Импорт электронной таблицы ustasining to‘rtinchi muloqat oynasi Bu oynada siz import qilinishi zarur bo‘lgan ustunlarni tanlashingiz (agar ishchi varaqning barcha ustunlarini import qilmoqchi bo‘lsangiz, bu hart emas), bo‘lajak jadval madonlarining ba’zi parametrlarini kiritishingiz mumkin. Biror-bir maydonni (ishchi varaqning ustunini) import qilmaslik (o‘tkazib yuborish) uchun shu maydon tanlanadi va не импортировать (пропустить) поле (Do not import field) bayrog‘i o‘rnatiladi.
Elektron jadvallarni import qilish ustasi ishchi varaq ustunlariga mos jadval maydonlarining nomlarini o‘zgartirish va qo‘shish (ular ishchi varaqning birinchi qatorida aniqlanmagan bo‘lsa) imkonini ham beradi. Buning uchun ustida sichqonning chap tugmasini bosib ustun tanlanadi, so‘ngra имя поля (Field Name) (gorizontal surish sohasi muloqat oynasida varaqning barcha ustunlarini ko‘rish imkonini beradi) matn maydonida nom ko‘rsatiladi.
Agar biror maydonni indekslash zarur bo‘lsa, u holda ochiluvchi индекс (Indexed) ro‘yxatida indeksning kerakli turi tanlanadi.
Agar ishchi varaqdagi ma’lumotlar formatlanmagan yoki matn sifatida formatlangan bo‘lsa, u holda Access har bir maydon uchun ochiluvchi тип данных (Data Type) ro‘yxatdan har bir maydon uchun ma’lumotlar turini tanlash imkonini beradi.
9—11 qadamlarni import qilinadigan ma’lumotlarning har bir ustuni uchun takrorlab chiqing. Maydonlarning ma’lumotlar turlari aniqlangandan va barcha nomlar berilgandan, indekslangan maydonlar hamda importda o‘tkazib yuboriladigan ustunlar aniqlangandan so‘ng Далее tugmasi bosilsin. Quyidagi import ustasining beshinchi muloqat oynasi ochiladi.
Импорт электронной таблицы ustasining beshinchi muloqat oynasi Elektron jadvallarni import qilish ustasining beshinchi qadamida yangi jadvalning kalit maydonlarini aniqlash mumkin. Access import qilinayotgan jadvalga avtomatik ravishda Счетчик turidagi kalit maydonni qo‘shishi va jadvalning har bir qatoriga unikal nomer berishi uchun автоматически создать ключ (Let Access add Primary Key) pereklyuchatelini tanlang. Import qilinayotgan yacheykalar diapazonining biror ustunini jadvalning kalit maydoni sifatida aniqlash uchun определить ключ (Choose my own Primary Key) pereklyuchatelini tanlang va ochiluvchi ro‘yxatdan ustun nomini ajrating. Agar import qilinuvchi jadval uchun kalit maydon aniqlash talab qilinmasa, u holda не создавать ключ (No Primary Key) pereklyuchatelini tanlang. Далее tugmasini bosing. Oxirgi muloqat oynasi ochiladi. Kalit maydonni jadvalning biror ustuni asosida aniqlashdan oldin bu ustun yacheykalari unikal qaymatlardan tashkil topganiga amin bo‘ling.