4.Algoritmlar va dasturlash tillari fanidan savollar
1.Hafta kunlari quyidagicha tartibda berilgan. 0-yakshanba, 1-dushanba, 2-seshanba, 3-chorshanba, 4-payshanba, 5-juma, 6-shanba. 1-365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yanvar payshanba bo’lsa, kiritilgan K - kun haftaning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.
2. Svetofor chiroqlari quyidagicha tartibda berilgan. 1-qizil, 2-sariq, 3-yashil. 1-100 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yongan chiroq yashil bo’lsa, K - chi chiroq yonganda yo’ldan o’tish mumkin yoki yo’qligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
3. Hafta kunlari quyidagicha tartibda berilgan. 1-dushanba, 2-seshanba, 3-chorshanba, 4-payshanba, 5-juma, 6-shanba, 7-yakshanba. 1-365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yanvar seshanba bo’lsa, kiritilgan K - kun haftaning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.
4. Viloyatlar alifbo tartibi bilan(1-Andijon 2- Farg’ona 3-Namangan.) hamda N natural soni berilgan. Xorijlik investorlar xar oyda xar hil viloyatga tartib bilan tashrif buyurishadi. Har safar tashrif buyurganda undan oldin tashrif buyurgan(oldingi tartibdagi)viloyatdan ham vakillar taklif etiladi. Agar xorijlik investorlarning 1-tashrifi Andijonga bo’lsa N-tashrif buyuriladigan viloyat nomi va unga taklif etiladigan vakillarning qaysi viloyatdan ekanligi aniqlovchi dastur tuzilsin.
5. A,B,C butun sonlar berilgan. Tomonlari A va B bo`lgan to`g`ri to`rtburchakka tomoni C bo`lgan kvadrat eng ko`p joylashtirilsin. To`g`ri to`rtburchakka eng ko`p joylashgan kvadratlar soni va joylashmay qolgan qismi yuzasini aniqlovchi dastur tuzilsin.
6. Dushanbadan boshlanuvchi oy kunini bildiruvchi son berilgan. Berilgan shu oy kuni oyning nechinchi dekadasi(10-kunligi) hamda haftaning qaysi kuniga to’gri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.
7. Shaxmat doskasining x, y koordinatalari berilgan (x,y 1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Doskaning chap pastki maydoni (1,1) qoraligini hisobga olgan holda berilgan (x, y) maydon qanday rangdaligi aniqlansin.
8. Shaxmat doskasining x, y koordinatalari berilgan (x,y 1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Doskaning chap pastki maydoni (1,1) qoraligini hisobga olgan holda undagi ikkita turli maydon bir xil rangda yoki xar xil rangdaligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
9. Yil berilgan (musbat butun son). Berilgan yilda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzilsin. Kabisa yilida 366 kun bor, kabisa bo’lmagan yilda 365 kun bor. Kabisa yil deb 4 ga karrali yillarga aytiladi. Lekin 100 ga karrali yillar ichida faqat 400 ga karrali bo’lganlari kabisa yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 1900 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili.
10. Sharq kalendarida 60 yillik davr qabul qilingan. Yil muchali 5 ta rang (yashil, qizil, sariq, oq va qora) va 12 ta hayvon (sichqon, sigir, yo`lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo`y, maymun, tovuq, it va to`ngizlardan) nomlaring kombinatsiyasidan kelib chiqadi. Yilni bildiruvchi songa qarab uning muchalini aniqlovchi dastur tuzilsin. 1984-davr boshi: “Yashil sichqon yili”.
11. Ikkita burj vaqtlarini aniqlovchi butun son berilgan: D(kun), M(oy). Berilgan sana qaysi burjga kirishini aniqlovchi dastur tuzilsin.“Qovg`a (20.1-18.2)”, “Baliq (19.2-20.3)”, “Qo`y (21.3-19.4)”, “Buzoq (20.4-20.5)’, “Egizaklar (21.5-21.6)”, “Qisqichbaqa (22.6-22.7)”, “Arslon (23.7-22.8)”, “Parizod (23.8-22.9)’, “Tarozi (23.9-22.10)”, “Chayon (23.10-22.11)’, “O`qotar (23.11-21.12)’, “Echki (22.12-19.1)”.
12. n butun soni berilgan (n >= 0). Quyidagi yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. S = n2 -(n+1)2+(n+2)2 - … (-1)n(2*n)2
13.Oy nomlarini tartibi(1 – oy yanvar …..12-dekabr)bilan hamda N,K(N>12,K>12,K>N) musbat sonlar berilgan. Agar bino qurilishi N-oyda boshlanib K-oyda tugagan bo’lsa bino qurilishi qaysi oylar oralig’ida bo’lganligi aniqlansin.Misol N=14 K=17 bo’lsa fevral hamda may oylarida.
14. Hafta kunlari quyidagicha tartibda berilgan. 1-dushanba, 2-seshanba, 3-chorshanba, 4-payshanba, 5-juma, 6-shanba, 7-yakshanba. 1-365 oraliqda yotuvchi K hamda N(N 1-7gacha bo`lgan hafta kunlari sonini bildiradi)soni berilgan. Agar 1-yanvar N chi kunga to`g`ri kelsa, kiritilgan K - kun haftaning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlovchi dastur tuzilsin.
15. n butun soni va a haqiqiy soni berilgan (n > 0). Bir sikldan foydalanib quyidagi a ning 1 dan n gacha bo’lgan barcha darajalarini chiqaruvchi va yig’indini hisoblovchi dastur tuzilsin. 1 - a + a2 - a3 + … (-1)n an shart operatoridan foydalanilmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |