Fayllarni rastr formatidan vektor formatiga o'tkazish
Fayllarni rastr formatidan vektor formatiga o'tkazishning ikki yo'li mavjud:
1) rastr faylni vektor tasvirining rastr ob'ektiga aylantirish;
2) vektor ob'ektining rastr tasvirini kuzatish.
Turli formatlardan foydalanish uchun ikkita turdagi grafik fayllardan foydalaning, bitta rastr va bitta vektor.
Bitmap grafik fayli *.bmp, *.tif, *psd, *.gif, *.png, *.jpg formatida bo'lishi kerak;
vektor grafik fayli *.wmf, *.eps, *.cdr, *.ai formatida bo'lishi kerak.
68.Adobe Photoshop-rastrli grafik muharririning imkoniyatlari
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlar-ga qo'shimchalar kiritish,
fotosuratdagi dog'larni o'chirish, eski rasm-larni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish,
qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib
o'tish, suratdagi ranglami o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng
qamrovli bo'lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar
yaratadi.
Adobe Photoshop, ayniqsa. jumalistlar, rassomlarga o'zlarining ijodiy imkoniyatlarini to'la amalga
oshirishlarida yordam beradi. Juma-listika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador
bo'lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo'shimcha imkoniyatlarni
yaratib beradi.
Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina
foydalanadilar, xolos.
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asbob mavjud bo'lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga
tushirilganda darchada ko'zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo'shimcha buyruqlarni bajarish orqali
ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmaning ostki qism o'ng burchagida
kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo'lsa, bu tasvir ushbu tugma tarkibida o'xshash buyruqni
bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
Yashiringan asbobni faollashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugma ustidan «sichqoncha»ning
chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kursorni kerakli tugma
ustiga keltirib, «sichqoncha»ning chap tugmasi qo'yib yubo-riladi.
Kursor har bir tugmaga yakinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbob qanday vazifani bajarishi
haqidagi axborot paydo bo'ladi.
Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng qo'llaniladigan asboblarning qisqacha
tavsifi keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |