51.Jamiyatning siyosiy tizimi — davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning
muayyan siyosiy vazifalarni
amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy
tashkilotlar, shuningdek, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi barcha tashkilot va harakatlarni oʻz ichiga
oladi. J. s.t.ning bosh bugʻini davlatdir.
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga-Oila, toifa, tabaqa, sinflar, urug, qabila, elat, millatlar kiradi.
52.O’zini o’zi anglash
Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari
qatorida qo’llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta'riflarga aniqliklar
kiritishdan, tezaurus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir.
Ushbu mulohazalar moshiyatini o’zini o’zi anglash, axloq, ma'naviyat, taraqqiyot,
dinamika va shaxsga oid tushunchalar to’g’risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur
tushunchalar o’zaro ierarxik tuzilmaga ega bo’lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va
o’ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson
(shaxs, sub'ekt, komil inson) turadi.
Shu fikrni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o’zini
o’zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida aloshida
o’rganilmaganligi tufayli uni tashlil qilish o’zini o’zi anglash, axloq, milliy
xarakter, ma'naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda
amalga oshiriladi.
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati masalasi
eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga
uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga
asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida
tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab
tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati
deb hisoblaydi.Hozirgi zamon fani O. materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi
ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning
nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo
boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. O. tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning
xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning , yaʼni inson
miya-sining mahsulidir. Lekin O.ning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. O. insonni
qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida
faoliyat koʻrsata oladi.
53.Sharq falsafasida inson.
Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib,
ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya'ni antropotsentrizm
xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb
e'lon qilinadi.
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan Sharq
tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb
falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir.
XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‘ziga
bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi
dunyoni tushunadi
G‘arb falsafasida inson.
Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat,
kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‘rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi
bir zarra sifatida qaraladi. Ammo dunyoga nisbatan kosmotsentrik yondashuv antik falsafa
rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‘proq xosdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi
o‘ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza yuritish
uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos muammolari chiqadi.
Teotsentrizm falsafasini boshqa falsafiy nuqtai nazarlar – antropotsentrizm va kosmotsentrizm siqib
chiqara boshlagan Uyg‘onish davrida insonga doir qarashlarda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.
O‘rta asrlarda inson u yoki bu korporatsiya vakili sifatida amal qilgan bo‘lsa, Uyg‘onish davrida u
o‘zlikni anglash tuyg‘usi va ijtimoiy nuqtai nazari o‘sishi natijasida o‘z manfaatlarini ifoda eta
boshladi. Inson shaxs sifatida kamol topdi.
O‘sha davr falsafasida insonga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bilan bir qatorda tabiatga bo‘lgan
qiziqish ham tiklandi. N.Kuzanskiy, J.Brunoning panteistik konsepsiyalari xristianlar Xudosini siqib
chiqara boshladi.
55.BILISH
Insonning o’zini anglashi, atrofini qurshagan dunyoga munosabatlaridan biri – bilish hisoblanadi.
Ayrim faylasuflar fikriga ko’ra, “inson o’zini va dunyoni biliishga shubha bilan qaraydi, inson dunyoni
to’’liq bilolmaydi”deb insonning bilish nuqtasini chegaralaydi.
Mashhur olimlardan biri nemis faylasufi I. Kant –” insondan va uning ongidan tashqarida obyektiv
borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni “ narsalar biz uchun” va “
narsalar o’zaida”ga bo’ladi”. Bunga ko’ra narsalarning erkinlik va o’lmaslik tushunchalarini inson
bilmaydi degan qarashni yuzaga keltiradi
Bilishning subyekt va obyekti
Bilishning subyekti sifatida borliqdagi predmet va hodisalar bilan bevosita yoki bilvosita, muayyan
tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo’luvchi, jamiyatning aniq bosqichiga xos, ijtimoiy mohiyatga ega
bo’lgan aniq bir kishi yoki kishilar jamoasi tashkil qiladi.
Bilishning obyekti esa, subyektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishiga qaratilgan borliqdagi aniq
predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi.
Bilishning predmeti ham mavjud bo’lib, bunda bilish obyekti va subyektining bilish faoliyati doirasiga
kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridirBilishning asosiy bosqichlari
Inson bilishi hissiy bilishdan- aqliy bilishga, jonli mushohadalardan- abstract tafakkurga tomon va
aksincha, yo’nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. Bundagi hissiy va aqliy bilish o’zaro
chambarchas bog’liq ikki “quyi” va “yuqori” bosqichlardir.
Hissiy bilish- inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, natijada miyada predmet va hodisalarning
belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi. Hissiy bilish bosqichlari: sezgi, idrok va tasavvur
kabi shakllarda bo’ladi
Inson bilishining bosqichlari: hissiy va aqliy (mantiqiy) bilish.
Hissiy bilish shakllari:sezgi, idrok, Tasavvuf.
Aqliy(mantiqiy) bilish shakllari: sezgi, idrok, Tasavvuf.
Ijtimoiy bilish:*jamiyatni, ijtimoiy jarayon va hodisalarni bilishdir.
Ilmiy bilishning usullari bu:
kuzatish, analiz, sintez, eksperiment.
abstraktlashtirish, konkretlashtirish, ideallashtirish.
induksiya, deduksiya, modellashtiris