II. Vitochkaga ishlov berish
2.1. Vitochka o’rnini belgilab olish.
|
Bo’r, sm.leneyka.
|
|
Bo’lakning teskarisidan vitochkaning o’rni 3 chiziq orqali belgilanib olinadi.
1-o’rta chiziq;
2-yon chiziq;
3-vitochka tugallangan chiziq.
|
2.2. Vitochkani ko’klash.
|
Ip, igna, angishovna.
|
|
O’rta chiziqdan ikkiga buklab, yon chiziq bo’ylab vitochka tugallangan chiziqqacha to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi. Qaviq uzunligi 1,0-1,5 sm.
|
2.3. Vitochkani tikish.
|
Universal mashina.
|
Ko’klangan chok yonidan biriktirma chok bilan biriktiriladi.
|
2.4. Vitochkani dazmollash.
|
Dazmol, dazmol mato.
|
|
Shimning o’rta chizig’iga yotqizib vitochka dazmollanadi. Vitochka ostida hosil bo’lgan taxlamalar yo’qotiladi.
|
III. Shim asosiy bo’laklariga namlab isitib ishlov berish
|
3.1.Old yarim bo’laklariga NII berish.
|
Dazmol, dazmol press.
|
|
Ishlov berish old bo’laklardan boshlanadi. Tizzadan pastda botiq chiziq hosil qilish uchun, ikkala old bo’lak o’ngi tomonlari ichkariga qaratib qo’yiladi, qirqimlari tikiladi, pastki qirqimini chap tomonga, yon qirqimini esa ishlovchiga qaratib qo’yiladi. Yon qirqimi namlanib bo’laklarni pastki qismini chap qo’l bilan asta-sekin odim qirqimi tomonga surib borib, o’ng qo’lda dazmolni yon qirqim bo’ylab yon tomonga pastga borib harakatlantiriladi. 1 tizza chizig’idan pochagacha bo’lgan uchastka o’rtasida hosil bo’lgan soliqi biriktirib dazmollanadi.
|
3.2. Shim odim qirqimiga ishlov berish.
|
|
|
Shim pochasidan boshlab yuqori tomonga tizza chizig’igacha yon va odim qirqimlari to’g’ri keladigan qilib, tizza chizig’idan boshlangan bukiq toyi esa yuqoridagi oldingi taxlamaga to’g’ri keladigan qilib, shim bo’laklari uzunasiga bukiladi.
|
3.3. Shim ort, yon va odim qirqimlariga NII berish.
|
|
|
Shim ort bo’laklari o’ngi tomonlarini bir-biriga qaratib qo’yib, qirqimlari tekislanadi. Bo’laklar yon qirqimini ishlashiga qaratib, pastki qirqimi o’ngga qaratib qo’yiladi. Tizza chizig’idan pochagacha yon qirqim kirishtirib dazmollanadi, keyin ort bo’laklar odim qirqimini ishlovchiga, pachosani esa o’ngga qaratib aylantiriladida, odim qirqimi ham yon qirqimi ham, kiritilib dazmollanadi. Bunday kirishtirib dazmollash bo’lak bukish joyida oyoq boldirlari qabarig’iga mos qabariq shakl hosil qilinadi.
|
Shimning yon qirqimlarini biriktirayotgan ort va old bo’laklarning o’ngi tomonini ichkariga qaratib qo’yiladi, qirqimlari va nazorat belgilari to’g’ri keltiriladi. Old bo’lak bo’ylab maxsus mashinada 10 mm kenglikda chok solib biriktirib tikiladi va chok yorib dazmollanadi. Yon choklari bostirib tikilgan shimda ort bo’lak qirqimlari old bo’lak qirqimlaridan 2 mm orttirib qo’yiladi. Old bo’lak o’ng tomonidan 7-8 mm kenglikda chok bilan bostirib tikiladi.
Odim choklarga ishlov berish
Shim balansining buzilishiga yo’l qo’ymaslik uchun, odim qirqimlarini biriktirib tikishda nazorat belgilari aniqlab olinadi. Buning uchun shimning har qaysi bo’lagini stol ustiga o’ngi tomonini yuqoriga qaratib, shim uzunligini stol uzunasiga old va ort bo’laklar odim qirqimlarini yon chok ustiga keltirib qo’yiladi. Qirqimlar qiyshayib qolmaydigan qilib qo’yiladi. Keyin ort va old bo’laklar o’ngi tomonini ichkariga qaratib, nazorat belgilari bilan qirqimlarini bir-biriga to’g’rilab qo’yiladi. Old bo’lak bo’ylab, 10 mm kenglikda chok bilan biriktirib tikiladi.
O’quv jarayonida qirqimlarni ko’klab olsa ham bo’ladi. Yakka tartibda buyurtma tarzida tikilganda, shim bo’laklari dazmollash stoliga ustki qirqimni chap tomonga, odim qirqimlarini esa yuqoriga qaratib (bunda odim choklari tizza darajasigacha, yon choklarga to’g’ri kelgan bo’lishi kerak) qo’yiladi va shim bo’laklariga qo’shimcha namlab-isitib ishlov beriladi. Zarurat bo’lsa, o’rta qirqimning eng botiq qismi cho’zib dazmollanadi, ortiqcha gazlama dumbalar qabarig’iga moslab kirishtirib dazmollanadi – shunday qilib shim bo’laklarining shakli oyoqlar tuzilishiga muvofiq bo’lishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |