6.2. Optik attenyuatorlar
Optik attenyuatorlar kirish optik signallarni quvvatini kamaytirish maqsadida ishlatilinadi. Raqamli signallarni uzatishda ham, analog signallarni uzatishda ham bunga zaruriyat vujudga kelishi mumkin. Katta sathli raqamli signallarni uzatishda qabul qiluvchi optoelektron modulni to‘yinishiga olib kelishi mumkin. [1].
Attenyuatorlar ko‘pincha lazer uzatgichdan keyin joylashtiriladi. Attenyuatorlar lazerni chiqish quvvatini, undan keyingi EDFA kuchaytirgichlari,FD kabi qurilmalar talab etadigan sath bilan moslashtiradi.
Yorug‘lik jadalligi fotodiodni dinamik diapazoni doirasidan chiqadigan darajada katta bo‘lgan, qisqa optik tolali seksiyalarda attenyuator o‘rnatish mumkin. Ular intensivlikni qabul qilgichni dinamik diapazoniga mos keladigan sathgacha kamaytiradi [6].
Ishlash prinsipi bo‘yicha attenyuatorlar co‘nish qiymati bo‘yicha o‘zgaruvchan va so‘nish qiymati qayd etilgan turlarga bo‘linadi.
O‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0-20 dB oraliqgacha o‘zgarish imkonini beradi.
Qayd etilgan attenyuatorlarda so‘nishqiymati ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan bo‘ladi. Ularni qiymati 0, 5, 10, 15 yoki 20 dBni tashkil etishi mumkin [1].
Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish ±15 % dan oshiq bo‘lmasligi kerak. Optik aks etish qobiliyati maksimal -40 dB sathda bo‘lishi kerak. Attenyuatorlarni ishchi to‘lqin uzunliklari diapazoni maksimal 1360 nm dan 1580 nm gachani, minimal 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak. Tipik ishchi to‘lqin uzunligi kengligi 1310-1580 nm. Attenyuatorlarda QMDga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB dan yuqori bo‘lmasligi kerak [6].
6.3. Optik filtrlar
Optik filtrlar umumiy uzatilayotgan optik spektrdan optik kanallarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Filtrlar qo‘shni optik kanallarni bartaraf etish imkoniyatiga ega, chunki fotoqabulqilgichlar spektral tanlashga ega emas. Optik filtrlar sifatida demultipleksorlar ham qo‘llanilishi mumkin.
Alohida optik filtrlar ko‘p qatlamli dielektrik tuzilish va difraksion panjaradan iborat bo‘ladi.
Ko‘p qatlamli dielektrik tuzilishli optik filtrlarning ishlash prinsipi quyidagi rasmda tasvirlangan (11.5-rasm).
11.5-rasm. Ko‘p qatlamli dielektrik filtrning ishlash prinsipi: a) - ko‘p qatlamli dielektrik tuzilish;
b) - aks etish koeffitsiyentining spektral bog‘liqligi.
Ko‘p qatlamli tuzilishda turli sindirish ko‘rsatkichli ikki turdagi dielektriklar o‘zaro ketma-ketlikka ega. Qatlamning qalinligi a (1/4) l da (tanlangan optik kanalning to‘lqin uzunligi) tushish burchagini a {(1/4) lcosa } to‘g‘rilashni hisobga olsak, tushayotgan nur ketma-ket qatlamlar chegarasida qisman qaytadi. l to‘lqin uzunlikli nurlanish sinfaz qaytadi va yig‘iladi, qolgan nurlanish kuchsiz qaytadi va yutiladi. Qatlamlarni qalinligini o‘zgartirib, filtrlarning o‘tkazish polosasini o‘zgartirish mumkin.
Xozirgi kunda qo‘shni optik kanallar orasidagi masofa 100 GGts (Dl=0,8 nm) va 50 GGts (Dl=0,4 nm) ni tashkil etadi.
50GGts
f, TGts
|
196,10
|
196,05
|
196,00
|
195,95
|
195,90
|
---
|
192,30
|
192,25
|
192,20
|
192,15
|
192,10
|
nm
|
1528,77
|
1529,16
|
1529,55
|
1529,94
|
1530,33
|
---
|
1558,98
|
1559,39
|
1559,79
|
1560,20
|
1560,61
|
100GGts
f, TGts
|
196,10
|
196,00
|
195,90
|
195,80
|
195,70
|
---
|
192,50
|
192,40
|
192,30
|
192,20
|
192,10
|
nm
|
1528,77
|
1529,55
|
1530,33
|
1531,12
|
1531,90
|
---
|
1557,36
|
1558,17
|
1558,98
|
1559,79
|
1560,61;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |