Javoblar: 1) t=1,5 min 2) t= 40 s S1=400 m 3) S1/S2=1,25 marta
2 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: To'g'ri chiziqli harakat
Nazorat shakli: Test
I – variant
1. Quyidagi harakatlardan qaysi biri tekis o’zgaruvchan harakatga misol bo’la oladi ?
I. Tezligi bir xilda kamayib borayotgan jism harakati
II. Tezligi bir xilda ortib borayotgan jism harakati
III. Bir tekisda tormozlanayotgan jism harakati
IV. Tezligi o’zgarmas bo’lgan jism harakati
A) I, II, IV B) Faqat IV C) I, II, III D) I, II, III, IV
2. Boshlang’ich tezligi 2,5 m/s bo’lgan moddiy nuqta 0,1 m/s2 tezlanish bilan 10 s da qancha yo’lni bosib o’tadi ?
A) 10 m B) 25 m C) 12,5 m D) 30 m
3. 12 m balandlikdan tushgan koptok 4 m balandlikka ko’tarildi. Koptokning yo’li va ko’chishi qanchaga teng ( m ) ?
A) 10 m, 8 m B) 16 m, 8 m C) 8 m, 16 m D) 8 m, 8 m
Do'stlaringiz bilan baham: |