(77 ta so`z, “Ma’rifat” gazetasidan).
Tilini asragan dinini asraydi
Alloh taolo innsonlarga bergan son-sanoqsiz ne’matlar ichida tilning ahamiyati beqiyosdir. Til insonning jisman kichik, ammo mas’uliyat va vazifa jihatdan e’tiborga molik a’zosidir. Shuning uchun ham tilni faqat yaxshi, savobli so`zlarga ishlatish va yomon so`zlashga odatlanib qolishidan saqlash zarur.
Dinimizning tilga e’tibor berishga undashi, uni befoyda va gunoh so`zlashdan qaytarishining boisi shundaki, til qalbga yaqin yerda joylashgan. Shuningdek, til qalbning tarjimoni hisoblanadi. Qalb esa imon maskanidir. Demak, insonning imoni qanchalik baquvvat, qalbi qanchalik sof bo`lsa, uning tilidan faqat hikmatli, shirin so`zlar chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |