Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo‘lmagan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo qiladi va ularning o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi
Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo‘lmagan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo qiladi va ularning o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi.
Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo‘lmagan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo qiladi va ularning o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi.
Urug‘lanish davrida bunday gametalarning normal gaploid gameta bilan qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan zigotada mazkur turga xarakterli bo‘lgan diploidli to‘plamga nisbatan xromosomalar soni bittaga ko‘p yoki kam bo‘ladi. Bunday holatlarda genlar muvozanatining buzilishi organizm rivojlanishining buzilishiga olib keladi.
Sodda hayvon va o‘simliklarda ko‘pincha xromosomalarning gaploid to‘plamga nisbatan karra ortishi kuzatiladi. Xromosomalar to‘plamining bunday o‘zgarishi poliploidiya deb ataladi. Poliploidiyaning darajasi har xil bo‘ladi. Sodda hayvonlarda xromosomalar soni bir necha yuz barobarga ko‘payishi mumkin. Poliploidiya hodisasi yuksak o‘simliklarda keng tarqalgan.
Kariotipda xromosomalar sonining ko‘payishi bilan organizmning genetik barqarorligi ortadi, mutatsiya jarayonida hayotchanlikning pasayishi xavfi kamayadi. Poliploidiya organizmlarning hayotchanligi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini oshiradi. O‘simlikshunoslikda poliploidiyadan keng foydalani ladi. Chunki madaniy o‘simliklarning sun’iy olingan poliploid navlari yuqori hosildorligi bilan farqlanadi
Mutatsiya xususiyatlari. Mutatsiyalar irsiyat bilan bog‘liq, ya’ni ular nasldannaslga o‘tadi. Bitta mutatsiyaning o‘zi bir turga mansub bo‘lgan har xil organizmlarda paydo bo‘lishi mumkin. Mutatsiyalar ta’sir doirasiga qarab foydali va zararli, dominant hamda retsessiv bo‘ladi.

Genlarning muhim xususiyatlaridan biri — mutatsiyalar hosil qilishdir. Dastlab irsiy o‘zgarishlar tezligini birdaniga oshirish rentgen nurlari ta’sirida amalga oshirilgan. Rentgen nurlari ta’sirida mutatsiyalar paydo bo‘lishini 150 marta oshirishga erishildi. Rentgen va boshqa ionlantiruvchi radiatsiya nurlaridan tashqari, mutatsiyalar kimyoviy moddalar ta’sirida ham hosil bo‘lishi mumkin.
Moddalar almashinuvi jarayoniga, ayniqsa, DNK sinteziga ta’sir qiluvchi omillar mutatsion jarayonga ham ta’sir qiladi.
Sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadigan mutatsiyalar amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ular tur yoki populatsiya ichidagi genetik xilmaxillikni oshiradi va shu yo‘l bilan seleksionerga «yordamchi» material beradi.