5-sinf uchun geografiyadan test savollari .(III-chorak,II-variant)
1.Ob-havo deb nimaga aytiladi?
A.yog`inlar,shamollar,bulutlik, ochiq havoning almashinib turishi;
B.iqlimning vaqti-vaqti bilan o`zgarib turishi ;
C.troposferaning biror joydagi ma’lum bir vaqtidagi havosi;
D.yil davomida harorat,shamol , yog`in bosimining o`zgarib turishi ;
E.havo haroratining va namligining kecha va kunduzga o`zgarishi;
2.Geografiya fani nimani o`rganadi?
A.geografik qobiqni B.yerning aholisi va tabiatini C.mamlakatlar , o`lkalar va shaharlarni D.materiklar va okeanlar tabiatini E.yer yuzasi tabiatini ,aholisini va xo`jaliklarining o`zaro aloqalarini
3.Geografiya atamasini kim fanga kiritgan?
A.Eratosfen B.Abu Rayhon Beruniy C.Ptolemey D.Strabon E.Aristotel
4.Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofa qancha?
A.147,2 mln km B.149,6 mln km C.152 mln km D.153 mln km E.154 mln km
5.Metomorfik jinslar nima?
A.magmatik yo`llar bilan hosil bo`lgan jinslar B.faqat ko`l va dengizlar tubida hosil bo`ladigan jinslar
C.magmatik jinslarning o`zgarishi D.chuqurlikda o`zgargan tog` jinslari
E.faqat cho`kindi jinslarning o`zgarishi
6.”Meridian” so`zi lotinchadan olingan bo`lib qanday ma’noni bildiradi?
A.quyosh chizig`i B. ekvatorga nisbatan perpendikulyar chiziqlar C.shartli chiziqlar D. qutblar chizig`i E.tush chizig`i
7.Qanday hollarda kuchli shamol esadi?
A.bosim quruqlikda 758mm,okeanda 760mm B.bosim quruqlikda 755mm,okeanda 752mm
C.bosim quruqlikda 760mm,okeanda 758mm D.bosim quruqlikda 750mm,okeanda 746mm
E.bosim quruqlikda 740mm,okeanda 760mm
8.Quyidagi sonli masshtab 1:50000 ni izohli masshtabga aylantiring .
A.1 sm da 5 km B.1 sm da 50 km C.1 sm da 500m D.1 sm da 5000 km E.1 sm da 50m
9.Yog`in o`lchagich yordamida Yer yuzasiga 20 mm qalinlikdagi yomg`ir yoqqanligi aniqlandi deylik.Bunda 1 ga yerga necha kub metr suv tushgan bo`ladi?
A.2 kub metr B.20 kub metr C.200 kub metr D. 2000 kub metr E. 20000 kub metr
10.Yer po`stining qaysi qatlami okean tubida uchramaydi?
A.cho`kindili B.granitli C.bazaltli D. metomorfik E.magmatik
11.Toshkent shahrida mart oyining o`rtacha harorati qancha?
A.+12°C B.+10°C C. +8°C D.+6°C E.+4°C
12.Termometr 6,3 km balandlikda -18°C ni ko`rsatdi.Bu vaqtda tepalik etagidagi balandligi 3000 m bo`lgan tekislikda harorat qanchaga teng bo`ladi?
A.+1,2°C B.+12°C C.-12°C D.+18°C E.+24°C
13.Yerga yaqin sayyoralar guruhini belgilang.
A.Mars,Venera B.Merkuriy,Saturn C.Mars ,Yupiter D.Uran,Neptun E.Merkuriy ,Uran
14.Oyning Yerni bir marta to`liq aylanib chiqishiga qancha vaqt ketadi?
A.26 kun 8 soat B. 27 kun 8 soat C. 28 kun 8 soat D. 29 kun 8 soat E. 30 kun 8 soat
15.Toshkent shahrida sentabr oyining o`rtacha harorati qancha ?
A. +28°C B.+26°C C. +23°C D.+20°C E.+18°C
16.Poytaxtimiz Toshkent shahri okean sathidan necha metr balandlikda joylashgan?
A.440-470 metr B. 400-500 metr C.300-400 metr D.450-550 metr E.500-600 metr
17.Muhammad al Xorazmiy Yer kurrasining aylana uzunligini qaysi kitobida tasvirlab bergan?
A.”Suvrat al-arz” B.Geografiya C.Geodeziya D.Kartografita E.Fizika
18.Abu Rayhon yasagan globusning diametric taxminan qancha bo`lgan?
A.5m B.3 m C.2 m D.6 m E.4 m
19.Yer kurrasini birinchi bo`lib qaysi sayyoh boshchiligidagi ekspeditsiya aylanib chiqgan?
A.Magellan B.Vasko da Gama C.Kolumb D.Kuk E.Vespuchchi
20.Geografik karta masshtabiga ko`ra necha xil bo`ladi?
A.3 xil B. 2 xil C. 4 xil D. 5 xil E. 6 xil
21. Toshkent shahrining geografik koordinatasini toping?
A.42° sh.k va 69° shq .uz B. 40° sh.k va 60° shq .uz C. 41° sh.k va 65° shq .uz D. 44° sh.k va 69° shq .uz E. 42° sh.k va 62° shq .uz
22.Yer sharida birinchi marta ikkita quruqlik paydo bo`lgan ,to`g`risini aniqlang.
A.Lavraziya va Gondvana B.Yevropa va Osiyo C.Afrika va Avstraliya D.Amerika va Afrika E.Afrika va Yevropa
23.Joy planidagi topografik belgida qanday joy bo`yalmasdan oq holiday qoldiriladi?
A.ko`l B.o`tloq C. yaylov D.haydalgan yer E.jar
24.Chaqiq tog` jinslarining hosil bo`lishi nimadan boshlanadi?
A.magmaning yer yuzasiga oqib chiqishidan B.magmaning yer yuzasiga qotishidan
C.magmaning sovishidan D.nurashdan E.vulqon otilishidan
25.Yer po`stining harakatchanligiga asosiy sabab nima?
A.Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi B.Yerning Quyosh atrofida aylanishi C.Yerning ichida bo`ladigan jarayonlar D.Yerning yuzasida bo`ladigan jarayonlar E.platformada bo`ladigan jarayonlar