’ziqorinning (II) nimasi iste’mol
qilinadi?
A) I-bahorgi mevatanasi; II-bahorgi mitseliysi
B) I-bahorgi mitseliysi; II-bahorgi mevatanasi
C) I-bahorgi mitselliysi; II-kuzgi mitseliysi
D) I-bahorgi mevatanasi; II-bahorgi mevatanasi
17. Oziq moddalar kamayganda mog’or zamburug’i qanday yo’l
bilan ko’payadi? A)
jinssiz B) jinsiy C) vegetativ D) oddiy bo’linish
18. Mog’or zamburug’i jinssiz (a) va jinsiy (b) ko’payganda
sporangiy nimadan hosil bo’ladi?
A) a-mitseliy; b-zigota B) a-spora; b-zigota
C) a-mitseliy; b-spora D) a-spora; b-gameta
19. Quyidagilardan oq po’panak (mog’or) zamburug’iga xos
bo’lmagan xususiyatlarni ko’rsating.
1) vegetativ tanasi bitta hujayradan iborat;
2) mitseliysi to’siqsiz, ko’p hujayrasiz; 3) vegetativ tanasi
to’siqsiz; 4) spora hosil qiluvchi organi sharsimon; 5)
sporangiybandi shoxlanmagan;
6) spora hosil qiluvchi bandi shoxlangan; 7) jinsiy ko’payish
kuzatilmaydi; 8) zigota o’sib sporangiy hosil qiladi; 9) namlik,
issiqlik, yorug’lik, oziq yetarli bo’lsagina yashay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |