Bilimning inson va jamiyat hayotida tutgan o’rni
Bilish – inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish muammolari va vazifalarini qo‘yish va yechish yo‘li bilan, izchil anglab yetadi. Axborot miyaning mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2 2 4) kasb etadiki, bu unga ishlov berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.
Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda tashqi dunyoning ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‘lgan bilim shakllanadi.
Bilish jarayoni tarix falsafasida muayyan vaqt mobaynida (masalan, XVIII asr falsafiy materializmida) insonning sezgi a'zolariga tabiatning mexanik ta'siri sifatida qaralgan. Inson passiv mavjudot va tabiat uni o‘z maqomiga yo‘rg‘alatadi, deb hisoblangan. «Biz qo‘g‘irchoqlarmiz va taqdir bizni iplarimizdan tortib o‘ynatadi», deb yozgan edi V.Gyugo. Biroq amalda bilish doim ancha faol xususiyatga ega bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu odamlarning ehtiyojlari va manfaatlari, ularning umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi hamkorligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, bilish ijtimoiy tabiat, jihat va xususiyatlarga ega. Bunga, jumladan, nemis klassik falsafasida sub'ektning faolligi konsepsiyasida (I.Fixte va boshqalar) alohida e'tibor qaratilgan.
Bilishning ijtimoiy tabiati, agar bu haqda atroflicha so‘z yuritadigan bo‘lsak, yana quyidagilarni ham anglatadi. Bilish doim ijtimoiy munosabatlar va madaniy dunyosining faol ta'siri ostida yuz beradi.
Bilish faoliyat turi sifatida. Insonning o‘zini qurshagan dunyoni tushunib yetishi muhim falsafiy muammolardan biridir. Mohiyat e'tibori bilan, dunyoni bilish mumkinmi, degan masala dunyoning inson ongida aniq va to‘liq aks etish, insonning bu dunyoda ongli va erkin mo‘ljal olish va faoliyat olib borish imkoniyati to‘g‘risidagi masaladir.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi. Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma'lumotlarning eng oliy darajasidir. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo‘ladi va undan odamlar amaliy faoliyatining ideal rejasi sifatida foydalanadi. Bilimsiz (oddiy, ilmiy, badiiy va boshqa bilimlarsiz) dunyoning manzarasini shakllantirish mumkin emas. F.Bekon shu munosabat bilan bilim kuchdir deb ta'kidlagan edi. Bilimni Gegel ta'biri bilan aytganda faqatgina sub'ektiv tasavvur, erkin mulohaza, tasavvur mahsuli bo‘lgan fikrdan farqlay bilish lozim. Insonning dunyoni bilishga intilishining mohiyati u aniq yoki noaniq bilimlarni faol va izchil izlashi va ularni olishidan iborat. Falsafaning bilish muammolari ko‘rib chiqiladigan bo‘limi gnoseologiya yoki bilish nazariyasi deb ataladi. Insonning dunyoni bilish jarayonini boshqa fanlar – mantiq, psixologiya, sotsiologiya ham o‘z nuqtai nazaridan o‘rganadi.
Bilish va bilim to‘g‘risida so‘z yuritganda o‘rta asrlardagi kabi bilim va e'tiqodni qarama-qarshi qo‘yish yaramaydi. E'tiqod – moddiy va ma'naviy dunyo narsalari, jarayonlari va hodisalarini dalil-isbotsiz bilish demak. «Men Xudoning borligiga ishonaman»; «men yaqinda bahor kelishiga ishonaman»; «men o‘z ishimning muvaffaqiyatiga ishonaman» va h.k. va sh.k. E'tiqod – bu insonning ishonchi. Bilim bizga aniq-ravshan ko‘rinib turadigan narsalarni kashf etish imkonini bersa, e'tiqod, ishonch insonga hozircha ko‘rinmaydigan sirli narsalarni aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa e'tiqod bilish jarayonida faol ishtirok etadi va uning muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir vaqtda, zamirida aqlning so‘qirligi, mutaassiblik va insonning kuchsizligi yotuvchi soxta e'tiqod ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim.
Bunga qarama-qarshi o‘laroq, inson kuch-qudratining ramzi sanalgan oqilona e'tiqod mavjud bo‘lib, u odamzotning emotsional va intellektual faolligiga imkoniyat yaratadi, bilish yo‘lida izlanishga rag‘batlantiradi. Barcha olimlarning ilmiy faoliyati zamirida inson tafakkuriga qattiq ishonch yotadi, aks holda ular o‘z kashfiyotlarini yarata olmaydilar. Shu ma'noda oqilona e'tiqod go‘yo zulmatdagi nur, haqiqat va taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Oqilona e'tiqod bilim yo‘lini mash'al kabi yoritadi, ijodga imkoniyat yaratadi, bu yo‘lda insonga ishonch va kuch baxsh etadi. E'tiqodning yo‘qligi esa, aksincha, skeptitsizm, bo‘shliqda mavjudlik va bilishning samarasizligi tuyg‘usini uyg‘otadi. Shunday qilib, fikr, e'tiqod va bilim haqiqat sari yuksalishning zarur bosqichlari, inson ma'naviy tajribasining muhim shakllari hisoblanadi.
Xo‘sh, bilishning o‘zi nima? Uning mohiyati nimada?
Avvalo, bilish – inson aks ettirish faoliyatining alohida turi. U «inson – mehnat vositalari – tabiat» tizimi doirasida insonning narsalar mohiyati, masalan, magnetizm tabiati, hayot mazmuni va hokazolar yashirinib yotgan dunyoning «qobig‘i»ni ochishga yo‘naladi. U dunyoning sirlarini ochadi.
ADABIYOT
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
Karimov I.A. Hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidan // Xalq so‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 sentabr Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 sentabr
Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010.
Karimov I.A. O‘zbekiston mustaillikka erishish ostonasida.T.: o‘zbekiston, 2011 386 b
Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan.O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2011
Do'stlaringiz bilan baham: |