Javoblar: 1) r=8 Ω 2) n=6, I2=24 A 3) I=0,5 A, η=97,9 %
8 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Turli muhitlarda elektr toki
Nazorat shakli: Test
I – variant
1. Elektronlar otilib chiqadigan elektrod qanday ataladi ?
A) katod B) kation C) anod D) diod
2. Gapni to'ldiring: " …. larning qizishi tufayli ulardan elektronlarning uchib chiqish hodisasi termoelektron emissiya deb ataladi."
A) O'tkazgich B) Dielektrik C) Metallar D) Modda
3. Uch elekrtrodli lampa qanday ataladi ?
A) anod B) diod C) triod D) katod
4. Metall o'tkazgichlar qizdirilganga ularning elektr o'tkazuvchanligi qanday o'zgaradi ?
A) kamayadi B) avvaliga o'zgarmay keyin keskin ortadi
C) ortadi D) avvaliga o'zgarmay keyin keskin kamayadi
5. O'ta o'tkazuvchanlik kim tomonidan kashf etildi ?
A) Kuper B) Bogolyubov C) A-B javoblar to'g'ri D) Kamerling-Onnes
6. O'ta o'tkazgichlarning elektr qarshiligi temperaturaga qanday bog'liq ?
A) temperatura ko'tarilsa, keskin kamayadi B) temperatura ko'tarilsa, chiziqli ortadi
C) temperatura pasaysa, chiziqli kamayadi
D) T=0 ga yaqin temperaturada keskin pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |