Rektifikatsiya jarayonlari
Javob: Rektifikatsiya jarayoni aralashmani bug'latishda ajralgan bug' va bug'ning kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo'lgan suyuqlik o'rtasida ko'p marotabalik kontakt paytidagi modda almashinishga asoslangan. Rektifikatsiya jarayoni yordamida neftdan turli mahsulotlar (benzin, kerosin, dizel yonilg'isi, mazut, moy fraktsiyalari va boshqalar) olinadi. Suyultirilgan gazlarni rektifikatsiya qilish orqali etilen, etan, propan, butan va boshqa komponentlar ajratib olinadi.Aralashma komponentlarining qaynash haroratlari bir-biriga yaqin bo'lsa, bunday aralashmalarni ajratish ancha qiyin hisoblanadi. Bunday hollarda haydashning maxsus usullari: ekstraktiv rektifikatsiya, azeotrop rektifikatsiya, molekulyar distillyatsiya va past haroratli rektifikatsiya jarayonlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |