6- amaliy mashg’ulot: Abdulla Qodiriy lug‘atshunos Reja: 1



Download 145,73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.03.2022
Hajmi145,73 Kb.
#475955
Bog'liq
6- Amaliy mashgulot



6- Amaliy mashg’ulot: 
Abdulla Qodiriy - lug‘atshunos 
Reja: 
1. 
Adabiy-madaniy fenomenlar. 
2. 
Abdulla Qodiriy - lug‘atshunos.
 
Ko‘p asrli o‘zbek adabiyoti tarixidagi ikki adabiy asrni milliy adabiyotimiz 
tarixining oltin sahifalari, desak adolatdan bo‘ladi. Agar shu ikki asrning biri 
buyuk Navoiy nomi bilan munavvar bo‘lgan XV asr bo‘lsa, ikkinchisi Abdulla 
Qodiriy, Fitrat va Cho‘lponning porloq ijodlari bilan boshlangan o‘zbek adabiyoti -
tarixining yangi davri — XX asrdir. Shu ikki oltin asrning mash’allari bo‘lgan bu 
adiblarning har biri milliy adabiyotimiz tarixidagi mo‘‘jizaviy voqea va har biri 
adabiy fenomendir. 
Jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida shunday adabiy-madaniy 
fenomenlar – Dante va Shekspir, Hyote va Betxoven, Dikkens va Byorns singari 
adabiyot va san’atning buyuk darg‘alariga bag‘ishlangan entsiklopediyalar – 
qomuslar yaratildi. O‘tgan asrning 70 — 80-yillarida Ukrainada Taras 
Shevchenkoga bag‘ishlangan “Shevchenko so‘zligi”, Rossiyada “Lermontov”, 
Belorusiyada “Yanka Kupala” entsiklopediyalari maydonga keldi. So‘nggi yillarda 
esa Qirg‘izistonda “Manas”ga, Ozarbayjonda “Dada Qo‘rqut”ga va Rossiyada 
Dostoyevskiyga bag‘ishlangan entsiklopediyalar dunyo yuzini ko‘rdi. 
Shu kecha-kunduzda mamlakatimizda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad 
Boburga bag‘ishlangan adabiy qomuslar ustida qizg‘in ish olib borilmoqda. 
Shubhasiz, bu ikki qomusni, shuningdek, yaqinda Til va adabiyot instituti 
tashabbusi bilan boshlangan “Abdulla Qodiriy qomusi”ni yaratishga ilmiy-
madaniy zarurat talabi bilan kirishildi. 
Biror yozuvchi yoki san’atkorga bag‘ishlangan maxsus qomus yaratish uchun, 
birinchidan, shu yozuvchi yoki san’atkor o‘z xalqining milliy madaniyati tarixida 
olamshumul o‘zgarishlarni amalga oshirib, jahon adabiyoti va san’ati taraqqiyotiga 
ham muayyan hissa qo‘shgan, ikkinchidan, uning adabiy merosi to‘la bosilgan va 
eng muhim asarlari boshqa tillarga ham tarjima qilinib, shu xalqlarning ham badiiy 
mulkiga aylangan, uchinchidan, uning hayoti va ijodi mutaxassislar tomonidan 
chuqur va har tomonlama o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Abdulla Qodiriyning o‘zbek 
adabiyoti tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati, asosiy asarlarining nafaqat barcha 
turkiy tillarga, balki rus va nemis tillariga ham tarjima qilingani, hayoti, ijodi va 
adabiy merosi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab shu kunga qadar izchil o‘rganib 
kelinayotgani ham bizga bu ulug‘ adibga bag‘ishlangan maxsus adabiy qomusni 
yaratish imkonini beradi. 


Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, Abdulla Qodiriy ijodini o‘rganish 
ishini xatarli 30-yillarda ustoz Oybek boshlab bergan. Undan keyin Izzat Sultonov, 
Matyoqub Qo‘shjonov, Ibrohim Mirzayev, Umarali Normatov, Ahmad Aliyev, 
Sobir Mirvaliyev, Sherali Turdiyev, Bahodir Karimov, Aliboy Qahramonov, 
Xadicha Lutfullayeva, Nabijon Boqiy singari olim va jurnalistlar, shuningdek, 
adibning farzand va nevaralari Habibulla, Mas’ud, Xondamir va Sherkon 
Qodiriylar bu sohada ibratli ishlarni amalga oshirdilar. Ularning fidokorona ilmiy 
va targ‘ibotchilik faoliyatlari tufayli o‘zbek adabiyotshunosligida qodiriyshunoslik 
fan tarmog‘i yuzaga keldi. Biz qodiriyshunoslik ilmiga katta hissa qo‘shgan olim 
va jurnalistlarning davr po‘rtanalarida o‘z qimmatini yo‘qotmagan asarlaridan 
barakali foydalanish va ulardan olinajak adabiy-tarixiy va adabiy-nazariy 
lavhalarni ular nomi bilan e’lon qilish niyatidamiz. 
“Abdulla Qodiriy qomusi” ustidagi ish qodiriyshunoslarning to‘ng‘ich va o‘rta 
avlodi hayotni tark etgan, Umarali Normatov, Sobir Mirvaliyev singari taniqli 
qodiriyshunoslar keksaygan, qodiriyshunoslarning yangi avlodi esa hali 
shakllanmagan bir vaqtda boshlanmoqdaki, bu hol fursatning g‘oyat g‘animat 
ekanligiga ishora bo‘lib, undan tez va samarali foydalanishni taqozo etadi. 
Ana shunday bir paytda “Abdulla Qodiriy qomusi” loyihasi o‘z atrofiga 
respublikamizdagi barcha ilmiy va ijodiy kuchlarni jalb etishni taqozo etadi. 
Abdulla Qodiriy tarixning muayyan davrida yashagan va badiiy adabiyotning 
asosan roman janrida ulkan ijodiy ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa ham, uning ikki 
buyuk romani haligacha o‘zbek kitobxonlarining eng sevimli asarlari o‘laroq 
o‘qilib, ardoqlanib keladi. Abdulla Qodiriydan keyin roman janriga murojaat etgan 
yozuvchilar esa uning romannavislik an’analarini davom ettirib va imkon qadar 
rivojlantirib kelmoqdalar. Adib va uning “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan 
chayon” romanlari kino, teatr va tasviriy san’at namoyandalariga ham ilhom berib, 
ular ijodidagi muhim yo‘nalishlardan birini tashkil etgan. Bu yo‘nalishning bosh 
masalasi esa badiiy asarning kino, teatr, muzika va tasviriy san’atdagi talqini 
masalasidir. 
Yuqoridagi fikrni xulosalab aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy ijodkor sifatida 
yashab o‘tgan emas, balki hozir ham barhayot, zamonaviy o‘zbek adabiyoti va 
boshqa san’at turlari rivojiga faol ta’sir ko‘rsatayotgan adibdir. Shu ma’noda, 
“qomus” mualliflari oldida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi misolida o‘zbek 
xalqining XX asr va XXI asr boshidagi siyosiy, ijtimoiy, adabiy va madaniy 
tarixini yaratishdek o‘ta murakkab va mashaqqatli vazifa turadi. 
“Abdulla Qodiriy qomusi”ning bosh vazifasi adib hayoti va ijodi, u yashab ijod 
qilgan tarixiy davr, shu davrdagi adabiy-madaniy jarayon bilan tanishtirish, adib 
ijodining umuminsoniy va umummadaniy ahamiyatga molik tomonlari va badiiy 


mahorati “sir”larini, adib romanlarining O‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti ravnaqiga, 
xususan, bu milliy adabiyotlarda roman janrining tug‘ilishiga ko‘rsatgan ta’sirini, 
adib bilan uning ustozlari, zamondoshlari va izdoshlari o‘rtasidagi ijodiy rishtalarni 
yoritib berishdan iborat. 
Abdulla Qodiriy qalamkash birodarlari Fitrat, Cho‘lpon va Hamza bilan birga 
yangi o‘zbek adabiy tiliga asos soldi. Ammo shu bilan birga, adib asarlarida 
mumtoz o‘zbek adabiyoti tiliga xos xususiyatlar oz emas. Bu hol Abdulla Qodiriy 
asarlari misolida yangi o‘zbek adabiy tilining shakllanish jarayonini kuzatish 
imkonini beradi. Adib ijodining shunga o‘xshash masalalari “Abdulla Qodiriy 
qomusi”da adabiyotshunoslardan tashqari, tilshunos, folklorshunos, san’atshunos, 
dinshunos, faylasuf va etnograf olimlarning ham ishtirok etishini taqozo etadi. 
Shu vaqtga qadar yaratilgan adabiy qomuslarda bo‘lganidek, “Abdulla Qodiriy 
qomusi” asosan besh qismdan: a) adib ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy, ya’ni 
tahliliy maqolalar; b) adib zamondoshlari, izdoshlari, tadqiqotchilari va hokazolar 
haqidagi biografik maqolalar; v) adib asarlarida zikr qilingan tarixiy shaxslar, joy, 
asar, muassasa, me’moriy obida, o‘simlik, kiyim-kechak va hokazolar haqidagi 
ma’lumotnomalar; g) adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyot hamda 
adib asarlari bibliografiyasi; d) adib asarlari tilining chastotali lug‘atidan tashkil 
topadi. Shu besh qismning dastlabki uchtasi, o‘z navbatida, bir necha qismchalarga 
ajralib, bu qism va qismchalarda berilajak maqola va materiallar kitobxonlarga 
adib yashagan tarixiy davr, uning adabiy muhiti va zamondoshlari, shajarasi, 
qarindosh-urug‘lari, badiiy olami, asarlarining qardosh xalqlar adabiyotiga 
ko‘rsatgan ta’siri va hokazolar haqida malakali tasavvur beradi. Umid qilamizki, 
“Abdulla Qodiriy qomusi”ning yaratilishi madaniy hayotimizda sezilarli voqea 
bo‘ladi. 
Ammo bu sharafli loyiha qatnashchilari oldida o‘ta murakkab vazifalar va 
muammolar borki, bu muammolarni ham ilmiy jamoatchilik yordamida hal qilish 
mumkin. 
1.Entsiklopediya (qomus) “janr”ining qonun-qoidalariga ko‘ra, adibning ota-onasi, 
zamondoshlari, tadqiqotchilari va boshqa shaxslarga bag‘ishlangan maqolalarda 
ularning tug‘ilgan, vafot etgan sana va joylari qayd etilishi lozim. Baxtga qarshi, 
Abdulla Qodiriyning aksar qarindosh-urug‘lari, mahalladoshlari, yor-do‘stlari, turli 
sohalarga mansub zamondoshlarining tug‘ilgan va vafot etgan sanalarini aniqlash 
oson emas. 
2.Abdulla Qodiriy qalamiga mansub birorta asar matni bizgacha yetib kelmagani 
uchun (ular tintuv paytida olib ketilib, kuydirib tashlangan) ularni nashr nusxalari 
bilan solishtirish imkoniyati yo‘q. Ammo shu narsa aniqlandiki, adibning ayrim 
asarlari dastlab gazeta yoki jurnalda, keyin esa kitob shaklida nashr etilganida, 


ma’lum bir tekstologik (matniy) o‘zgarishlarga uchragan. Bu hol “qomus”da adib 
asarlari matni tarixini berishdan avval jiddiy tekstologik (matniy) tadqiqotlar olib 
borishni taqozo etadi. 
3.Abdulla Qodiriy mashhur hajvchi adib sifatida 20 – 30-yillarda “Mushtum” 
jurnalida ko‘plab hajviy asarlarni e’lon qilgan va ularni turli taxalluslar bilan 
imzolagan. Adib istifoda etgan taxalluslarning mavjud ro‘yxatlarini to‘la va aniq 
deyish qiyin. Masalan, “Mushtum” taxallusidan 20-yillarda Qodiriyning ham, 
Cho‘lponning ham, G‘ozi Yunusning ham foydalangani ma’lum. Bu hol 
“Mushtum” jurnali va boshqa nashrlarda e’lon qilingan hamda adibga mansub deb 
kelingan hajviy asarlarni uslub nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. 
4.Abdulla Qodiriy aksar asarlari matnida tasvir etilgan voqea yoki shaxsga oid fikr 
yoki ma’lumotdan tashqari boshqa pinhona fikrlar qatlami yo‘q emas. Masalan, 
adib hajviyalarida kimning ustidan kulish emas, balki kulgi vositasida ifodalangan 
boshqa maqsad ham bo‘lishi tabiiy. Ammo bu hol ko‘pincha qodiriyshunoslar 
e’tiboridan chetda qolib kelgan. “Qomus”da, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, 
adibning har bir asari haqida tahliliy maqola berilganida, shu asar zamirida yotgan 
tagma’noni, badiiy niyat va maqsadni ilg‘ab olish va yoritish lozim bo‘ladi. 
5.Ilmiy guruh tomonidan olib borilayotgan izlanishlar shundan darak beradiki, 
xorijiy arxiv, fond va kutubxonalarda Abdulla Qodiriy yoki uning asarlarida 
tasvirlangan tarixiy voqea va shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘q emas. Ammo bu 
ma’lumotlarning aksari ingliz tilida bo‘lgani sababli, ular bilan inglizzabon tarixchi 
yoki adabiyotshunoslar yordamida tanishib chiqish va zarur ma’lumotlarni o‘zbek 
tiliga tarjima qilinishiga erishish maqsadga muvofiq. 
6.Xorijiy mamlakatlarda e’lon qilingan adabiy entsiklopediyalar faqat yuksak 
poligrafik ijrosi bilangina emas, balki illyustrativ materiallarga boyligi bilan ham -
kitobxonlarni hayratga soladi. Bizning san’atkorlarimiz, xususan, rassomlarimiz va 
hunarmandlarimizda ham Abdulla Qodiriy va uning asarlariga, umuman, o‘zbek 
madaniyatiga shunday katta hurmat va muhabbatning san’at asari shaklida 
reallashuvini umid qilib qolamiz. 

Download 145,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish