1
5A210201– Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) mutaxassisligi uchun
Urganch - 2021 yil
2
Dastur 5A210201 –Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) magistratura
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5210200 – Psixologiya (faoliyat turlari
boʻyicha) ta’lim yo’nalishining 2017/2018 oʻquv yilida tasdiqlangan oʻquv
rejasidagi umumkasbiy fanlar asosida tuzilgan.
TUZUVCHILAR:
Nurullayeva.B.B – UrDU «Pedagogika va Psixologiya» kafedrasi mudiri, ps.f.n.,
dotsenti.
Urazboyeva.D.A. UrDU «Pedagogika va Psixologiya» kafedrasi ps.f.n., PhD.
TAQRIZCHILAR:
I.S.Iskandarov - UrDU, «Pedagogika va Psixologiya» kafedrasi dots
Sh.Q.Ismoilova
-O`zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruv akademiyasi
“Boshqaruv mahorati” kafedrasi dotsenti p.f.n
Dastur Pedagogika fakultetining 2021 yil 1-iyuldagi № 11 sonli Kengashi
yig’ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
Hozirgi kunda mamlakatimizda psixologiya sohalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Umumiy psixologiya fani psixologiya yo‘nalishlarida asosiy
vazifalaridan birini egallaydi. U boshqa fanlarni o‘qitishda asos sifatida xizmat
qilishi mumkin.
Umumiy psixologiya fani jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Psixologik
tadqiqotlar, insonlarni holatlarini (emotsiyalarini, ehtiyojlarini, motivlarini)
boshqarish ularni yo‘naltirish umumiy psixologiyaning asosiy vazifalari sirasiga
kiradi. Umumiy psixologiya fani ijtimoiy gumanitar, tabiiy va aniq fanlar bilan
uzviy bog’langan. Ularning metodologiya va ilmiy printsiplaridan foydalanadi.
5A210201
– Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura
mutaxassisligi psixologiya fanining vazifalari, tarixi, zamonaviy holati,
zamonaviy yo‘nalishlari kabilarni qamrab oladi. Shuningdek, umumiy psixologiya
fani predmeti, maqsadi va vazifalari. Umumiy psixologiya bo‘limlari, umumiy
psixologiyaga bo‘lgan bugungi talablar. Umumiy psixologiya tarixi, eng ahamiyatli
yo‘nalish va tarmoqlari. Umum psixologik holatlar va jarayonlari. Umumiy
psixologiyaning zamonaviy tuzilishi, umumiy psixologiyaning zamonaviy usullari
kabi muhim kategoriyalar majmuasini tashkil etadi.
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklariga
kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 5 ta umumkasbiy
fanlari bo‘yicha: “Umumiy psixologiya”, “Eksperimental psixologiya.
Psixodiagnostika”,
“Sotsial psixologiya”, “Taraqqiyot psixologiyasi va
differentsial psixologiya”, “Tibbiyot psixologiyasi” kabilardan test savollari
shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |