Nima uchun mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchli?
Hozirgi davr dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alarga bo‘linishini geografiya darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud davlatlarning chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hududiy bo‘linishini bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar ham bormoqda. Butun Yer yuzi odamzod uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-shubha yo‘q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lgani ma’lum.
Ikki qutbli dunyo nima edi va nega barham topdi?
Sovuq urush — bir tarafdan AQSh va uning ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan SSSR va uning ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy konfrontatsiya.
Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsalar ham, ularning dunyoga taʼsirini oʻtkazish borasidagi raqobat koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzlarining taʼsir doiralarini yaratdilar hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar — NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar
Sovuq urush Uchinchi jahon urushiga olib kelishiga xavf tugʻdiruvchi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikkala tarafdan xalqaro tanglikni "yengillashtirish" va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.
SSSRning bora-bora tehnologik tarafdan ortda qolishi sovetlar iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar ohiri — 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy harajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa - 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.
Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin - 1989-1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1 iyulda tugatdi, va shu paytdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin.
Yapon tajribasi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |