7 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Doimiy tok qonunlari
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. EYuK 12 V bo'lgan batareya ulangan zanjirdagi tok kuchi 2 A va ba`tareya qisqichlaridagi kuchlanish 8 V ekanligi ma'lum bo'lsa, batareyaning ichki qarshiligini hamda zanjirning tashqi qarshiligini aniqlang.
2. Qarshiligi 1000 Ω bo'lgan voltmetrga 500 Ω qo'shimcha qarshilik ketma-ket qilib ulanganda asbobning o'lchash chegarasi qanday o'zgaradi ? Agar u 24 V kuchlanishni o'lchashga mo'ljallangan bo'lsa, endi u bilan qancha kuchlanishni o'lchash mumkin ?
3. Tok manbayining EYuK 2 V. Qisqa tutashuv toki 25 A bo'lishi uchun manbaning ichki qarshiligi qanchaga teng bo'lishi kerak ?
Do'stlaringiz bilan baham: |