5-6
-sinf botanika: Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti
30
A) S-2,3,6,8; X) 1,4,5,7 B) S-1,4,5,7; X) 2,3,6,8
C) S-2,4,6,8; X) 1,3,5,7 D) S-1,3,5,8; X) 2,4,6,7
11. Oddiy ziraga xos xususiyatlar qaysi qatorda keltirilmagan?
1) 9 turkumi bor; 2) ildizpoyali ko’p yillik o’t; 3) tugunakli ko’p
yillik o’t; 4) poyasi tuksiz; 5) poyasi tukli; 6) balandligi 40-60
sm; 7) soyaboni 15-20 nurli; 8) soyaboni 15-20 gulli; 9)
soyaboni 20-30 gulli; 10) soyaboni 20-30 nurli; 11) iyunda
gullaydi; 12) iyulda gullaydi; 13) mevasi iyulda pishadi; 14)
mevasi iyul-avgustda pishadi.
A) 2,4,6,7,9,11,13 B) 1,2,5,8,10,12,14
C) 3,4,6,7,9,11,13 D) 1,2,4,6,7,9,11,14
12. Vohalardagi o’simlik o’sa oladigan har qanday yerda
uchratish mumkin bo’lgan o’simlikni belgilang.
A) yovshan shuvoq B) zangori sachratqi
C) dorivor qoqio’t D) ermon shuvoq
13. Qaysi o’simliklar kiradigan oilacha to’pgulining aksariyat
qismini naychasimon gullar tashkil etadi?
A) bo’znoch, tirnoqgul B) karrak, andiz
C) takasoqol, kakra D) qarg’atirnoq, bo’yimodaron
14. O’zbekistonda zangori sachratqining nechta turkum va
turi o’sadi?
A) 2/26 B) 1/39 C) 1/1 D) 1/26
15. O’zbekiston “Qizil kitobi”ga qoqio’tdoshlarning nechta
turkum-turi kiradi va eng ko’p turi kiritilgan o’simlikning
to’pguli qanday?
A) 13/50; tilsimon B) 13/30; tilsimon
C) 13/50; naychasimon D) 13/30; naychasimon
16. Ermon shuvog’ining qaysi qismlaridan dori tayyorlanadi?
1) ildiz; 2) poya; 3) barg; 4) guli; 5) to’pguli; 6) mevasi; 7)
urug’i.
A) 3,5,6 B) 5,6,7 C) 2,3,5 D) 2,4,6
17. Tabiiy holda uchraydigan dorivor qoqio’tdoshlar
oilachasining eng ko’p turi uchraydigan turkumi nechta
hayotiy shaklga ega?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
18. Qoqio’tdoshlar oilasi qaysi xususiyatiga qarab ikkita
oilachaga bo’linadi?
A) poya tuzilishi B) hayotiy shakli
C) xilma-xilligi D) gul tuzilishi
19. Yozning o’rtalarida gullaydigan qoqio’tdoshlar vakilining
O’zbekistonda nechta turi uchraydi?
A) 1 B) 26 C) 39 D) 7
20. Tabiiy holda uchraydigan dorivor o’simliklarga quyidagi
qaysi turkum vakillari kirishini aniqlang.
A) shuvaq, bo’znoch B) bo’yimadoron, bo’znoch
C) tirnoqgul, karrak D) takasaqol, sachratqi
21. Murakkabguldoshlar oilasining vakillari qanday to’pgullar
hosil qiladi?
1) savatcha; 2) shingil; 3) ro’vak; 4) qalqon; 5) boshcha;
6) so’ta; 7) kuchala; 8) boshoq.
A) 2,3,4,6 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5
22. Dorivor qoqio’tning mevasi qanday meva ekanligini
aniqlang.
A) doncha B) dukkakcha
C) yong’oqcha D) danakcha
23. Suttikandoshlar oilasiga mansub o’simliklarni belgilang.
1) tirnoqgul; 2) takasoqol; 3) shuvoq; 4) maxsar;
5) bo’znoch; 6) andiz; 7) kakra; 8) qarg’atirnoq;
9) sachratqi; 10) bo’yimdaron; 12) karrak;
13) xrizantema
A) 1,3,5,6,10,11,13 B) 4,7,8 9,12
C) 2,4,7,8,9,10,12 D) 1,2,7,8,9,13
24. Poyasi juda kalta bo’lgan murakkabguldoshlar oilasi
vakilini belgilang.
A) zangori sachratqi B) ermon shuvog’i
C) dorivor qoqio’t D) kungaboqar
25. Yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda qanday
davr boshlanadi?
A) gullash davri B) mevalash davri
C) yozgi tinim davri D) yozgi o’sish davri
26. “Qora jusan” quyidagi qaysi o’simlikning ikkinchi nomi
ekanligini aniqlang.
A) yovshan shuvog’i B) oq shuvoq
C) turon shuvog’i D) ermon shuvog’i
27. Murakkabguldoshlar oilasining qaysi turkumiga mansub
o’simliklar chorvachilikda o’ziga xos o’rin egallaydi.
A) sachratqi B) qoqio’t C) shuvoq D) bo’znoch
28. Ziradoshlar oilasiga mansub hayotida bir marta gullab bir
marta meva tugadigan o’simlikni belgilang.
A) alqor B) kovrak C) shashir D) bodiyon
29. Ziradoshlarning to’pguli qanday?
1) kallakcha, 2) oddiy soyabon, 3) oddiy savatcha,
4) murakkab soyabon, 5) shingil.
A) 1,2,4 B) 2,4 C) 3,5 D) 2,4,5
30. Ziradoshlar oilasi vakillari asosan Yer sharining qaysi
qismida tarqalgan.
A) Shimoliy Yarimsharda B) Ekvator atrofida
C) Janubiy Yarimsharda D) barcha Yerlarida
31. Ukrop qaysi o’simlikning ikkinchi nomi ekanligini
aniqlang.
A) petrushka B) shivit C) kashnich D) sabzi
32. Ziraning mevasi quyidagi qaysi o’simlikning mevasi bilan
o’xshash
bo’lishini aniqlang.
A) sabzi B) petrushka
C) kashnich D) alqor
33. Qoqio’tdoshlarning gulkosachabargi, tojibargi va
changchilari soni nechta?
A) 5 B) 10 C) 4 D) 15
34. Qish kelguncha chaman bo’lib ochilib turadigan o’simlik
qaysi?
A) tirnoqgul B) qoqio’t
C) bo’yimodaron D) qashqargul
35. O’zbekistonda shuvoqning nechta turi bor?
A) 36 B) 26 C) 29 D) 39
36. Zangori sachratqi qaysi organlar sistemasi kasallilariga
davo bo’ladi?
A) qon-tomir B) oshqozon-ichak
C) nafas olish D) ayirish
****************************************************
Do'stlaringiz bilan baham: |