TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI URDU – INGLIZ I GURUHI 2 – KURS TALABASI ABDUG’OFUROVA MADINA 6 – mavzu: ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish O’zbekiston respublikasi prezendentining farmoni Oʻtgan ikki yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini tubdan isloh qilish, islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy parametrlar va Davlat byudjetining ijrosi uchun ularning masʼuliyatini oshirish taʼminlanmoqda. Harakatlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalishi Harakatlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalishi “ Ijtimoiy sohani rivojlantirish “ etib belgilandi. Unga ko’ra quyidagilar nazarda tutildi: - aholi bandligi va real daromadlarini oshirish; - aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish; - arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish; - ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; - yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Aholi daromadlari darajasini aniqlashda nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqtda pul shaklida olgan daromadlarining miqdori. Ixtiyordagi daromad – nominal daromaddan soliqlar va turli majburiy to‘lovlar chiqarib tashlangandan so‘ng, aholi ixtiyorida shaxsiy iste’mol va jamg‘arish uchun qoladigan daromad. Real daromad – aholining ixtiyorida qolgan daromadga qancha tovar va xizmatlar sotib olishi bilan aniqlanadi, daromadning xarid qobiliyatini anglatadi yoki real daromad – bu iste’mol etiladigan tovar va xizmatlarda ifoda etilgan daromad bo‘lib, muayyan narx-navo sharoitida pul daromadlariga bozorda nima berilishini bildiradi AHOLI DAROMADLARI NOMINAL REAL
DAROMADLAR PUL KO’RINISHIDA OLINGAN DAROMADLARDIR
DAROMADLAR ISTE’MOL NARXLARINING INDEKSIGA QARAB TUZATILGAN JORIY DAVRDAGI NOMINAL PULLI DAROMADLARDIR
So‘nggi yillarda aholini banligini oshirishga qaratilgan faol siyosat natijasida 2017 yilda mamlakatimizda mehnat resurslari soni 186 72,5 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 183,6 ming kishiga, yoki 1,0% ga o‘sishi kuzatildi. Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 143 57,3 ming kishini (jami mehnat resurslarining 76,9%), iqtisodiy nofaol aholi soni esa 4315,2 ming kishini (23,1%) tashkil etdi. Respublikada ish bilan band aholi soni 135 20,3 ming kishini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 1,7% ga o‘sdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada ayniqsa, xususiy sektorda ish beruvchilarning soni sezilarli darajada ko‘paydi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56 foizdan ziyodni tashkil etdi va hozirgi vaqtda bu sohada aholining 77 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda Shu bilan birga, mamlakatni yanada jadal rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining amaldagi yondashuvlari va ish usullarini qayta koʻrib chiqish zarurligini, uning faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi va innovatsion usullarini joriy etishni, davlat siyosati amalga oshirilishi va biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishish uchun idoralar rahbarlarining mustaqilligini oshirishni taqozo etadi.
Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlari bo‘yicha Toshkent shahrida (11 mln 728,5 ming so‘m) hamda Navoiy (7 mln 999,5 ming so‘m), Buxoro (6 mln 158,9 ming so‘m), Toshkent (5 mln 655,7 ming so‘m) va Xorazm (5 mln 320,2 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilganligi kuzatildi. Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko‘rsatkichlari esa Namangan (3 mln 827,2 ming so‘m) viloyatida qayd etildi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Xorazm viloyatiga (14,1%) to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Surxondaryo (13,6%), Buxoro va Samarqand (11,7%), Namangan (11,0%), Qashqadaryo (10,4%), Andijon (10,1%) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (10,7%) aholi jon boshiga umumiy daromad ko‘rsatkichlari real o‘sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |