Ortga nazar tashlash Kichik ma’lumotlar qatorida pertsentilni hisoblash metodlari qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotga qarab farqlanadi. Tanlama to’plam o’lchami ortib borgan sari turli dasturiy ta’minotlarda hisoblangan pertsentillar yagona raqamga yaqinlashadi.
Ma’lumotlar qatorini har bir ko’rsatkichlarning aniq 25%ini o’z ichiga oluvchi 4 ta kategoriyaga ajratuvchi pertsentil – kvartil deb ataladi. 8-rasmda ko’rsatilganidek, quyi kvartil(QL) 25-pertsentil, o’rta kvartil(M)mediana yoki 50-pertsentil, yuqori kvartil (QU) 75-pertsentil. Shundan kelib chiqib, 5-misoldan biz (SPSS natijasi, 2.27-rasm ), QL=2.0, M=7.0 va QU=10.0 ga ega bo’lamiz. Kvartillar ma’lumotlar qatoridagi noodatiy ko’rsatkichlarni topishda foydali hisoblanadi.
8-rasm. Ma’lumotlar qatori uchun kvartillar
Do'stlaringiz bilan baham: |