6- amaliy mashg‘ulot
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini
bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘rganish
Vatanimiz hududlarida tabiiy ofatlarning ko’proq uchrab turishi uning tabiiy tuzilishi bilan bog’liqdir.
Har bir tabiiy ofat sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo’lishida geofizik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o’rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfsizligi buziladi, insonlar nobud bo’ladi, iqtisodiyot inshoatlariob’ektlariga turli darajada moddiy zarar etkaziladi.
Geofizik omillar- yerning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va boshqalar) natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlarni sodir etadi.
Geologik omillar- yerning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan va hozirgi vaqtgacha davom etib kelayotgan ichki va tashqi kuchlari paydo bo’ladigan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi.
Gidrogeologik omillar – yer ichki va yuzasidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi.
Atmosfera omillari – yerning atmosfera qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob-havo, ifloslanish, ozon qatlami va b) natijasida xavfli holatlarga olib keladi.
Tabiiy ofatlar quyidagi turlarga bo’linadi:
Geologik xavfli hodisalar: zilzila, er ko’chkilari, o’pirilish, to’proq emirilishlari;
Gidrometeorologik xavfli hodisalar: qor ko’chish, kuchli shamol (dovul), kuchli yog’ingarchilik (jala), sel, suv toshqini.
Epidemiologik, epizootik, epifitotik vaziyatlar.
Yuqorida qayd qilingan tabiiy ofatlar sodir bo’lish ko’lami, ya’ni ular qamrab olgan hududlarning kattaligiga qarab ham bir necha turlari: lokal, mahalliy, mintaqaviy va transchegarali turlarga.
SEL- kuchli oqim, ya’ni tog’ daryolari o’zanlarida to’satdan shakllanuvchi katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog’in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo’ladi. Odatdagi oqimlardan o’laroq, sel uzluksiz oqim sifatida emas, balki alohida to’lqinlar tarzida harakat qiladi, shuningdek, o’zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopishqoq massani olib keladi. Ayrim tosh va bo’laklarning o’lchami ko’ndalangiga 3-4 m3 ga etadi. Sel to’siqqa uchragandan so’ng, ularni oshib o’tadi va yanada kuchli bo’lib boradi.
Katta kuchga va yuqori tezlikka ega bo’lgan sellar o’z yo’llaridagi binolar, yo’llar, gidrotexnik va boshqa inshootlarni vayron qiladi, aloqa, elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog’lar, ekinzorlarni payhon etadi, inson va jonzotlarning nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi. Selni «tog’ ajdari» deb atashadi. Sel 10 mg’soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. Bitta joyning o’zida sel oqimlarining paydo bo’lish soni katta emas. Chunki sel hosil bo’lishi uchun faqatgina yog’ingarchilikning ko’p bo’lishi yetarli emas. Buning uchun yana suv oqimi olib ketishi mumkin bo’lgan tog’ massasi ham mavjud bo’lishi zarur. Tog’ massasi esa o’z navbatida tog’ jinslarining emirilishidan hosil bo’ladi. Uning paydo bo’lishi uchun 5-6 yildan 20-25 yilgacha vaqt ketadi.
Suv toshqini-daryo, ko’l, suv ombori yoki dengizda suv sathining ko’tarilishi natijasida joyning vaqtinchalik suv ostida qolishi. Suv toshqini qor va muzliklarning erishi, uzoq vaqt davomida yomg’ir yog’ishi, daryo o’zanlarining muz parchalari bilan to’silib qolishi, to’g’onlarning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ko’pgina suv toshqinlari suv oqimining shakllanish holatlariga bog’liq bo’ladi.
Gidrologlar barcha suv toshish hollarini to’rtga bo’ladilar:
Past – tekislik daryolarida 5-10 yilda bir marta kuzatiladi. Ba’zi tayyorgarlik tadbirlari ko’rilganda ular hayot faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Yuqori – ular har 20-25 yilda bir marta sodir bo’lib, daryo vodiylarining anchagina katta maydonlarini suv bosadi, ayrim hollarda kundalik turmush tarziga zarar etadi. Ba’zi hollarda odamlarga xavfsiz joylarga ko’chirishga to’g’ri keladi.
Suv toshqinlari kelib chiqish sabablariga ko’ra 6 turga bo’linadi:
Bahorgi muz va qorlarning erishi bilan bog’liq; yomg’ir yoki qish vaqtidagi qorlarning erishidan hosil bo’ladigan; daryo o’zanida oqimiga qarshilik bilan bog’liq; katta ko’l va suv omborlari qirg’oqlarida shamol yordamida hosil bo’ladigan; gidrotexnik inshootlar to’g’onlarining yorilishidan yuzaga keladigan va suv osti zilzilalari yoki vulqon otilishidan hosil bo’ladigan.
Suv toshqini chog’ida odamlar, qishloq xo’jaligi ekinlari va hayvonlar nobud bo’ladi, binolar, inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlariga shikast etadi yoki vayron bo’ladi, moddiy va madaniy boyliklar yo’qotiladi, xo’jalik faoliyati to’xtab qoladi, hosil nobud bo’ladi, hosildor er qatlami yuvilib ketadi.
Bundan tashqari ikkilamchi shikastlovchi omillar mavjud bo’lib, ularga qo’yidagilar kiradi: turli inshootlar mustahkamligiga zarar etishi, zarar ko’rgan omborlardan zaharli moddalarning suv bilan yuvilib, katta hududlarga olib ketilishi, sanitar-epidemiologik vaziyatning murakkablashuvi, joyning botqoqlikka aylanishi.
Bizning sharoitda toshqinlar bilan sellar doim kuzatiladi. Ular odatda qisqa vaqtda paydo bo’lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi, suv inshootlarining atrofini, qirg’oqlarini, ba’zan to’g’on va ko’priklarni yuvib ketadi, katta talofatlar keltirib chiqaradi.
Qor ko’chkisi-bu tog’ yonbag’irlarida harakatga kelgan va surilayotgan qor massasining o’pirilishidir. qor ko’chkisi doimiy qor qoplamiga ega bo’lgan barcha rayonlarda yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |