52-Bilet Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish


Dori turlarining dispersologok tasnifi (klassifikatsiyasi). Dori turlariga qo`yiladigan talablar



Download 93 Kb.
bet3/3
Sana22.06.2021
Hajmi93 Kb.
#73442
1   2   3
Bog'liq
Shuhrat

3.Dori turlarining dispersologok tasnifi (klassifikatsiyasi). Dori turlariga qo`yiladigan talablar.

Dori turlari klassifikatsiyasi deb, dorilarni o'rganishni osonlashfirish maqsadida ularning alohida guruhlarga bo'linishiga aytiladi. Dorilami guruhlarga boMishda ularning agregat holatiga, ishlatishiga va fizikkimyoviy xususiyatlariga asoslanadi.

Agrcgat holatiga qarab hamma dori turlari 4 guruhga boMinadi: 1) qattiq, 2) suyuq, 3) yumshoq (yarim qattiq) va 4) gazsimon dori turlari.

Qattiq dori turlariga yig'malar, poroshoklar, tabletkalar, drajclar, gorchichniklar, tibbiyot qalamlari, qattiq holdagi jelatin kapsutalar va tabletkalar kiradi.

Suyuq dori turlariga eritmalar (chin va kolloid), suspenziya (osilmalar), emulsiya, teri ostiga yuboriladigan dorilar, tomchilar, damlama va qaynatmalar, shilimshiliqlar, linimentlarning ayrim turlari (opodeldoklar) kiradi.

Yumshoq dori turlariga mazlar, malhamlar, shamchalar, kurrachalar, tayyoqchasimon dorilar, ba’zi tibbiyol qalamlari (mayda qilib tayyorlanganlari), pilulalar va jelatin kapsulalari (yumshoq kapsulalar) kiradi.

Gazsimon dori turlariga gazlar, bugiar va aerozollar kiradi.

Dorilarni agregat holatiga ko‘ra klassifikatsiyalash avvaldan qoilanib kelmgan Bu klassifikatsiya yetarli darajada ishlab chiqilmagan boisa ham, boshlangMch guruhlarga boMib o'rganishda birmuncha qulaylik tug'diradi. Bundan tashqari, dori moddalarning shakli va bemor organizmida so‘rilish xususiyati moddalarning agregat holatiga bogMiq. Masalan, pilulatar dumaloq, sharsimon shaklda, tablctkalar yassi, disk shaklida tayyorlanadi va hokazo. Statistik materiallar uchun hisobga olishda va dorilarni retscptura analiziga oid barcha ishlarda ham dorilarning agregat holatiga qarab boMingan ktassifikatsiyadan foydalaniladi

Dori turlarining sifati va turg'unligi qanday idishlarda saqlanishi, joylanishi va berilishiga hogMiq. Odatda dori turlarini har xil idishlarda olib kclish, saqlash va berishga to‘g‘ri keladi Dorilarning barqarorligi va sifatiga ko'pincha yorugMik, havo, namlik va harorat tasir qiladi. Bundan tashqari, dorilar idishlarning tarkibidagi moddalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ham o'zgarishi mumkin. Shu munosabat bilan dorixona idishlari quyidagi talablarga javob berishi:

1. Dori moddalarning fizik, kimyoviy xossalarini o'zgartirmasligi;

2. Kichik hajmli va yengil boMishi;

3. Mcxanik ta'sirlarga bardosh berishi;

4. Dorilarni yorugMik, namlik va havo ta'siridan saqlashi;

5. Arzon va oson tayyorlanadigan bo'lishi kerak. Dorixona idishlari quyidagi matcriallardan tayyorlanadi:

A)Anorganik materiallar - temir, tunuka, aluminiy, qo‘rg‘oshin, po'lat, shisha, chinni, fayans va hokazo.

B) Organik materiallar - qog'oz (yozuv qog‘ozi, parafinlangan va mumlangan qog‘oz), karton, pergament, yog‘och va boshqalar.

C) Plastmassa materiallari - polietilen, karbolit, sellofan.

Shisha idishlar.

Shishadan suyuq dorilar uchun flakonlar, mazlar uchun bankachalar, tabletka va granulalar uchun silindrsimon naychalar tayyorlanadi. Shisha idishlar turli shaklda (konussimon, silindrsimon, qirrali va hokazo) va har xil rangda (qo‘ng‘ir, to‘q sariq, qora va hokazo) boMishi mumkin. Shisha idishlarning og'zi silindrsimon bo‘lishi lozim. Ular turli bajmda chiqarilib, ayrimlari jips yopiladigan shisha probka (tiqin) bilan ta'minlanadi. Dori solib beriladigan shisha idishlarning hajmi 5 ml dan 500 ml gacha, dorixonada har xil maqsadlarda qoMlaniladigan idishlarning hajmi esa 25 ml dan 19-20 / gacha bo‘ladi. Shisha idishlar chidamli bo‘lishi, hech qanday boshqa moddalar saqlamasligi, bir xil qalinlikda bo'lishi zarur. Inyeksiya qilinadigan dorilarni tayyorlash va saqlash uchun maxsus neytrai shishadan tayyorlangan idishlardan foydalanish lozim. (Bunday idishlarga boMgan talablar ampulaga doir bobda batafsil kcltiriladi.) Shisha idishlarning chidamliligi quyidagicha tekshirib ko'riladi. Idishning 3/4 qismiga xlorid kislota bilan metil qizili eritmasidan iborat suyuqlik solinib, 30 daqiqa suv hammomiga qo‘yiJadi (suyuqlik tarkibi: I litr suv, 1 ml 0,1 n. xlorid kislota va 5 tomchi metil qizili). Shundan keyin idish ichidagi qizil bo‘yoq o‘z rangini o'zgartirmasa, shisha talabga muvofiq deb topiladi Dorixonalarda mazlar berish va saqlash uchun ham har xil shisha bankachalar ishlatiladi Ularning katta-kichikligi turlicha. Bankachalar qanday maqsadlarda ishlatilishiga ko‘ra qopqoqli, ayrim hollarda qopqoqsiz chiqariladi. Bunday bankachalarga qo‘yiladigan talablar shisha idishlarga qo'yiladigan talablarga o‘xshashdir. Yuqoridagi idishlardan tashqari, tabletkalar, piiulalar va granulalar uchun silindrsimon shisha naychalar ham ishlatiladi. Bayon qilingan shisha idishlardan tashqari, dorixonada dori moddalarni saqlash uchun turli hajmdagi idishlar mavjud boMib, ular odatda, shtanglas deb yuritiladi. Bu idishlarga quruq moddalar solib qo‘yiladi. Kuchli kislotalar va ishqorlar saqlash uchun mo'ljallangan shtanglaslarning og'zi kislota, ishqorlar va issiqqa chidamli bo'lgan qalpoqcha va shisha probka bilan berkitilib qo‘yiladi. Salga sinishi va yorug'Iikni qisman o'tkazishi ularning kamchiligidir. Keyingi vaqtda shisha idishlarning ichki devorlari yupqa qilib silikonda qoplanib, kimyoviy moddalar bilan ishlov berib va issiqqa chidamli qilib chiqarilmoqda.

Metall idishiar

Bu xildagi idishlar surtmalar, malhamlar uchun ishlatiladi. Zavodlarda surtmalarni «siqma moy» holida tubiklarga, tabletkalarni naychalarga joylashda qo'llaniladi. Metall sifatida oq tunuka, qalay, aluminiy va boshqalar ishlatiladi. Dorixona sharoitida saqlanadigan quyuq dorilar va yordamchi moddalar (surtmalar, malham, lanolin, vazclin va hokazo) har xil hajmdagi oq tunuka qutichalarga solib qo'yiladi. Shamchalar va malhamlarning o'rash uchun yupqa zar ishlatiladi

Yog‘och idishlar

Bular asosan zavod, fabrika va omborlardan dorixonalarga tovarlar yuborishda, ko‘p miqdordagi ayrim dorivor moddalar va yordamchi materiallarni joylash hamda saqlashda ishlatiladi. Bu maqsadda yashiklar, bochkalar va qutichalardan foydalaniladi. Jo‘natiladigan mollami to'kilish va sochilishdan saqlashda yog‘och idishlar katta ahamiyatga ega. Filtr qog‘oz asosan scllulozadan iborat. Bu qog'oz g'ovak bo'lib, mexanik ta'sirlarga chidamsizdir. Filtrlash materiali sifatida ishlatilib, joylash materiallan sifatida undan kam foydalaniladi. Yozuv qog‘ozi ko'pincha joylash materiallari sifatida qoMlanilib, qog‘oz qop va xaltachalar, konvertlar, poroshoklar uchun kapsulalar tayyorlashda hamda yashiklarning ichki tomonini qoplash uchun ishlatiladi. Paraiinlangan va mumlangan qog‘ozlar (charta parafinnata, charta cerata) - oddiy yozuv qog‘ozga parafin va mum eritmalarini shimdirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Bunday qog‘ozlarga gigroskopik, hidli va moysimon poroshoklar o‘rab beriladi. Parafin va mumlarni erituvchihamda ular bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalarni bunday qog‘ozlarga o'rab berish mumkin emasligini hisobga olish kerak (masalan, efir moylari saqlovchi poroshoklar). Pergament qog‘oz (charta pergamenata) oddiy yelimlanmagan qog'ozni sulfat kislota bilan ishlash, yuvish va quritish yo'li bilan olinadi. Bu qog'oz moyni va ma'lum darajada suvni o'tkazmaydi. Pergamentdan tayyorlangan kapsulalar efir moylari saqlovchi poroshoklarni o'rash, suyuq dorilarni berishda probka ostiga qo'yish, suyuqlik quyilgan shishalarning og'zini bog'lashda keng qoMlaniladi. Karton fizik xususiyati va ishlatilishi jihatidan qog‘ozdan deyarli farq qilmay, faqat qalinligi bilan ajralib turadi. Karton asosan, poroshok va surtmalarni hovonchada aralashtirganda, poroshoklarni dozaga boMishda kapsulalar sifatida, shuningdek, karton qutichalar yasashda ishlatiladi. Plastmassa idishlar hozirgi vaqtda mayda narsalarni, havoni o‘tkazmaydi. Plastmassa idishlarning kislota va ishqorlarga nisbatan turg‘un xillari ham bor

Probka va qopqoqchalar Bular dorixona idishlarining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Ular, birinchidan, idish ichidagi moddalarni to'kilib ketishdan, ikkinchidan esa, dori moddalarning tashqi ta'sirlardan saqlaydi. Biroq ayrim hollarda probka bilan dori moddalar bir-biriga ta’sir ko'rsatishi mumkin, masalan, kuchli oksidlovchilar (yod, kaliy permanganat), kuchli kislota va ishqorlar yog‘och probkani buzadi. Shu munosabat bilan probkalashdan oldin idishdagi dori modda xususiyatini hisobga olish zarur. Yumshoq yog'och probkalar sifatli hisoblanadi, chunki bunda yosmiq donachalari bo‘lmasdan, u toza va elastik bo'ladi. Idishlarni probkalashdan oldin probkalarning elastikligini oshirish va idishlarning og‘ziga jips yopishib turishini ta'minlash maqsadida maxsus presslar yordamida siqiladi. Dorixonada ishlatiladigan rezina probkalarni maxsus rezinadan tayyorlash lozim, ularning tarkibida eruvchan moddalar va hid bo'lmasligi kerak. Rczina probkatar kislota, ishqorlar, suvli va spirtli eritmalarga nisbatan ancha turg‘un bo‘lib, ko‘pgina organik erituvchilar (benzin, xloroform va boshqalar)ga nisbatan esa chidamsizdir, Rezina probkalarni ishlatishdan oldin iliq suvda yaxshilab yuvish lozim.



Shisha probkalar - rezina va yog'och probkalarni ishlatish mumkin bo'lmagan holatlarda qo'llaniladi, bular jips yopiladigan bo'lishi kerak. Shisha probkalar asosan donxonaning o‘zida saqlanadigan suyuqliklar uchun ishlatiladi Dorixonada ba'zan ilgari ishlatilgan yog'och va rezina probkalardan foydalanishga to'g'ri kcladi. Bunda ularni kaliy permanganatning issiq suvdagi 0,2% li eritmasi bilan tozalanadi, so'ngra suv bilan chayib quritiladi. Dorixona idishlari mctall va plastmassa qopqoqchalar bilan ham berkitilishi mumkin. Uiar, odatda, og‘zi burab berkitiladigan idishlarga mo‘ljaltangan hoiadi. Idishlarni tozalash va yuvish dorilarni sifatli tayyorlashda juda katta ahamiyatga ega. Dorixonaga yangi keltirilgan va ayniqsa, ilgari ishlatilgan idishlarni juda diqqat bilan tozalash, yuvish va dczinfeksiya qilish talab ctiladi. Yangi idishlarni 1-2 soat iliq suvga solib qo'yiladi, so'ngra sovun, soda va iliq suv bilan yuvib, yaxshilab chayiladi. Ilgari ishlatilgan idishlarni esa (aholidan yig'ilgan, kasalxonalardan keltirilgan) bir necha soat davomida dezinfeksiyalovchi suyuqlik (xloroformning 2 %li eritmasi yoki xlorli ohak) quyilgan bakka solib qo‘yiladi. Keyin suv bilan chayiladi, sodaning 2% li eritmasida 30 daqiqa qaynatiladi. Shundan so‘ng sovun bilan iliq suvda yuvilib, avval oddiy suv, kcyin distillangan suv bilan chayiladi. Idishlarni yaxshi dezinfeksiya qiluvchi modda sifatida diosidni tavsiya etsa boiadi. Idishlarni sterillash uchun diosidning 1:5000 eritmasida bir soat davomida qoldiriladi. Tozalangan idishlarni quritib, sterilizator yoki avtoklavda 100" Cda 30-60 daqiqa yoki quritish shkafida 160-170° Cda I soat sterillanadi. Sterillangan idishlarni steril pergament qog‘oz o'ralgan probka bilan berkitib, yaxshi yopiladigan shkaflarda saqlanadi. Bankachalar shkafga to'nkarib qo‘yiladi.



Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish