III.Yangi mavzu. Yurt obodonchiligi, Adabiyot va san’at
Amir Temur mamlakatning, xususan, poytaxt Samarqandning obodonchiligiga alohida e’tibor berdi va uni dunyoning go‘zal shahriga aylantirishga qaror qildi.U ulkan bunyodkorlik ishini Samarqandning mudofaa devorlarini tiklashdan boshlattirdi. Shaharga bu devorlarga o‘rnatilgan oltita
darvoza orqali kiriladigan bo‘ldi. Samarqandga Zarafshon daryodan suv keltirildi.Temuriylar davri me’morchiligining ajoyib namunasi Amir Temurning qarorgohi — Ko‘ksaroy shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan darajada hashamatli qilib qurildi. Amir Temur ayni paytda turmush o ‘rtog‘i Bibixonim (Saroymulkxonim) nomi bilan ataluvchi Jome masjidi ham qurdirdi.
Amir Temur 1403-yilda yosh vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun maqbara qurdirdi.1405-yilda Amir Temur vafot etgach uning o ‘zi ham shu yerga dafn etildi va
maqbara «Go‘ri Amir maqbarasi» deb atala boshlandi. Bu maqbara dunyoda mashhur me’moriy inshootdir.Go‘ri Amir Temuriylaming sulolaviy xilxonasiga maqbarasi. aylandi. Keyinchalik, bu maqbaraga Amir Temurning o‘g‘illari Umar Shayx, Mironshoh va Shohrux, nabirasi Mirzo Ulug‘bek hamda Amir Temurning piri Sayyid Baraka sag‘analari ham qo‘yildi. Maqbara gumbaz bezaklari-
ning jilosi har qanday kishini hayratga soladi.Amir Temur poytaxt Samarqand atrofida o‘ndan ortiq bir-biridan go‘zal bog‘-rog‘lar barpo ettirdi. Ularning eng mashhuri «Bog‘i
Dilkusho» deb atalardi.1404-yilda Samarqandga kelgan Ispaniya elchisi Gonzales de Klavixo
o‘z esdaliklarida bu bog‘da favvoradan suv otilib turganligini, bog‘ga kiriladigan darvoza juda keng va u oltin hamda boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilganligini, shuningdek, ustiga taxtiravon o‘matilgan oltita fil ham borligini yozib qoldirgan.Bir so‘z bilan aytganda, Amir Temur davrida Samarqandning dovrug‘i tillarda doston bo‘ldi. Amir Temur Movarouimahrning boshqa shaharlarida, jumladan, Shahrisabz shahrida ham ajoyib m e’moriy obidalar bunyod ettirdi. Ulardan biri otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga qurdirgan maqbara edi.Turkiston shahrida buyuk mutafakkir Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan maqbara, Toshkent viloyatidagi Zangiota me’moriy majm uasi ham yuksak nam unadagi m e’moriy inshootlardir. Alisher Navoiy (1441 — 1501). 0 ‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, o ‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug‘ildi.Otasi G ‘iyosiddin Bahodir Temuriylar xizmatida b o ‘ldi. Shu tufayli Alisher temuriyzoda, keyinchalik hukmdor bo‘lib yetishgan Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalandi.
Alisher Navoiy 4 yoshidan maktabda ilm o ‘rgandi. Turkiy va forsiy tillardagi
she’rlarni yod oldi. 1 0 —12 yoshidan boshlab esa o‘zi ham she’r yoza boshladi.Uning she’riyatga bo‘lgan ixlosi va iste’dodi hatto o‘z davrining mashhur shoiri Lutfiyni ham hayratga soldi. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida elga tanildi. Turkiy (o‘zbek) tilidagi she’rla- rini «Navoiy» va forsiy tilidagi she’rlarini «Foniy» taxallusi bilan yozdi. Turkiy tilda birinchi beshta katta kitob — shoh asari «Xamsa»ni yaratdi. Ungacha nazm, asosan, fors tilida yaratilgan.Bu asar o‘zbek adabiyotining shuhratini olamga yoydi. Jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.Bundan tashqari, o‘zbek tilidagi she’rlarini to ‘plab, to ‘rt qismdan iborat «Ma’nolar xazinasi» devonini tuzdi.Keyinchalik esa forsiy tilda yozgan she’rlarini to ‘plab «Devoni Foniy»ni yaratdi. Bu bilan forsiy she’riyat taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shdi. Kamoliddin Behzod (1455 — 1536).2 0 ‘z davrining buyuk rassomi Kamoliddin Behzod Alisher Navoiyning zamondoshi edi. U Alisher Navoiyning muruwati bilan buyuk miniatyurachi rassom bo‘lib voya- ga yetdi. Noyob qobiliyat egasi bo‘lgan Behzod Husayn Boyqaroning davlat kutubxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bu kutubxona o‘z davrining badiiy akademiyasiga aylandi. Akademiyaga keyinchalik «Behzod akademiyasi» deb nom berildi.
Behzod Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Absol», Sa’diyning «Bo‘ston», Xotifiyning «Temurnoma» asarlariga, shuningdek, Alisher Navoiyning kitoblariga betakror minia- tyuralar chizdi. Sulton Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan miniatyuralar yaratdi. Sulton Husayn, Alisher Navoiy, Shayboniyxon va boshqa davlat arboblari hamda ulug‘ zotlarning suratlarini ham chizib qoldirdi. Kamoliddin Behzodning asarlari go‘zallik shaydola- rini hamon hayratga solib kelmoqda.Mustaqillik yillarida Behzodning nomini abadiylashtirish borasi- da katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Toshkentdagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Kamoliddin Behzod nomi berildi.2000-yilda yurtimizda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludining 545-yilligi nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |