5-6
-sinf botanika: Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti
52
C) tikan daraxt, terak, yong’oq D) chinor, zarang, akatsiya
133. Mevasi 3 yoki 4 chanoqqa bo’linib ochiladigan ko’sak
mevali o’simlikni ko’rsating.
A) qizil lola B) Meksika g’o’zasi
C) terakbargli liftok D) Misr g’o’zasi
134. Qaysi shakli o’zgargan yerosti novdalari poyaga o’xshab
kurtak, qo’shimcha ildiz, shakli o’zgargan barg saqlaydi?
A) tugunak B) ildizpoya C) piyozbosh D) ildizmeva
135. Quyidagi qaysi jarayon sut kislotali achishga
asoslanilmaydi?
A) silos bostirish B) pomidor, bodringlarni konservalash
C) yuqori navli vinolar olish D) pivo tayyorlash
136. O’zbekistonda qaysi o’simlik turkumining 13 turi o’sadi?
A) sebarga
B) bo’ritaroq
C) tugmachagul D) na’matak
137. Qumliklarda o’sadigan sho’ralarni aniqlang.
A) sag’an, qumtariq B) selin, juzg’un
C) qizilsho’ra, shuvoq D) sarsazan, buyurg’un
138. Sarsabil hayotiy shakliga ko’ra ... dir.
A) buta B) ko’p yillik o’t C) bir yillik o’t D) liana
139. Oddiy shingil to’pgul hosil qilmaydigan o’simliklarni
ajrating.
1) nastarin; 2) qurttana; 3) javdar; 4) bo’tako’z;
5) rediska; 6) qashqarbeda; 7) zubturum; 8) rovoch.
A) 1,2,5,7,8 B) 2,3,5,6 C) 2,4,6,8 D) 1,3,4,7,8
140. Kashnichning mevasi qanday mevalar qatoriga kiradi?
A) doncha B) danakcha C) ko’sak D) qo’zoq
141. O’q ildiz tizimiga ega bo’lmagan o’simliklarni toping.
1- qum piyoz; 2- petrushka; 3- shirach; 4-olg’i;
5- yeryong’oq; 6- quyonjun.
A) 1,2,3,5 B) 2,4,5,6 С) 1,3,4 D) 3,4,6
142. Qaysi suvo’tning dunyoda 30 turi o’sadi?
A) spirogira B) laminariya C) kladofora D) xlorella
143. Dukkakdoshlar oilasiga mansub yovvoyi o’simliklarni
toping.
A) afsonak, isirg
’
ao’t B) yasmiq, burchoq
C) oq akatsiya, tamaki D) quyonjun, qashqarbeda
144. O’zbekistonning qaysi o’simlik qoplamida tok o’stiriladi?
A) tog’ B) yaylov C) adir D) to’qay
145. Anor, jiyda, terak qanday vegetativ usulda ko’paytiriladi?
A) qalamchasi B) ildiz bachkisi
C) payvandlash D) parxesh
146. Qaysi o’simlik mag’zidan yog’ olinadi?
A) kungaboqar B) zaytun C) zira D) g’o’za
147. Oddiy gulqo’rg’onli o’simliklarni toping.
1-oq sho’ra; 2-tugmachagul; 3-liftok; 4-ebalak;
5-olg’i; 6-karrak.
A) 1,2,4 B) 3, 5, 6 С)1,4,5
D) 2,3,5
148. Qo’shoyoq uyasidan qaysi o’simlikning piyozboshi
topilgan?
A) iloq B) qo’ziquloq C) qo ‘ng’irbosh D) lola
149. Qaysi o’simlik tana va bargining tuzilishi bilan archaga
o’xshaydi?
A) Virgin archasi B) Sharq sauri
A) oddiy qarag’ay D) eman
150. Xushmanzara piyozlar guruhiga kiradigan o’simliklarni
toping.
1) Suvorov piyozi; 2) matur; 3) gul piyoz; 4) qum piyoz;
5) Pskom piyozi; 6) nor piyoz.
A) 1,3,5 B) l,3,6 C) 2,4,5,6 D) 1,3,4,6
151. Ildiz naychalari qanday hosil bo’ladi?
1) hujayralararo to’siq yo’qoladi; 2) hujayralar ketma-ket
joylashadi; 3) uzun naycha hosil bo’ladi; 4) hujayra osib
sitoplazma va yadro yo’qoladi; 5) hujayra qobig’i qalinlashadi.
A) 1,2,3,4,5 B) 4,5,2,1,3 C) 4,5,1,2,3 D) 5,4,2,1,3
152. Moslikni toping.
1) tik o’suvchi poya; 2) ko’tarilib o’suvchi poya; 3) o’ralib
o’suvchi poya; 4) palak otib o’suvch ipoya; 5) o’rmalab o’suvchi
poya.
a) temirtikan; b) g’ozpanja; c) sebarga; d) bug’doy;
e) qo’ypechak; f) Rotang palmasi.
A) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a; 5-e,f B) 1-c,f; 2-d; 3-e; 4-a; 5-b
C) 1-a; 2-c, d; 3-b; 4-e; 5-f D) 1-d; 2-c; 3-e,f; 4-a; 5-b
153. Kovrakning ikkinchi nomi nima?
A) andiz B) shashir C) rovoch D) ojud
154. Nok o’simligiga xos bo’lmagan javobni toping.
A) O’zbekistonda 7 turi o’sadi.
B) Soxta mevasi tosh hujayralarni saqlaydi.
C) Nisbatan sekin o’suvchi daraxt.
D) To’pgul hosil qilmaydigan o’simlik.
155. Qaysi o’simlikning o’rtacha yoshi 30- 40 yilni tashkil
qiladi?
A) shuvoq B) gulsafsar C) qizilmiya D) kiyiko’t
156. Quyidagi 1-qiyshiq gulli o’simlik; 2-to’g’ri gulli o’simliklar
to’g’ri moslashtirilgan javobni toping.
a) marmarak; b) suvyig’ar; c) angishvonagul; d) kiyiko’t; e)
behi; f) na’matak; g) isfarak; h) gunafsha; i) parpi;
j) qo’ng’iroq gul.
A) 1-a,b,d,j,i; 2-c,e,h,f,g B) 1-a,c,d, h; 2-b,e,f,g,i,j
C) 1-a,c,d,g,h,i; 2-b,e,f,j D) 1-b,c,d,f,h; 2-a,e,g,i,j
157. O’zbekiston “Qizil kitobi”ga quyidagi viloyatlardan
nechtadan o’simlik turlari kiritilgan?
1) Andijon; 2) Farg’ona; 3) Samarqand; 4) Navoiy;
a) 4; b) 13; c) 28; d) 45.
A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-d; 2-b; 3-a; 4-с
C) 1-a; 2-с; 3-d; 4-b D) 1-b; 2-d; 3-c; 4-a
158. Mevasi qanotchali bo’lgan o’simliklar qatorini ko’rsating.
A) qarag’ay, shumtol, zarang, salomalaykum
B) qandim, astragal, hilol, zarang
C) terak, qamish, qoqio’t, qo’g’a, g’umay
D) baliqko’z, boyalich, rovoch, jud, cherkez, saksovul
159. Quyidagilardan qaysi biri bitta uzun hujayradan iborat,
bu hujayra esa yupqa qobiq, sitoplazma va yirik mag’izdan
tashkil topgan?
A) barg tolasi hujayralari B) barg og’izcha hujayralari
C) ildiz po’sti hujayrasi D) ildiz tukchasi hujayralari
160. Barglari poyada ketma-ket o’rnashgan gulli o’simliklarni
belgilang.
A) nastarin, mavrak B) oqquray, funariya
Do'stlaringiz bilan baham: |