5А110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) yo‘nalishi magistranti Xurramov Anvar Vafokulovich mavu: oliy ta’lim muassasasi



Download 1,1 Mb.
bet2/4
Sana30.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#105767
1   2   3   4
Bog'liq
(7-mavzu) Oliy ta'lim muassasasi Referat

Akademiya — muayyan bilim sohalari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha bliy va undan keyingi ta ’limning kasbiy ta ’lim dasturlarini amalga oshiradi; ma’lum sohalar uchun oliy malakali kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi; fan, madaniyat, san’at sohalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajaradi; o‘z faoliyati sohasida yetakchi ilmiy va uslubiy markaz bo'ladi.

Institut — odatda, bilimlarning bir sohasida oliy va undan keyingi ta ’limlaming kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi; xalq xo'jaligining ma’lum sohasi uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi; amaliy va fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

2. Oliy maktablaming maqsadi — oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha kasbiy dasturlarini ruyobga chiqarish orqali talaba yoshlarni yuqori malakali, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, raqobatbardosh mutaxassislar qilib yetishtirishdan iborat.

3. Oliy maktablaming vazifalari: — talabalar shaxsining intellektual, madaniy, m a’naviyaxloqiy kamol topishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish; — talaba yoshlar shaxsini - mamlakatimiz fuqarosini Vatan, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;

— mamlakatimizda ilm-fanni taraqqiy ettirish, ilmiy tadqiqotlar natijalari, tavsiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish; — jamiyatimizning, xalqimizning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va ko‘paytirish; — aholi o ‘rtasida ilmiy bilimlarni keng tarqatish, xalqning madaniy va bilim darajasini ko‘tarish.

4. Oliy ta ’lim muassasalari o‘quv - ilmiy-uslubiy majmualar shaklida tuziladi. Oliy o‘quv yurtining tarkibida fakultetlar, kafedralar bilan bir qatorda akademik litsey, kasbhunar kolleji, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari (institutlari), biznes maktabi, kompyuter markazi, axborot texnologiyalari, masofaviy ta’lim, pedagogik texnologiyalar markazlari, ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, konstruktorlik buyurolari kabi bo'linm alar ham bolishi mumkin. Masalan, Qarshi Davlat universiteti tarkibida fizikamatematika, kimyo, geografiya, biologiya, tuproqshunoslik, kasbiy ta’lim, o ‘zbek filologiyasi, xorijiy tillar, tarix, pedagogika va psixologiya, musiqa, iqtisodiyot, jismoniy madaniyat, sirtqi ta ’lim fakultetlari mavjud. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, akademik litsey, litsey - internat, gimnaziya, biznes maktabi, xalqaro biznes maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, universitet tarkibida kompyuter markazi, O'zbckiston tarixini o‘t'ganish markazi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, bir nechta ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, konstitutsiyani o ‘rganish markazi,
m a’naviyat va m a’rifat bo‘limlari ishlab turibdi. 5. Oliy maktabni boshqarish — yakka rahbarlik va oily o ‘quv yurtining homiylar kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg‘unlashtirish prinsipi asosida amalga oshiriladi. Oliy o'quv yurtini bevosita boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tayinlagan rector tomonidan amalga oshiriladi. 6. Oliy ta’lim to ‘g‘risidagi nizomga muvofiq oliv o'quv yurti faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rish uchun ilmiy kengash tashkil etiladi. Ilmiy kengashga rektor raisiik qiladi, kengash tarkibiga, shuningdek, prorektorlar, fakultet dekanlari, bitiruvchi kafedralarning mudirlari, kasaba qo'mitasi vakillari kiradi. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari fakultetlarning yig‘ilishlarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi, ularning sonini rektor belgilaydi. Ilmiy kengash nizomga binoan faoliyat ko‘rsatadi.

7. Oliy o ‘quv yurtini boshqaruvchi jamoatchi organ sifatida homiylar kengashi tuziladi. Uning tarkibiga muassis vazirlik, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg‘arma va homiylar, boshqa ta ’lim muassasalarning vakillari kiradi. Uning faoliyati homiylar kengashi to ‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

8. Oliy o ‘quv yurtida kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Ular talabalar va xodimlar manfaatlarini himoya qiladi. Ularning huquq va burchlari oliy o ‘quv yurtining nizomida ko‘rsatiladi. Rektorat va ilmiy kengash oliy o‘quv yurti jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko‘rib chiqadi va o ‘z faoliyatida ularni hisobga oladi.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish