11.3. Standartlarning mahsulotlarni sifat ko’rsatgichlarini oshirishdagi roli
Sanoatda ilg’or ilmiy ma’lumotlarni kengayishi.
Chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi, butunday yangi bosqichi uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatmoqda. Mahsulot sifati muammosini hal etish yana shuning uchun murakkabki kompleks holatning o’zida ham ilmiy tehnikaviy, ham ihtisodiy, ham sostial muammodir. Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish iste’mol qilishning barcha bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loyiha konstruktorliq texnologik ish olib borish jarayonida undan foydalanish ommaviy joriy qilishda shakllanadi. Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi forma va metodlari to’g’risida gapirishdan oldin mahsulot sifati va mehnat sifati tushunchalarini ko’rib chiqaylik. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini sindirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning uzluksiz jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq – xo’jaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan barcha moddiy boyliklar mahsulot deb ataladi. Mahsulot tushunchasi umumlashtiruvchi bo’lib ham mahsulotni o’z ichiga oladi.
Standartlashtirish ob’ektlarini asosiy qoidalari quyidagilar hisoblanadi. Standartga keltirish standartga keltirish ob’ektlari va standartga keltirishning maqsadi tushuniladi. Shulardan birinchisi standartga keltirish bunda ba’zi hollarda keltirish o’rniga solish bo’lishi mumkin. Ma’lum sohada aniq mavjud bo’lgan yoki potensial vaziyatlarga nisbatan hamma tomondan va ko’p marta foydalanish uchun qoidalarni belgilash vositasida maqbul darajada tartibga solishda va erishishga qaratilgan faoliyat, standartga keltirishning ob’ekti esa mahsulot yoki uni yaratishni, ishlab chiqarishni, joriy qilishni ta’minlaydigan qoidalardir. Korxona standartini tayyorlashda va uni ishlab chiqarishga joriy etishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
-standartlashtirilgan jarayonni va ob’ektni aniqdash;
-jarayon va ob’ektni yaxshilab o’rganish;
-texnik topshirig’ini tuzish uni korxona rahbarlari muhokamasida o’tkazish;
-korxona standartining birinchi loyihasini tayyorlash;
-loyihani u aloqador bulgan bo’lim va tashkilotga taqriz va taklif qilish uchun tarqatish;
-korxona standartining 2-chi redaksiyasini ilmiy-texnika sovetida ko’rib chiqish va foydalanishga topshirish.
Korxona standartini muhokama qilishda qancha ko’p xodim ishtirok esta, standartni qo’llanishda samaradorlikka shunchalik tez erishiladi. Korxona standartini ishlab chiqarish hamda joriy etish butun ishchilar ishi bo’lib, umumiy mehnat intizomini mustahkamlaydi, ish unumdorligini va mahsulot sifatini oshmradi. Natijada sifatsiz mahsulotlar chiqishini oldi olinadi. Har qanday mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini shakllanishida ularga qo’yiladigan asosiy talablardan mahsulotlarni tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar tayyorlanadigan xom ashyo mahsulotlarini, normativ texnik hujjatlar tomoinidan qo’yiladigan talablar, ularni ishlashda qo’yiladigan resepturasi qadoqlash tashish mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini mukammallashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa hozirgi bozor iqtisodiyoti paytida har bir mahsulotni sifat ko’rsatkichiga juda katta talablar qo’yilmoqda. Shuning uchun hozirgi sharoitda mahsulotlarni bozordagi harid tomonlari sifat ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun mahsulotga talab bozor iqtisodiyotida o’sib boradi. Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari doim yuqorilashib boradi. Firmalar orasida raqobatchilik ortib boradi. Ohirgi paytda mahsulotning sifat ko’rsatkichini aniqlashda, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarini o’rganishda kvalimetriya usuli qo’llaniladi. Boshqarishda mahsulotlarni faqat bir ko’rsatkich bilan ularga baho berish mumkin. Masalan, namatakning tarkibidagi askarbinni miqdoriga qarab uni sifat ko’rsatkichiga baho beriladi. Agarda tayyor mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini har tomonlama o’rganilganda uning fizik kimyoviy tomonlari o’rganilsa bu usul komrleks usul deyiladi va bu usul mahsulotlarni normativ texnik asoslarini tashkil etadi. Demaq har qanday mahsulotlarni ishlab chiqarish u mahsulotlar bazis ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Tekshiruvchi tashkilotlar tarafidan mahsulotlar tekshirilganda tekshirilayotgan mahsulotlar albatta biznes talabiga javob berishi kerak. Shuning uchun ishlab chiqarish mashxur bo’lgan injener texnik xodimlar tekshirish uchun bazis ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mahsulotlar taqdim etish kerak.
Defferensial ko’rsatkich orqali sifat ko’rsatkichlarini aniqlash formulasi.
Bazaviy ko’rsatkichlari.
Mahsulotlarni ko’rsatkichlari.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirishda ishlatiladigan har xil usullar texnik mahsulotlarni birlamchi ko’rsatkichi keng holda bo’lsa hamda o’tkaziladigan tekshirishlar defferensial usullar bilan xulosa qilishi imkoniyati bo’lmagan taqdirda u holda xar-xil usullar qo’llaniladi. Bu holda mahsulotlarni tarkibidagi sifat ko’rsatkichlarini aniqlovchi asosiy ko’rsatkichlarga to’liq holda ta’sir ostiga oladi va bu bilan sifatning plandagi darajasiga erishish imkonini yaratib beradi. Korxona sifatining metodik prinsiplari sistema standartlarini muntazam ravishda belgilangan davrda qayta ko’rib chiqishni nazarda tutadi. Bu paytda sifat sohasidagi, fan va texnikadagi barcha yangiliklarni, ertangi kun talablariga bo’lgan zaruriyatni hisobga olgan holda ularga o’zgartirishlar kiritiladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishini rejalashtirish doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqiyosida amalga oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlarga iste’molchilarning talabi bo’lmasa bu tovarlarni yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish yangi tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy nazorat va ishlab chiqarish tamoyillarini bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Hozirda xalqaro mehnat bozorida resurslar taqsimoti va ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish tovarlarini yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqiyosida texnika tehnologiyalarni rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish tovarlari raqobatini oshirishga olib bormoqda. Shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishlab chiqarish korxonalarni yangidan ta’min etilishi shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib borishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |